Ta`rif-4. A={a1, a2, …, an} ryukzak vektori o`suvchan (tez o`suvchan) deb ataladi, agar ixtiyoriy j=2, 3, …, nlar uchun ajaj-1 (mos ravishda ) shartlar o`rinli bo`lsa.
Ko`rinib turibdiki, tez o`suvchan vektorlar o`suvchan ham bo`la oladi. A vektor uchun max A=max(aj 1 ≤ j ≤ n) deylik. x nomanfiy son bo`lsin. [x]orqali eng katta ≤ x butun sonni belgilaylik.
Butun x va m>2 sonlar uchun x ni m bo`lganda eng kichik nomanfiy qoldiqni (x mod m) orqali belgilaymiz. Ko`rish mumkinki,
(x, mod m) = x — [x/t] t . Ushbu munosabatni x=(x, mod m) + [x/m] t tarzida ham yozish mumkin.
Endi modul bo`yicha ko`paytirishning ikki variantini aniqlaymiz. A ryukzak vektori va m>max A butun soni va shunday natural t<msonini olamizki, t va m lar o`zaro tub, ya`ni eng katta umumiy bo`luvchi (t, m)=1 ga teng. Agar, shunday B = (b1, b2, ..., bn) vektor komponentlari barcha i=1, 2, …, n lar uchun
bi = (tai, mod m), dlya i = 1,..., p ,
formula bilan hosil qilingan bo`lsa, u xolda B vektor A vektordan m modulga va t ko`paytuvchiga nisbatan modul bo`yicha ko`paytirish orqali hosil qilingan deb ataladi.
(t, m)=1 shart shunday teskari t-1 =u sonning mavjudligini kafolatlaydiki, shart o`rinli bo`ladi. Bu xolat B dan t va u larga nisbatan modul bo`yicha ko`paytirish orqali A ni hosil qilish mumkinligini anglatadi (t>max B, chunki bi larning hammasi mod m bo`yicha olinadi).
Agar yuqoridagi t>max A shart o`ziga nisbatan kuchliroq bo`lgan shart bilan almashtirilsa, u xolda B vektor A dan m va t ga nisbatan kuchli modul bo`yicha ko`paytirish orqali hosil qilingan deyiladi. Bu erda munosabatning o`rinli bo`lishi shart emas va A vektor B dan t va u larga nisbatan modul bo`yicha ko`paytirish orqali hosil qilinadi.