Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   462
LUG\'AT

DESOTSIALLASHUV
— inson hayotining har bir bosqichida bir-birini to‗ldirib 
boradigan ikkita sotsiallashuv jaroyonlaridan biri. D. eskirib qolgan qadriyat, norma, 
xulq-atvor normalaridan voz kechish hisoblanadi. 
DESPOTIYA 
(grek. 
despoteia
– cheklanmagan hokimiyat) — hech qanday 
qonunlar bilan cheklanmagan, zo‗ravonlikka asoslangan mustabid hokimiyat shakli. 
Yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Despotik hokimiyat, 
odatda, zo‗ravonlik, bosib olish, ba‘zan esa, qonuniy hokimiyatni ag‗darib tashlash 
natijasida o‗rnatiladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. D. tuzumida har bir odam uning 


67 
zarbiga uchraydi. O‗rta a. Shimoliy va O‗rta Italiya shahar-davlatlaridagi siyosiy tuzum 
shakli ham D.ning namunasi edi. Bunda fuqarolik va harbiy hukumat to‗laligicha yagona 
hukmdor qo‗lida jamlangan. D. rejimi insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlariga 
xos bo‗lsada, ayrim hozirgi zamon davlatlarida xam uning o‗ziga xos jihatlarini ko‗rish 
mumkin. 
DETERMINATSIYALASHUV

determinizm
(lot. 
determinare
aniqlash
ifodalash, belgilash) — tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalarning obyektiv – 
qonuniyligi va besabab bo‗lmasligini asoslovchi falsafiy qarashlar majmui. 
DETSENTRALIZATSIYA
(lot. 
de
– e‘tiroz va 
centralis
– markaziy) — markaziy 
davlat organlarining muayyan vakolatlarini mahalliy darajada o‗zgartirish va quyi 
bo‗g‗inga o‗tkazib borish.
DEVALVATSIYA
(qiymatning pasayishi) — milliy pul birligi qiymatining qonun 
bilan pasaytirilishi. U mamlakatlarning savdo va to‗lov balanslari pasayib ketishi, valyuta 
zaxiralarining kamayib ketishi, milliy valyuta kursining tushib ketishi bilan bog‗liq 
(revalvatsiyaning antonimi). 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin