Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   462
LUG\'AT

 
QONUNCHILIK TASHABBUSI 
— qonun loyihalarini qonun chiqaruvchi 
organlar muhokamasiga taqdim etish huquqi; mazkur organlar qonun loyihasini 
muhokama qilishga va shu loyiha yuzasidan qaror qabul qilishga majbur. Zamonaviy 
davlatlarda Q.t. huquqiga, odatda, parlament deputatlari, parlament qo‗mitalari, hukumat, 
davlat boshlig‗i va umummilliy kompetensiyali alohida idoralar egadir. Q.t. huquqi 
qanday idoralar va shaxslarga berilishi Konstitutsiyada belgilab qo‗yiladi. Mas., 
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‗yicha, Q.t. huquqiga O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, o‗z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi deputatlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‗zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‗jalik sudi, Bosh prokurori 
egadirlar va bu huquq Q.t. huquqi sub‘ektlari tomonidan qonun loyihasini O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi 
(83-modda). Q.t. huquqiga ega bo‗lmagan tashkilot va ayrim fuqarolar ham muayyan 
qonunlar tayyorlanayotganda o‗z takliflarini berishi mumkin (ular qonun tayyorlanish 
jarayonida ko‗rib chiqiladi va inobatga olinadi). 
QONUNIY VAKILLAR 
— muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan 
yoki muomalaga layoqatli bo‗lsa-da, jismoniy (qariligi, kasalligi va b.) holati tufayli 
shaxsan o‗z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va burchlarini bajara olmaydigan 
fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini hamma 


237 
muassasalarda, jumladan, sudda alohida vakolatsiz, qonunga binoan himoya qiluvchi 
shaxslar. 
QONUNIYLIK 
— qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga 
barcha davlat organlari, mansabdor va b. shaxslarning og‗ishmay to‗la amal qilishi. Q. 
demokratiya va huquqiy davlatnnng
 
elementlaridan biri. Q.ning quyidagi prinsiplari bor: 
Q.ning birligi (mamlakat hududida qonun va qonunga asoslangan hujjatlar bir xilda 
tushunilishi va qo‗llanilishi); konstitutsiya va qonunlarning ustunligi (barcha normativ va 
individual huquqiy hujjatlar konstitutsiya va qonunlar asosida qabul qilinishi hamda 
ularga zid kelmasligi); inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari, burchlarining 
kafolatlanganligi; Q.ning madaniyat bilan bog‗liqligi (jamiyat a‘zolari yuqori darajada 
madaniyatli, jumladan, huquqiy madaniyatli bo‗lgandagina Q.ka erishish mumkin); 
Q.ning maqsadga muvofiqligi (qonun va qonun osti) hujjatlari davlat va jamiyatning 
manfaat, maqsadlariga mos kelishi. Bunda maqsadga muvofiqlilik bilan Q. o‗rtasida 
ziddiyat kelib chiqmasligi zarur). Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarga to‗la rioya 
etishni ta‘minlovchi vosita va sharoitlar Q.ning kafolatlari hisoblanadi. Bunday 
kafolatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, mafkuraviy, maxsus yuridik jihatlari 
bor. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, turli shakldagi mulkchilik. jamiyatdagi 
iqtisodiy erkinliklar Q.ning ijtimoiy-iqtisodiy kafolati bo‗ladi. Siyosiy hurfikrlilik, 
ko‗ppartiyaviylik, davlat tuzumining demokratik tamoyillarga mosligi Q.ning siyosiy 
kafolatini belgilaydi. Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarni tatbiq etish va ularning 
nazoratini ta‘minlovchi samarali mexanizmning mavjudligi Q.ning tashkiliy kafolatidan 
darak beradi. Aholining huquqiy ongi darajasi, axloqiy tarbiyasi Q.ka mafkuraviy kafolat 
beradi. Q.ning ta‘minlanishi uchun amaldagi qonunchilikda mavjud usul va vositalar 
maxsus yuridik kafolat vazifasini bajaradi. Jamiyatda Q. amalda bo‗lgan holdagina 
huquqiy tartibot o‗rnatiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin