Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   462
LUG\'AT

DEPUTAT SO„ROVI 
(interpellyasiya) — parlament deputatining hukumatdan 
yoki ayrim vazirdan hukumatning umumiy siyosati masalalari bo‗yicha yoki muayyan 
tadbirlar bo‗yicha rasmiy tushuntirishni talab qilish huquqi. O‗zbekistan Respublikasida 
barcha tizimdagi deputatlar tegishli organlarga va mansabdor shaxslarga so‗rov bilan 
murojaat qilish huquqiga egadir. Bu huquq O‗zbekiston Respublikasining «O‗zbekiston 
Respublikasida deputatlarning maqomi to‗g‗risida»gi qonunida belgilab qo‗yilgan.Unga 
ko‗ra, Deputat so‗rovi sessiyada davlat organlari yoxud mansabdor shaxslarga ijtimoiy 


66 
ahamiyatga molik masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirish berish yoki o‗z nuqtai nazarini 
bayon qilib berish haqida qo‗yilgan talabdir. 
DEPUTATLARNING FRAKSIYALARI, BLOKLARI VA GURUHLARI 
— 
deputatlarning o‗zaro kelishuv asosida tashkil topgan birlashmalari. Deputatlar siyosiy 
karashlari, kasbi, qiziqishlari bo‗yicha rasmiy fraksiyalar, bloklar, doimiy va muvaqqat 
deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin. O‗zbekistan Respublikasida D.f.b. va g. 
faoliyati «O‗zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‗g‗risida»gi qonunda va 
«O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti»da belgilab berilgan. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida ro‗yxatga olingan 4 ta fraksiya (O‗zbekiston 
Xalq demokratik partiyasi, O‗zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-
demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputatlar 
fraksiyalari) va 2 ta blok (O‗zLiDeP, Milliy tiklanish DP, Adolat SDPlaridan iborat 
demokratik blok va o‗zini muxolifat deb e‘lon qilgan XDP) bor. 
DEPUTATLIK ODOBI
— deputatlar parlamentda muomala qilish chog‗ida amal 
qilishi lozim bo‗lgan ma‘naviy va axloqiy qoidalar yig‗indisi. 
DEPUTATNING DAXLSIZLIGI 
— demokratiya prinsipi; unga ko‗ra, davlat 
hokimiyati vakolatli organining deputati shu organning roziligisiz jinoiy javobgarlikka 
tortilishi mumkin emas. O‗zbekistonda D.d. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
O‗zbekiston Respublikasining «O‗zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi 
to‗g‗risida»gi qonuni bilan mustahkamlangan. Qonunga ko‗ra, Oliy Majlis deputati – 
Oliy Majlisning, sessiyalar oralig‗idagi davrda esa – Oliy Majlis Kengashining; Jo‗qorg‗i 
Kenges deputati – O‗zbekiston Respublikasining butun xududida Jo‗qorg‗i Kengesning, 
sessiyalar oralig‗idagi davrda esa – Jo‗qorg‗i Kenges Raisining; viloyat, tuman, shahar 
Kengashining deputati esa tegishli hududda tegishli Kengashning, sessiyalar oralig‗idagi 
davrda esa – hokimning yoki hokim vazifasini ijro etuvchi mansabdor shaxsning 
roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan 
ma‘muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Oliy Majlis deputatiga nisbatan jinoiy 
ish faqat O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Jo‗qorg‗i Kenges 
deputatiga nisbatan – O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi prokurori tomonidan; viloyat va Toshkent shahar Kengashining deputatiga 
nisbatan jinoiy ish tegishli viloyat, Toshkent shahar prokurori yoki yuqori turuvchi 
prokuror tomonidan, tuman, shahar Kengashining deputatiga nisbatan esa – tegishli 
tuman, shahar prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan qo‗zg‗atilishi mumkin. 
Oliy Majlis va Jo‗qorg‗i Kenges deputatini majburan keltirish, ushlash, shun., uning 
shaxsiy buyumlarini, yuki, transport, uy-joyi yoki xizmat xonasini ko‗zdan kechirishga 
yo‗l qo‗yilmaydi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin