75
huquqiga ega. D.v. va uning xodimlari huquqiy maqomi,
imtiyoz va immunitetlari
darajasi xalqaro bitimlar, shun., o‗zi istiqomat qilayotgan
mamlakat qonunlari orqali
belgilanadi. O‗zbekistan Respublikasi BMT, YUNESKO xuzurida va b.
xalqaro
tashkilotlarda o‗zining D.v.siga ega.
DOIMIY YASHASH SENZI
— qonun bilan belgilangan tartib. Unga ko‗ra,
fuqaro saylov huquqiga ega bo‗lishi uchun muayyan mamlakatda ma‘lum
muddat
yashagan yoki yashayotgan bo‗lishi kerak.
DOKTRINA
(lot.
doctrina
) — ta‘limot, ilmiy yoki falsafiy nazariya, siyosiy tizim,
bosh nazariy yoki siyosiy prinsip. Ba‘zan uni yaratgan shaxs nomini oladi. Maslan,
Monro doktrinasi. Siyosiy rahbarlik tamoyili.
DOMINANT
(lot.
dominanta
– hukmronlik qilmoq) — siyosiy partiyaning
parlamentda ko‗pchilik deputatlik mandatlarini qo‗lga kiritishi va ustunlik qilishi.
DOMINION
(ing.
dominion
– egalik,
hokimiyat, lot.
dominium
– qaram yer) —
o‗zini-o‗zi boshqaradigan qaram davlat. Ingliz qiroli (qirolicha)ni davlat boshlig‗i deb tan
olib kelgan va Britaniya imperiyasi tarkibida bo‗lgan davlat. Unga general-gubernator
tayin qilingan. Dastlabki D.lar – Kanada (1867-yildan), Avstraliya Ittifoqi (1901-yildan),
Yangi Zelandiya (1907-yildan) va b. Hamdo‗stlik
tuzilganidan keyin, garchi ko‗pgina
sobiq D.lar unga kirib, avvalgidek ingliz qirolichasini davlat boshlig‗i deb hisoblasalarda
(Kanada, Yangi Zelandiya va b.), D. atamasi qo‗llanilmaydigan bo‗ldi.
DORILFUNUN
(arab.) — Yaqin Sharq mamlakatlaridagi o‗quv yurtlarining nomi.
Ba‘zi mamlakatlar (mas., Eron) da o‗rta o‗quv yurti, boshqa ayrim mamlakatlar (mas.
Turkiya)da esa oliy o‗quv yurti (universitet) ma‘nosida qo‗llaniladi. 1920-1930 – yillarda
O‗rta Osiyoda ham universitet ma‘nosida ishlatilgan.
Dostları ilə paylaş: