Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   462
LUG\'AT

DINIY E‟TIQOD
— dining chinligiga iymon keltirish, diniy qoida, an‘ana, 
aqidalariga ishonish, ―Narigi dunyoga‖ga umid bog‗lash. 
DINIY EKSTREMIZM
— jamiyat uchun an‘anaviy bo‗lgan diniy qadriyatlar va 
aqidaviy ahkomlar tizimini inkor etish va ularga zid bo‗lgan «g‗oyalar»ni agressiv tarzda 


69 
targ‗ib qilishdir. D. e. ko‗pchilik dinlarda mavjud bo‗lib, uning tarafdorlari o‗z oldiga 
siyosiy maqsadlarni qo‗yadi. Markaziy Osiyoda diniy ekstremistlar mazkur mintaqa 
xalqlari uchun an‘anaviy bo‗lgan xanafiylik mazhabi va moturidiya aqidalarini rad etib, 
musulmonlarga siyosiylashtirilgan vahhobiy-salafiylik oqimi g‗oyalarini singdirishga 
urinmoqda. Islom ekstremizmining aqidasiga ko‗ra, birinchidan, go‗yo barcha hozirgi 
zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yo‗qotganlar va «johiliya» a.i jamiyatlariga 
aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin 
tanqid qilish uchun «asos» bo‗lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, go‗yo faqat «haqiqiy» 
musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo bo‗lajak «islomiy tartib»ni o‗rnatish uchun 
keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi 
masalasi ular tomonidan umuman o‗rtaga qo‗yilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham 
ularning tor talqinida) tayanib ish ko‗radilar va o‗zlarini islomdan chekingan hokimni 
ag‗darishga go‗yo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining «nozik» tomoni uning 
«din»ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari o‗z qo‗l ostidagi 
a‘zolarining ongiga shu darajada ta‘sir o‗tkazadilarki, ular hatto o‗zlarini qurbon qilishga, 
muayyan maqsad yo‗lida «shahid» yoki «kamikadze» bo‗lishga tayyor turadilar. 
«Musulmon birodarlari» harakati (Misr, 1928)dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906-
1965) hozirgi zamon islom ekstremizmining g‗oyaviy asoschisi sifatida tan olingan. 
Uning «nazariya»siga ko‗ra, o‗zini musulmon deb hisoblovchilarning ko‗pchiligi aslida 
musulmon emas., va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad – 
islom davlatini barpo qilish va jamiyatni to‗lig‗icha islomlashtirishdir. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin