Maxsus gistolqgik preparatlar tayyorlash va bo'yash.
Jir to'qima va jir moddalarni bo'yash. Jir to'qimalarni
va turli jir moddalarni tekshirish uchun ko'pincha sudan III va
qizil Sharlax bo'yoqlari ishlatiladi. Jir to'qimalarni va jir
moddalarni tekshirish uchun ob’yektlarni formalinda 1-2
sutka konservlab, keyin yuviladi va muzlatuvchi mikrotom
yordamida kesiladi. Bu kesmalarni distillangan suvga
solinadi. So'ng 1 minut 50° li spirtda, so'ngra 20 minut spirtli
sudan III eritmasida tutiladi.
Shundan keyin ularni tezda 50° li spirtda chayqab, distillangan suvda yuviladi. Hujayra
o'zaklari gematoksilin bilan bo'yaladi. Bunda jirlarning ranggi sarg'ish-qizil, hujayra o'zaklariniki
esa ko'k tusni oladi. Tayyorlangan kesmalardagi jir erib ketmasin uchun, uni spirtda
suvsizlantirilmaydi. Bu kesmalarning ustiga glitserin yoki glitserin-jelatin tomizib, yopqich
shisha bilan yopiladi.
7-mashg'ulot.
Dostları ilə paylaş: |