Tsenker suyuqlig'i. Buning tarkibida Myuller suyuqlig'idan tashqari sulema ham bor.
100 ml Myuller suyuqlig'iga 5 g sulema qo'shiladi. Bu suyuqlikni ishlatish oldidan unga 5 ml
kontsentrik sirka kislotasi solinadi.
Bu suyuqlik bilan konservlash uchun ob’yekt 5 mm dan katta bo'lmasligi lozim. TSenker
suyuqlig'ida ob’yektlar xillariga va hajmiga qarab 1-24 soat saqlanadi. So'ngra ob’yektlarni
yaxshilab yuvib, 70° li spirtga solinadi. Unga suyuqlikning ranggi achchiq damlangan choy
tusiga kirgunga qadar 10% li yod eritmasi tomiziladi. Bunday yod to'qima ichidagi so'lema
cho'kmalarini eritib yuboradi. Agarda yodlangan spirtning ranggi oqarib qolsa, ob’yektlarni
yangi yodlangan spirtga solish kerak. So'ngra ob’yektlarni suvsizlantirish uchun avval 96° li,
keyin esa 100° li spirtga solinadi. Bundan keyin ob’yektlarga tsillioidin yoki parafin
shimdiriladi.
Shuningdek TSenker suyuqlig'i obzorli g'istologik preparatlarni tayyorlashda ham
qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |