238
iqtisodiy asosini shakllantirish va mustahkamlash, quldorlik ijtimoiy-siyosiy tuzumi
himoyasini ta‘minlash, quldorlarni qullar ustidan hukmronligini ushlab turish hamda
erkin fuqaro va qullar isyonini bostirish uchun barcha vositalardan foydalandi. O‗z
mohiyati, ijtimoiy mazmuni va maqsadlari bir bo‗lgan quldorlik davlatlari bir-biridan
davlat boshqaruv usullarining (siyosiy rejimlarning) xilma-xilligi bilan ajralib turgan.
Bunday xilma-xillikning ildizi, ular vujudga kelgan muayyan tarixiy sharoitlarning,
siyosiy kuchlar munosabatlaridagi ijtimoiy ziddiyatlar darajasining, ishlab chiqarish
kuchlari rivojlanish darajasining, davlatlarning jo‗g‗rofiy, iqlimiy joylashuvining turli
xilligida o‗z ifodasini topadi. Q.d. larining quyidagi asosiy shakllari mavjud bo‗lgan:
monarxiya, aristokratik respublika va demokratik respublika shakllari.
Dostları ilə paylaş: