Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə3/10
tarix21.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#188563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bino va inshootlarni qurilishida yerning fizik xususiyatlarini hisobga olgan

2. Binolarning zilzila bardoshligi. Xajmiy-planlashtirish va konstruktiv yechimlar xususiyatlari
Bino va inshootlarning zilzila ta’siriga chidamliligi zilzilabardoshlik deyiladi. Yer qimirlaydigan rayonlarda binolarning yetarlicha zilzilabardoshligini ta’minlash uchun bu konstruksiyalarga og’irlik kuchlaridan tashqari zilzila paytida gorizontal kuchlar ham ta’sir etishini hisobga olish kerak bo’ladi. Bu kuchlar o’qtin- o’qtin takrorlanib turuvchi xarakterga ega bo’lib, har xil yo’nalishda ta’sir etishi mumkin.
Qurilish normalari hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida binoning eng
katta va eng kichik bikirligiga to’g’ri keluvchi simmetriya o’qlari bo’yicha yo’nalgan birgina gorizontal seysmik hisobga olishi tavsiya etadi. Yer qimirlaydigan rayonlarda aholi yashaydigan turar-joy binolari qurishda ko’proq ko’kalamzorlashtirilgan zonalar va binolar oralig’ida bo’shliq joylar qoldirilgan bo’lishi kerak. Bu tadbir asosan yong’inga qarshi tadbir hisoblanib, yong’in tarqalishining oldi olinadi. Bulardan tashqari, norma bo’yicha ko’cha kengligi va binolar oralig’i 15-20% kattaroq qilib olinadi.
Bino va inshoot loyihasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish talab etiladi.
Hajmiy planlashtirish va konstruktiv yechimlar simmetriya hamda massa va
bikirlikni barobar taqsimlanish shartlarini qoniqtirii kerak.
Agar bino vazifasiga va me’moriy planirovka talablariga ko’ra nosimmetrik va murakkab formada qurilishi talab etilgan bo’lsa, bunda bino planini antiseysmik choklar bilan bo’laklarga bo’lib chiqiladi. Bu choklar o’lchamlari normada ko’rsatilgandan katta bo’lgan bino planlarini otseklarga ajratishda ham qo’llaniladi.
Devorlari ko’taruvchi bo’lgan binolarda antiseysmik choklar qo’sh devor o’rnatish bilan, sinchli binolarda esa yonma-yon ramalar (qo’shaloq ramalar)
o’rnatish orqali hosil qilinadi. Choklar eni elementlarning erkin gorizontal siljishini
ta’minlash kerak. Poydevorlarda choklar, agar ular bir vaqtning o’zida cho’kish choki bo’lmasa, qoldirilmasa ham bo’ladi.
Bino yoki uning ayrim qismlarining poydevorlari bir xil satxda joylashishi
kerak. Ko’taruvchi tosh devorlar poydevori lentasimon bo’lishi lozim. Agar qoziq
poydevorlar ishlatiladigan bo’lsa, u xolda qoziq poydevorlarning “qoziq ustun”turi afzal bo’ladi. Binolarning sinchli turlarida ustun osti poydevorlari quyma yoki yig’ma temir-betondan qilinib, ular o’zaro poydevor to’sini yordamida tutashtirlgan bo’ladi.3
Tosh devorlari ko’turvchi bo’lgan binolarning ustivorligi va fazoviy bikirligi
bino ichki va tashqi devorlarining butun uzunasi bo’yicha va har bir qavat ora yopmasi plitalari tekisligida joylashtirilgan antiseysmik belbog’lar yordamida
ta’minlanadi. Bunday belbog’lar quyma yoki yig’ma temir-betondan yoki metalldan
yasalgan bo’lishi mumkin. Quyma belbog’lar armaturalari uzluksiz bo’ladi. Yig’ma belbog’larda esa bikr gorizontal ramaga zakladka detallari payvandlanadi yoki ochiq
qoldirilgan armaturalarni o’zaro tutashtirib, ustidan beton yotqiziladi.
Antiseysmik belbog’lar kengligi odatda devor qalinligi kabi bo’ladi. Devorlar qalinligi 500 mm dan katta bo’lganda belbog’ qalinligini 120 mm kichik
qilib olish mumkin. Belbog’ balandligi ko’pincha 150 mm va undan katta bo’ladi.
G’ishtin devorli binolar har bir bo’lmasida elementlarning konstruktiv yechimi va ularning materiallari bir xil qilib olinishi, shu bilan birga deraza orasi devorlari va eshik, deraza o’rinlari bir xil kattalikda bo’lishi kerak. Devorlar tutashgan joy armatura turlari bilan kuchaytriladi.
Zilzila kuchi 7, 8 va 9 ball bo’lgan rayonlarda ko’taruvchi g’ishtin devorlarning binoning har bir qavatiga to’g’ri keladigan balandligi zilzila kuchiga
muvofiq 6, 5 va 4 m dan oshmasligi kerak. Shu bilan birga zinapoya, parda devor va boshqa konstruktiv elementlarni mustaxkam o’rnatish tadbirlari ham ko’rib chiqiladi.



Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin