DENATSIFIKATSIYALASHUV — fashistlar Germanyasi ustidan g‗alaba
qozonilganidan so‗ng u yerda natsizmni, natsional-sotsialistik partiyani, uning filiallari,
boshqa fashistik tashkilotlarni tag-tugi bilan yo‗qotishga, har qanday natsistik militaristik
tashviqotning oldini olish, Germaniya siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish
uchun zamin yaratishga qaratilgan jarayon.
DENATSIONALIZATSIYA (de... va natsionalizatsiya), reprivitizatsiya — davlat
mulk obyektlari (zavod, fabrika, bank, yer-suv, uy-joy va b.)ni xususiylashtirish; davlat
ixtiyoridagi mulklarni xususiy mulkka aylantirish. Asosan kam foyda beruvchi va
zarariga ishlayotgan korxonalar D. qilinadi. Bunda davlat ko‗p foyda bermaydigan
korxonalarni avval milliylashtirib, budjet mablag‗i hisobidan yangi texnika va
texnologiya bilan jihozlantirgan va ishlab chiqarishni jonlantirgan holda mulk egalariga
qaytaradi.
DENATURALLASHUV — bir davlat fuqarosining ana shu davlat fuqaroligidan
chiqishi yoki undan mahrum qilinishi.
DENOMINATSIYA (
de … va lot.
nominatio – nom) — valyutaning barkarorligini
oshirish va hisob-kitobni ixchamlashtirish maqsadida qog‗oz pul nominali (yozib
qo‗yilgan qiymati)ni pasaytirish; eski pulni kursi (qadri) yuqori qilib belgilangan, nomi
o‗zgarmagan yangi pulga ma‘lum nisbatda almashtirish. Mamlakatdagi pul muomalasini
tartibga solish tadbirlaridan biri, pul qadri pasayishini to‗xtatib qolish yoki susaytirish
orqali pul tizimini sog‗lomlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. D. muomalada bo‗lgan
pul mablag‗lari (kupyura, tanga)lar massasini birmuncha kamaytirish imkonini beradi.
DENONSATSIYA (fr.
denoncer – e‘lon qilish, uzish), denonsatsiya qilish — tashqi
siyosatda ikki tomonlama xalqaro shartnoma amal qilishini to‗xtatishning yoki ko‗p
tomonlama xalqaro shartnomadan chiqishning eng keng tarqalgan usuli. Odatda,
shartnomaning o‗zida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
DEPARTAMENT (fr.
departement ) — 1) Fransiya va b. ko‗pgina mamlakatlarda
asosiy ma‘muriy - hududiy birlik; 2) ayrim davlatlarda (mas., AQSH, Shveytsariya,
Rossiya Federatsiyasi, O‗zbekiston) – mahkama yoki vazirlik yoxud ular
bo‗linmalarining atalishi; davlat departamenti – AQSH tashqi ishlar vazirligi.
DEPONENTLASH (lot.
deponere -saqlash uchun berish) — 1) qimmatbaho qog‗oz,
pul va h.k. davlat muassasalariga saqlash uchun berish. Ana shu muassasa ixtiyoriga
vaqtinchalik o‗tgan bu pul yoki qimmatbaho qog‗ozlar ularni qo‗ygan odamlar yoki
berilishi mo‗ljallangan kishilar qo‗liga qaytib boradi. 2) Ratifikatsiya yorliqlarini
muayyan davlatga yoki davlatlarga, xalqaro organlarga yoki shunday tashkilotning bosh
ijrochisiga saqlash uchun berish.
DEPORTATSIYA (lot.
deportatio – badarg‗a, surgun qilish) — jinoiy yoki
ma‘muriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish, haydash. «D.»
termini Fransiya jinoyat qonunchiligiga ko‗ra, XVIII-XIX a.larda qo‗llanilgan
surgunning alohida ko‗rinishlarini anglatgan. D.dan retsidivist jinoyatchilar bilan birga
jamiyat uchun nomunosib kishilarni jazolashda foydalanilgan. Ko‗pincha u yo bu
65
davlatga g‗ayriqonuniy kelib qolgan chet el fuqarolari yoki fukaroligi bo‗lmagan shaxslar
D. qilinadi. 1920-1940 – yillardagi ommaviy qatag‗onlar davrida sobiq Ittifoqning ko‗p
xalqlari D.ga duchor bo‗lgan edi.