Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   462
LUG\'AT

DIPLOMATIYA
(fr. davlatlarning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga 
oshirish, shun., chet elda huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy 
faoliyati. «Diplomatiya» termini yunon tilidagi «ikki bukilgan qog‗oz» so‗zidan olingan. 
Qadimda Yunoniston va Rimda taxtakach muqova ichiga solingan xat elchilarga ular 
vakolatini tasdiqlovchi ishonch yorlig‗i yoki hujjat sifatida takdim etilgan. Bu termin 
hozirgi ma‘noda G‗arbiy Yevropada XVIII a. oxirida rasm bo‗lgan. D. davlat tashqi 
siyosatining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi, ana shu siyosatning maqsad va 
vazifalari D. shakli va uslublarini belgilab beradi. Diplomatik faoliyatning asosiy 
shakllari: diplomatik kongresslar, konferensiyalar yoki kengashlar; nota, memorandum, 
bayonot va h.k. shakllardagi diplomatik yozishma; xalqaro shartnomalarni tayyorlash va 
imzolash; davlatning elchixonalar va missiyalar orqali amalga oshiradigan chet eldagi 
vakilligi; xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish; tashqi siyosiy masalalar bo‗yicha 


73 
hukumat nuqtai nazarini matbuotda yoritish. Diplomatik muassasalar va ularning mas‘ul 
xodimlari diplomatik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. Xalqaro huquqqa binoan, 
diplomatik vakillarga o‗zlari ishlayotgan mamlakat ichki ishlariga aralashish man etiladi. 
D.ning shakllanishi davlatnksh yuzaga kelishi, uning muayyan organlari va lavozimdor 
shaxslari faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan. O‗zbek davlatchiligi tarixida chet ellar bilan 
muntazam aloqalar yo‗lga qo‗yilganligi yaxshi ma‘lum. Amir Temur davlati Fransiya
Angliya, Kastiliya, Konstantinopol, Genuya va Venetsiya bilan elchilar orqali aloqalarni 
yo‗lga qo‗ygan. O‗zbekiston mustaqil davlat bo‗lgach, xalqaro munosabatlarning to‗la 
huquqli subyektiga aylandi. 120 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqa o‗rnatdi (2002-
yil). BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va b. obro‗li xalqaro tashkilotlar 
va kengashlarga a‘zo bo‗ldi. Uning tashqi siyosati, diplomatik faoliyati O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suveren tengligi, kuch 
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch 
yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda xalqaro 
huquqning umum e‘tirof etgan boshqa qoida va me‘yorlariga asoslanadi. Teng 
huquqlilik, o‗zaro manfaatdorlik va o‗zaro hurmat O‗zbekiston D.sining asosiy 
tamoyillaridir. O‗zbekiston Respublikasi jahonda yangicha iqtisodiy tartib o‗rnatish, 
butun dunyoda, jum. Markaziy Osiyo mintaqasida yalpi tinchlik va xavfsizlikni 
ta‘minlash uchun, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka qarshi kurashda jahon 
hamjamiyati bilan birga faol harakat qilmoqda, bu yo‗lda barcha diplomatik kanallarni 
ishga solmoqda. O‗zbekistonda D. kadrlari Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va 
diplomatiya universitetida tayyorlanadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin