Namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Bo'yash usullari. Gematoksilin va eozin bilan bo'yash



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#47654
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
gistologiya

Bo'yash usullari. Gematoksilin va eozin bilan bo'yash.

Gematoksilin va eozin bo'yoqlari bilan bo'yash eng ko'p qo'llanadigan usul bo'lib, bundan

deyarli hamma to'qimalami bo'yashda foydalaniladi.

Gematoksilinning turlari ko'p. Bulardan kvasts gematoksilin ko'proq ishlatiladi. Bunng

uchun 2 g gematoksilinni 100 ml 96° li spirtda eritib, bunga 100 ml distillangan suv, 100 ml toza



15

glitserin, 3 g kvasts kaliysi va 10 ml kontsentrik sirka kislota qo'shiladi. Gematoksilin tola

oksidlanishi uchun bu eritmani havo kiradigan yorug' joyda 15 kun saqlanadi. Bu vaqtda

gematoksilin yetishib, to'q qizil rangga kiradi. Bunday gematoksilin har doim tayyor holda

saqlanishi kerak.

Eozin ko'pincha suv yoki spirt eritmasi holida ishlatiladi. Buning uchun 0,1 g eozinni 100

ml distillangan suvga solinadi. yetishgan gematoksilin gistologik kesmalarni 5-6 minutda, eozin

esa 1-2 minutda bo'yaydi.

Tayyorlangan tselloidinli yoki parafinli kesmalarni suvdan olib, buyum shisha ustiga

alohida-alohida qo'yiladi va bo'yaladi yoki ularni ko'plab shisha idishga solib gematoksilinda va

eozinda bo'yaydilar.

Avval kesmalarni gematoksilin bilan 5-6 minut bo'yaladi, so'ngra ularni vodoprovod

suvida yuviladi. Keyin kesmadagi suvni filtr qog'ozga shimdirib olib, eozin bilan 1-2 minut

bo'yaladi. Bu ishlar tugagach, kesmalarni oqar suvda keyin distillangan suvda 2-3 minut

yuviladi.

Yuvilgan kesmalarni yaxshilab suvsizlantirish kerak. Buning uchun ularni 70° li, so'ngra

96° li spirtda 3-5 minut saqlanadi va kesmalarni tiniqlatish uchun 2-3 minut karbol ksilolli

idishda saqlanadi. Natijada bo'yalgan kesmalar tiniq ko'rinadi (karbol-ksilolni tayyorlash uchun 1

hissa karbol kislotasiga 3 hissa ksilol qo'shiladi). Shunday yo'l bilan bo'yalgan gistologik

kesmalarni buyum shishaga olib tekislanadi va uning ustiga bir tomchi kanada yoki pixta bal

zamini tomiziladi, so'ngra buning ustiga ehtiyotlik bilan yopqich shishaning qirrasini qo'yib

yopiladi va shpatel bilan biroz bosiladi. Bunda yopqich shisha atrofiga chftjqan bal zamni latta

bilan artiladi. Shunday yo'l bilan tayyorlangan gistologik kesmalarni, ya'ni mikropreparatlarni

mikroskop ostida tekshiriladi. Bu preparatlarni uzoq vaqtga qadar saqlab undan foydalanish

mumkin.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin