200
matnini tomonlar dastlabki tarzda og‗zaki yoki diplomatik yozishmalar yo‗li bilan
kelishib oladilar.
NOTARIAT
(lot.
notarius
- mirza, kotib) — yuridik ahamiyatga ega bo‗lgan
huquqlar va faktlarni tasdiqlash vazifasi topshirilgan va qonunda nazarda tutilgan boshqa
notarial harakatlarni bajaruvchi organlar tizimi.
NOU-XAU
(ing
. know how
- qandayligini bilaman), ishlab chiqarish siri — hali
hammaga ma‘lum bo‗lmagan va keng tarqalmagan yangi ilmiy-texnikaviy, ishlab
chiqarish-texnologik, boshqarish, moliyaviy-iqtisodiy, tijoratga oid bilimlar majmui va
ularni amaliyotda qo‗llash tajribalari; ularga tanho ega bo‗lish. Bu termin hujjatlar
almashtirishni, xodimlarni o‗qitishni, mutaxasislarning ishtirok etishini ko‗zda tutuvchi
xalqaro bitim va shartnomalarda qo‗llaniladi.
NOYIB
, noib (arab. o‗rinbosar, yordamchi) — o‗rta asrlarda musulmon davlatlarida
tobe o‗lka yoki viloyat hokimi. N.lar, odatda, oliy hukmdorning o‗rinbosari hisoblangan.
3) Amir Temur saltanatida sohibqironning farzandlari, nevaralari, yaqin safdoshlari turli
o‗lka va viloyatlarga N. etib tayinlangan. N. unga ishonib topshirilgan hududning siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy holati uchun mas‘ul hisoblangan. 4) Ozarbayjonda Oktabr
to‗ntarishidan (1917) oldingi mahallalar boshlig‗i. 5) Turkiya sultonligida qozi va mulla
o‗rinbosari. 6) XX asrda N. atamasi Eron va Afgonistonda turli harbiy unvonlarni
anglatgan (Mas., «noyibe avval» - katta leytenant, «noyibe sarhang» - podpolkovnik).
NOZIR
(arab. nazoratchi) — BXSR va XXSRda vazirlikni boshqaruvchi mas‘ul
shaxs - vazir. N.lar kiritilgan hukumat Nozirlar sho‗rosi deb atalgan va u oliy ijroiya
qo‗mitasi sanalgan; 4) ba‘zi arab mamlakatlari (Mas., Misr)da viloyat boshlig‗i.
Dostları ilə paylaş: