Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika kafedrasi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə3/28
tarix18.05.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#58497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
kriptografik masalalarni yechishda bir tomonl

1.1 Mavzuni dolzarbligi va ahamiyati.

Sir emas, internet va yuqori texnologiyalardan foydalanish bugungi kun odamining odatiy ehtiyojlaridan biriga aylangan. Hozir dunyo bo`ylabaylanayotgan axborot miqdorining oshib, borayotgani hisobiga uning foydali va zararli tomonlari ham ko`rinib qolmoqda. Ayni paytda bunda xavfsizlikka egabo`lish, uni ta`minlash chora – tadbirlarini ham e`tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Negaki, so`nggi o`n yillikda dunyodagi kiberxavfsizlik tushunchasi batomom o`zgardi, qachonlardir bir xakerning nojuya hatti – harakatlari sifatida e`tirof etilgan kiberxurujlar bugungi kunga kelib kompleks shaklga ega bo`ldi va chinakam tahdid ko`rinishini oldi. Shu bois o`z muhim axborotlarini kiberxurujlardan himoya qilishni istagan davlatda bu boradagi dasturlar keng ko`lamda tadbiq etilmoqdaki, buning natijasi o`laroq, kibermakon xavflariga ongli ravishda qarshi ko`rashishga erishish maqsad qilinmoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda axborot xavfsizligi masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Shuning uchun, axborot xavfsizligi masalasiga jiddiy qarashimiz, uning tarixi, qo`llanilgan usullari va erishgan yutuqlari bilan tanishib borishimiz muhim hisoblanar ekan.


1.2 BMIni maqsadi va vazifalari.

Ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi orqali axborotlar xavfsizligi muammolari, axborotlashgan jamiyatda elektron axborotlardan foydalanish va uni himoya qilish qanchalik muhim va ahamiyatga ekanligini yoritish,kriptografiyaning axborotlarni himoyalashning usullaridan biri “Simmetrik, Nosimmetrik” usulida matnlarni shifrlash va deshifrlash dasturini yaratish’ mavzusini tahlil qilgan holda, ushbu himoyalash usulini batafsil bayon etish va ta`limiy xarakterdagi dasturiy mahsulotni yaratish asosiy maqsadimizdir.


Ishning vazifasi. Mavzu doirasida axborotlashgan jamiyatda elektron axborotlar xavfsizligini ta`minlash muhimligi va uning asosiy tushunchalarini tavsiflagach, matnlarni RSA usuli orqali shifrlash va deshifrlash tizimi hamda u orqali matnlarni himoyalashga doir tahlillarimizni hamda dasturiy ta`minotni yaratishga doir tadqiqotlarimizni bayon qilamiz.



    1. Yüklə 1,12 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin