Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   462
LUG\'AT

NULLIFIKATSIYA 
(lot. 
nullifi catio
- yo‗qotish) — biror hujjatni yuridik 
kuchdan, qonuniylikdan mahrum etish. Qimmatli qog‗ozlarga va pul belgilariga nisbatan 
N. ularning davlat tomonidan bekor qilinishini bildiradi. Ba‘zan amalda devalvatsiyam 
to‗g‗ri keladi.
NUNSIY
(lot. 
nuntius 
- xabarchi) — Rim papasining boshqa davlat hukumati 
huzuridagi doimiy diplomatik vakili; u elchi lavozimiga to‗g‗ri keladi.
NUVORISH
(fr. 
nouveau riche
) — spekulyasiya yo‗li bilan, ayniqsa urush vaqtida, 
iqtisodiy jonlanish davrida boyib olgan yangi paydo bo‗lgan boy. 


201 

OBLIGATSIYA 
(lot. 
obligatio 
- majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga qat‘iy 
belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qog‗oz, qarzni qaytarib berish va foiz to‗lashni 
tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. O. aholi, korxona va tashkilotlar 
qo‗lidagi pul mablag‗larini to‗plab, biror maqsad yo‗lida safarbar etish uchun chiqariladi. 
O., asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya O.lariga bo‗linadi. Daromad davlat 
tomonidan chiqariladigan O. bo‗yicha yutuq, kompaniyalar O.lariga foiz shaklida 
to‗lanadi. 
OBRO„
— ijtimoiy hayotning turli jabhalarida (mas., ilmiy, diniy, siyosiy 
sohalarda, jamoada, oilada) biron shaxsning bilimi, tajribasi, tashkilotchiligi, axloqiy 
fazilati tufayli orttirgan, ko‗pchilik tomonidan e‘tirof etilgan ta‘siri, nufuzi. O. ayniqsa 
shaxsning xulqi, Vataniga chin sadoqat bilan xizmat qilishi tufayli ortib boradi. 
Aksincha, nojo‗ya harakati, so‗zi bilan ishining to‗g‗ri kelmasligi kishini 
obro‗sizlantiradi. 
OBSTRUKTSIYA 
(lot. to‗siq) — norozilik bildirish usuli, asosan parlamentlar 
faoliyatida noma‘qul qonun loyihasini muhokama qilish va qabul qilishga yo‗l 
qo‗ymaslikka qaratilgan parlament kurashi usullaridan biri. Shovqin solish, ishga aloqasi 
bo‗lmagan uzundan-uzoq nutqlar so‗zlash va hokazolar O. shakllaridan biri. 
OBYEKT
(lot. 
objectum
- narsa) — sub‘ektga qarama-qarshi bo‗lgan hamda 
insonning amaliy va bilish faoliyati qaratilgan ob‘ektiv reallik. O. inson va uning ongidan 
mustaqil ob‘ektiv reallik bo‗lib, uni bilayotgan individ uchun jamiyat tarixiy taraqqiyoti 
jarayonida hosil qilingan faoliyat, til va ilm tarzida namoyon bo‗ladi. O.ni ikki turga: 
nazariy va empirik O.ga bo‗lish mumkin. 
OBTEKTIVIZM
— voqelikni tanqidiy baholashdan voz kechish, qadriyatiy 
yondoshuvni inkor etishdir. Bu tushunchada sub‘ektiv omilga oid barcha narsalar inkor 
etiladi. Ob‘ektivlik tushunchasi esa sub‘ektga bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud bo‗lgan 
narsa va hodisalarni anglatadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin