DEVELOPEMENT (fr
. developpement ) — rivojlanish.
DEVIANT (lot
. deviatio ) — chetga chiqish, og‗ish.
DEVIZ SIYOSATI — mamlakat valyuta kursini chet el valyutasini sotish va sotib
olish yuli bilan boshqarish siyosati.
DE-YURE (lot.
de jure - qonuniy, rasmiy) — qonunga asoslangan huquq, maqom;
xalqaro huquqda davlat yoki hukumatning to‗la e‘tirof etilishi.
DEZINFORMATSIYA (fr.
des – salbiy va
information – axborot) — muayyan
guruh va doiralarning g‗arazli maqsadlariga erishish yo‗lida soxta ma‘lumotlardan
foydalanish asosida ijtimoiy fikrni chalg‗itish maqsadida matbuot, radio va TVda
qo‗llanadigan vosita. D. obyektlar, ularning faoliti va tarkibi to‗g‗risida oldindan
o‗ylangan yolg‗on ma‘lumotlarni tarqatish, shuningdek ularning faoliyatini
imitatsiyalashni (mumkin qadar yuqori aniqlikda o‗xshatish bilan soxtalashtirish)
niqoblashdan iborat bo‗lgan usuldir. Dezinformatsiya berish – bu psixologik ta‘sir
o‗tkazishning dushmanga uni haqiqiy ahvoldan chalg‗itadigan, oldindan o‗ylangan
axborotni taqdim qilishdan iborat bo‗lgan usulidir. Dezinformatsiya berish shubhasiz
yolg‗on ma‘lumotlar va habarlardan foydalanishni o‗z ichiga oladi, bu bilan u, mohiyati
bo‗yicha, aldashning turlaridan biriga aylanadi.
DEZINTEGRATSIYA (fr
.des., lot.
integratio – bir butunning tarkibiy qismlarini
bo‗linishi) — parchalanish, integratsiyaning teskarisi.
DIFFERENSIATSIYA (lot
. differentia – farqlash, har xillik) — taqsimlanish,
biron-bir narsani alohida turli xil unsurlarga ajralishi, bo‗laklarga bo‗linish.
DIKTAT (lot.
dictatus - buyurilgan, amr qilingan) — siyosiy va iqtisodiy tazyiq
hamda harbiy tahdidlar yordamida majbur qilish; bir davlat tomonidan boshqa davlatga
bu davlat xohishiga qaramay, teng huquqli bo‗lmagan shartnomalar, bitimlarni majburan
qabul qildirish siyosati (mas., Lotin Amerikadagi qator mamlakatlarga nisbatan AQSH
tomonidan o‗tkazilgan D.siyosati).