15-rasm. Shpatelga olingan kesmani buyum shishaga o'tqazish.
Parafinli kesmalarini tayyorlash
Parafin shimdirilgan ob’yektlarni to'g'rilab kesib, suyuq parafin bilan to'rtburchakli
yog'ochga yopishtiriladi. So'ngra uni mikrotomning ob’yekt tutuvchi stolchasiga qisib qo'yiladi.
Bunda ob’yektni kesish uchun mikrotom pichog'ini ob’yektga ko'ndalang qo'yiladi. Parafin
kesmalar ham butun va bir tekis kesilishi lozim. Bunday kesmalar odatda pichoqqa yopishmay
va uvalmay, bir tekisda ketma-ket lentaga o'xshab chiqishi kerak. Parafin kesmalarni buyum
shishaga olish uchun uni spirt lampasi ustida bir oz tutish kerak. Parafin kesmalarini bo'yash
oldidan, kesmadagi parafinni chiqarib tashlash zarur. Buning uchun uni ksilol yoki toluolga bir
necha minut solib qo'yiladi. Parafin erib ketgandan keyin kesmani absolyut spirtda 5 minut,
so'ngra 96°-80°-70°-60° spirtlarda 2-3 minutdan tutiladi va oxirida distillangan suvga solinadi.
Shundan keyin ularni kerakli usullarda bo'yaladi.
Dostları ilə paylaş: |