Namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Konservlovchi suyuqliklar



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#47654
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
gistologiya

Konservlovchi suyuqliklar.

Konservlovchi suyuqliklarning xillari juda ko'pdir. Ularning har qaysisi turli xususiyatga

ega bo'ladi. Shuning uchun biz, tekshiriladigan ob’yektlarning xillariga qarab, kerakli

suyuqliklarni ishlatamiz.

Konservlovchi suyuqliklar ikki xilga — oddiy va murakkab xillarga bo'linadilar,

Oddiy suyuqlikdar. Bulardan quyidagilarni ko'rsatish mumkin.

13-rasm. Mikroskopni ish holstida

qo'yib yorug'ni (eiyoni) tutish.



11

1. Formalin. Formalin tiniq, o'tkir hidli, suvda to'yingan formal degid eritmasidan iborat.

Tekshiriladigan ob’yektlarni konservlash uchun odatda formalinning 20% yoki 10 - 5% li

eritmasidan foydalaniladi. Formalin yaxshi xususiyatlarga ega bo'lib, u arzon va topilishi

osondir. Shuningdek (formalinda ob’yektlarni bir necha soatdan to 2 - 3 yillargacha saqlash

mumkin. Bundan tashqari, formalinda saqlangan ob’yektlarga keyinchalik ishlov berish qiyin

emas. Formalin 24 - 48 soat ichida xatto 0,5—1 x sm kattalikdagi ob’yektlarni ham yaxshi

konservlaydi, chunki u yaxshi shimilish xususiyatiga ega. Formalin nerv elementlarini

tekshirishda ishlatiladigan muhim suyuqlikdir.

2. Neytral formalin. Odatda formalin kislota xususiyatiga ega bo'ladi, chunki uning

tarkibida qumursqa kislotasi bor. Lekin bu kislota boshqa to'qimalar uchun halal bermasa ham,

nerv elementlariga ishlov berishda halal beradi. Shuning uchun nerv elementlarini kumushlashda

neytral formalindan foydalaniladi. Formalinni neytrallash uchun 100 g oddiy formalinga 10 g

maydalangan bo'r qo'shiladi. Bunda bir sutka o'tgach, formalin neytrallanadi. Neytral formalinda

ham ob’yektlarni soatlab, oylab saqlash mumkin.

3. Etil spirti. Ob’yektlarni konservlash uchun 96° li etil spirtidan ham foydalaniladi.

Bunga solinadigan ob’yektlarning kattaligi 5 mm dan ortiq bo'lmasligi shart. Bu spirtda

ob’yektlar tez konservlanadi. Ammo, u ob’yektni tez burishtiradi. Shuning uchun bu spirtni

yumshoq to'qimalarni konservlashda ishlatilmaydi. Shu bilan birga spirt, tarkibida moy

moddalari bo'lgan ob’yektlarning moylarini va moy hujayralarini eritib yuboradi. Lekin etil spirti

hujayralardagi glikogen, temir elementi saqlovchi pigmentlar va mineral tuzlarni yaxshi

saqlaydi.

4. Metil spirti. Shishaga surkab havoda quritilgan qon surtmasini konservlash uchun

suvsiz, toza metil spirtidan foydalaniladi. Metil spirti bilan ishlaganda “A” gruppadagi zaharli

moddalarni ishlatish va saqlash qoidalariga rioya qilish kerak.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin