Namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


-rasm. A—MBI—1 sistemali mikroskop



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#47654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
gistologiya

12-rasm. A—MBI—1 sistemali mikroskop,

B—yorituvchi lampa

1-mikroskopning oyog`i; 2-mikroskopning

kolonkasi; 3-tubus; 4-revol ver; 5-buyum

stolchasi, 6-kondensor; 7-diafragma; 8-

kondensor vinti; 9-mikrometrik vint; 10-

makrometrik vint; 11-oynacha; 12-preparat

qisqichi.



9

ularning sferik va xromatik aberratsiya darajasiga -qarab aniqlanadi. Bu jihatdan ular uch turli -

axromatik, apoxramatik va flyuorotik ob’yektlarga bo'linadi (bu ob’yektivlar to'g'risida tegishli

qo'llanmalarda to'liq yozilgan).

Bizning laboratoriyalarimizda ishlatiluvchi mikroskoplarning ob’yektivlarida ularning

kattalashtirish darajasi ko'rsatilgan: shu kattalashtirib ko'rsatish darajasiga qarab kichik va katta

hamda immersion ob’yektivlar bo'ladi. Kichik ob’yektivda 8, katta ob’yektivda 40 raqamlar,

immersion ob’yektivlarda 90 raqami yozilgan. Bu raqamlar Ob’yektivlarning kattalashtirib

ko'rsatish darajalarini bildiradi.

Agar biz ob’yektlarning tarkibiy qismlari ko'p marta katta bo'lib ko'rinishini istasak,

belgili raqami bo'lgan okulyar va ob’yektivlardan foydalanamiz. Mikroskop ostidagi

ob’yektlarning necha marta katta bo'lib ko'ringanini bilmoq uchun, ishlatilgan okulyarning

raqamini ob’yektiv raqamiga ko'paytiramiz, olingan natija ob’yektning necha marta katta

ko'ringanini bildiradi. Masalan, okulyarning raqami 10, ob’yektivning raqami 40 bo'lsa, bu

ob’yektning marta katta bo'lib ko'ringanini bildiradi. Immersion sistema ob’yektlarning juda

mayda qismlarini ko'shirishda ishlatiladi. Immersion sistema bilan tekshirish uchun avval

preparat ustidagi yopqich shishaga (ob’yektlarning turiga qarab) bir tomchi tiniq kedr moyi yoki

distillangan suv tomiziladi, so'ngra immersion ob’yektivning uchini shu tomchiga tekkizib,

fokusni tutiladi. Bunda (ob’yektlarning nozik qismlari katta va aniq bo'lib ko'rinadi.

Mikroskopning yorug'lik nurini to'g'rilaydigan optik qismi quyidagilardan iborat:

3. Mikroskop oynasi — bu mikroskop kolonkasi ostiga o'rnatilgan bo'lib, uni har

tomonga aylantirish mumkin. Mikroskop oynasi ikki tomonli bo'ladi, uning bir tomoni yassi

(tekis), ikkinchi tomoni botiq. Mikroskop oynasi numi tutish uchun xizmat qiladi. Mikroskop

oynasining botiq tomoni atrofdagi nurni to'plab, ob’yektga tushiradi, yassi tomoni to'g'ri nurni

tushiradi.

4. Kondensor — bu mikroskop oynasidan preparatga tushadigan yorug'lik nurini

to'playdi. Kondensor ikkita linzadan tuzilgan bo'lib, ustkisi mikroskop stolchasining teshigiga,

ostkisi esa mikroskop oynasiga qaragan bo'ladi. Kondensor stolchaning ostiga o'rnatilgan.

Kondensorni kondensor vinti bilan pastga va yuqoriga siljitish mumkin. Kondensorni yuqori

ko'tarsak, yorug'lik nuri kuchayadi, pastga tushirsak, kamayadi. Oddiy mikroskoplarning

kondensorlari metalldan yasalgan bo'lib, uni siljitib bo'lmaydi.

5. Diafragma — bu kondensor ostiga o'rnatilgan bo'lib, preparatga nurni kam va ko'p

o'tkazish uchun xizmat qiladi. Diafragma ayrim metall plastinkalardan tuzilgan, uning yon

tomonida dastasi bo'ladi. Dastani surish bilan diafragma teshigini toraytirish yoki kengaytirish

mumkin. Diafragma teshigini toraytirib qarasak, preparatning detallari aniq ko'rinadi.

Mikroskop yordamida olib boriladigan ishlar va mashg'ulotlar yorug' uylarda o'tkazilishi

shart. Mikroskoplar doimo toza saqlanishi lozim. Ayniqsa mikroskopning optik qismlari toza

bo'lishiga katta ahamiyat berish kerak, aks holda ularga tushgan chang zarrachalari va dog'lar

ob’yektlarni tekshirishda katta halal beradi. Mikroskopdan foydalanishda har bir tekshiruvchi

quyidagi qoidaga amal qilishi kerak: tekshiruvchi avval mikroskopni o'ziga qulay qilib o'rnatishi

lozim. Buning uchun odatda tekshiruvchi o'tirgan holda mikroskopni o'ziga tomon engashtirib

moslaydi. Shundan keyin nurni atrofdagi yorug'lik manbaidan (kunduzlari bino derazasidan,

kechalari elektr lampasidan yoki yorituvchi maxsus elektr manbai) olinadi. Yorug'lik nurini

elektr lampalari yoki yorituvchi maxsus elektr manba'laridan olishga to'g'ri kelsa, u vaqtda

mikroskop diafragmasi ostiga shisha filtr qo'yib, yorug'lik tutiladi. Yorug'lik nurini odatda kichik

ob’yektiv bilan tutish kerak. Bunda kichik ob’yektiv mikroskop stolchasidan taxminan 1 sm

yuqorida turishi kerak. Shundan keyin yorug'lik manbai

yetarlicha bo'lsa, mikroskop oynasining yassi tomonini shu

manbaga tomon aylantirib, yorug'lik nuri tutiladi. Agar

yorug'lik manbai kuchsiz, ya'ni kam bo'lsa, mikroskop

oynasining botiq tomonini yorug'lik manbaiga tomon

aylantirib yorug'lik nuri

tutiladi. So'ngra mikropreparatlarni chap qo'l bilan chetidan



10

ushlab mikroskop stolchasiga qo'yiladi.

Preparatlar avval kichik ob’yektiv bilan tekshiriladi. Bunda biz preparatning umumiy

qismi bilan tanishamiz. So'ngra preparatlarning ayrim qismlarini aniq ko'rish uchun katta

ob’yektivlarni ishlatamiz. Buning uchun tubusni yuqori ko'tarib unga kichik

ob’yektiv o'rniga katta ob’yektivni o'rnashtiramiz. Katta ob’yektivda preparatning

faqat bir qismi ko'rinadi. Agar preparatning hamma qismini ko'rib chiqish kerak

bo'lsa, unda preparatni chap qo'l bilan har tomonga siljitamiz. Agar mikroskop stolchasi vintli

bo'lsa, preparatning qismlarini ko'rish uchun shu vintlarini buramiz.

Katta ob’yektiv bilan preparatning fokusini tez topish uchun, uni preparatdan taxminan 1

mm yuqorida tutish kerak. Shundagina makro va mikrometrik vintlarini burab, preparat fokusini

aniq ko'rib tekshirish mumkin.

Shuningdek boshqa preparatlarni ham ko'rish kerak bo'lsa, mikroskop tubusini yuqoriga

ko'tarib, ko'rib bo'lingan preparat qo'l bilan olinadi, so'ngra katta ob’yektivning o'rniga kichik

ob’yektivni qo'yib, yangi preparatni avvalgi yo'l bilan tekshiriladi.

Demak yorug'lik nurini tutishda va preparatlarni birinchi tekshirishda avval kichik

ob’yektiv, keyin katta ob’yektiv bilan qarash kerak. Kichik va katta ob’yektivlar orqali ko'ringan

ob’yekt qismlarini yaxshilab tekshirib, uning rasmlarini daftarga chiziladi.

Tekshiruvchi kishi odatda bir ko'zini yumib, ikkinchi ko'zi bilan mikroskopga qaraydi.

Ikki ko'z ochiq xolda o'ng va chap ko'z bilan galma-gal tekshirishga o'rganish kerak, bunda ko'z

charchamaydi. Chap va o'ng ko'z bilan galma-gal qarash dastlab qiyinroq bo'ladi. Ammo, ish

davomida kishi chap va o'ng ko'z bilan galma-gal qarashga odatlanadi. Tekshirish tamom

bo'lgach, tekshiruvchi mikroskopni o'z holatiga keltirib, tozalab, qutisiga solib qo'yishi kerak.

Yuqorida aytilgan biologjk mikroskoplardan tashqari, maxsus mikroskoplar ham bor.

Ulardan ilrniy tekshirish ishlarida foydalaniladi.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin