63
tranzitologiya konsepsiyasi negizida vujudga kelgan hamda alohida mamlakat yoki bir
guruh davlatlarning avtoritar holatdan demokratiyaga o‗tishini ta‘minlash usullari,
tamoyillari va yo‗l-yo‗riqlarini amaliyotga joriy etish, shuningdek bu jarayonni
tezlashtirishga qaratilgan nazariy-konseptual va amaliy yondashuvlar. Eksport qilish turli
yo‗llar orqali amalga oshiriladi. Jum. demokratik tuzum olib kirilishi kerak bo‗lgan
davlat xalqining mavjud tuzumga nisbatan ishonchini yo‗qotish va bu davlatda
demokratiya mavjud emas., deya ishontirish orqali amalga oshirishdir. D. ―e.‖ davlat
mustaqilligini xavf ostiga qo‗yadi. Inson va davlat munosabatlarida murakkablik yuzaga
keladi. Ana shu holatda demokratiya mavjud emas., deya e‘tirof etilgan davlatda turli
namoyish va qo‗zg‗alonlar orqali xalqni davlat rahbari va hokimiyatga qarshi chiqishi
uyushtiriladi. Xalq davlat siyosatiga qarshi gij-gijlanadi. Aholida hukumatga va uning
siyosiy faoliyatiga nisbatan norozilik kayfiyatini tug‗diriladi.U yerdagi aholiga esa o‗zlari
ko‗rsatgan ―yo‗l‖ to‗g‗ri ekanligi singdiriladi va tashqi kuchlarning manfaatiga xizmat
qiladigan rahbarni saylashga intilishadi. Asta-sekin davlat demokratiyani ekstport
qilayotgan o‗zga davlatga iqtisodiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy qaram bo‗lib boradi.
Natijada mustaqillikka putur yetadi. Ya‘ni siyosiy-iqtisodiy, g‗oyaviy-mafkuraviy va
ma‘naviy jihatdan qaramlik kelib chiqadi. Bunga aholini, ayniqsa, yosh avlodni o‗z
tomoniga og‗dirish, ularni o‗z Vataniga, davlat hokimiyatiga nisbatan qarshi tarbiyalash
orqali erishiladi.
Dostları ilə paylaş: