239
1930-yil 17-fevralda ―Kollektivlashtirish va quloq xo‗jaliklarini tugatish to‗g‗risida‖
qaror qabul qilgan. O‗zbekiston SSRda quloq xo‗jaliklarini tugatish kompaniyasi shu
qarordan so‗ng avj olgan. ―Quloqlar‖ sifatida ro‗yxatga olingan badavlat xo‗jaliklarning
mol-mulki to‗liq musodara qilinib, ularning oilalari o‗zga yurtlar (Ukraina, Shimoliy
Kavkaz, Sibir, Qozog‗iston, Uzoq Sharq va h.k.)ga surgun qilingan. Shuningdek,
respublikaning o‗zida quloqlar uchun maxsus konsentratsion lagerlar va ko‗chirib
keltirilganlarning majburiy mehnat posyolkalari (17 ta) tashkil qilingan. Sovet
hokimiyatiga qarshilik qilgan ―quloqlar‖ esa qamoqqa olingan va otib tashlangan. Sovet
tuzumi davrida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarining erkin
fuqarolik maqomini olib, o‗z yurtiga qaytish jarayoni juda og‗ir kechib, u taxminan 20
yildan ko‗proq vaqt (1934-1956 yil)ni o‗z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: