Konservlovchi murakkab suyuqliklar.
Bunday suyuqliklar bir necha xil kimyoviy moddalardan tayyorlanadi.
Myuller suyuqlig'i. Bu 2,5 g kaliy bixromat, 1 g natriy sul fat, 100 ml distillangan
suvdan iborat.
Kaliy bixromat - qizg'ish kristalldan iborat bo'lib, u sovuq suvda uzoq vaqt eriydi.
Shuning uchun Myuller suyuqlig'ini tayyorlashda uning to'la erishi uchun suvni qaynatish kerak.
So'nggi vaqtlarda Myuller suyuqlig'i ko'pincha mielin nerv tolalarini Veygert, Pol va Shpilmeyer
usulida bo'yashda ishlatiladi. Myuller suyuqlig'ida ob’yektlar 1-2 oy davomida konservlanadi.
Shunday bo'lsa ham uning konservlash xususiyati yaxshi.
Dostları ilə paylaş: |