Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   462
LUG\'AT

DAVLAT MOLIYASI 
— davlat ixtiyorida pul jamg‗armalarining tashkil etilishi, 
taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. D.m.ning mablag‗lari 
umummilliy manfaatlar yo‗lida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat 
qiladi. D. m. pul jamg‗armalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari 
(idoralari) va moliya siyosatini o‗zida mujassamlashtiradi. D. m. tarkiban davlat budjeti, 
mahalliy (munitsipal) budjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning budjeti), 
hukumatga qarashli maxsus jamg‗armalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga 
beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi. 
DAVLAT MONOPOLIYASI 
— jamiyatda muayyan iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshirish, ayrim tovarlarni ishlab chiqarish yoki ba‘zi tovarlar savdosi bo‗yicha davlatning 
yagona egalik qilish huquqi. Ayrim mamlakatlarda katta foyda beradigan spirtli 
ichimliklar, tamaki mahsulotlari, qurol-yarog‗lar ishlab chiqarish, pul bosib chiqarish
eksport va import nazorati va b. D. m. hisoblanadi. Davlat o‗z monopoliyasi bo‗lgan 
faoliyat turini yashirin amalga oshirishga yul qo‗ymaslik chora-tadbirlarini ko‗radi. 
DAVLAT MUDOFAA QUDRATI
— davlatning agressiyadan himoyalanishga 
tayyorgarlik darajasi. D.m.q. davlatning moddiy va ma‘naviy imkoniyatlari bilan uning 
agressiyani qaytarish, milliy manfaatlarni, birinchi navbatda o‗z mustaqilligi, 
suvereniteti, hududiy yaxlitligi, davlat birligi va b.larni himoya qilish uchun safarbar 
qilishga qodir bo‗lgan davlat resurslari bilan belgilanadi. D.m.q. darajasining asosiy 
ko‗rsatkichlari quyidagilar: quroli kuchlar va mudofaa-sanoat kompleksi holati; 
boshqaruv samaradorligi (davlat va harbiy boshqaruv); Mamlakat hududi va mumkin 
bo‗lgan harbiy harakatlar teatrini tezkorlik bilan jihozlash; fuqaro mudofaasi ahvoli; 
jamiyatning axloqiy-ruhiy holati; tayyorlangan zaxiralarning mavjudligi va shu kabilar. 
D.m.q. talab darajasida qo‗llab-quvvatlash, davlatning shu maqsadda maxsus siyosiy, 
iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy, huquqiy va b. chora-tadbirlarning to‗liq tizimini amalga 
oshirilishini tashkil etuvchi eng muhim vazifalaridan biridir. Xalqaro huquq, shun., 
davlatning ichki me‘yoriy hujjatlari kompleksi: konstitutsiya, amaldagi qonunchilik
harbiy doktrina va b.lar ko‗rsatilgan chora-tadbirlarni tinchlik paytida amalga oshirish va 
davlatni urush vaqtida himoya qilish uchun huquqiy asos bo‗lib hisoblanadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin