Shampi suyuqlig'i. Bu suyuqlik 7 ml 1% li xrom kislotasi, 7 ml 3% li kaliy bixromat, 4
ml 2% li osmiy kislotasidan iborat.
Shampi suyuqlig'i hujayra kiritmalarining nozik tuzilishini (xondriosom, Gol djining to'r
apparati va boshqa kiritmalar) juda yaxshi konservlash xususiyatiga ega. Bu suyuqlik
ob’yektning (to'qimalar) ichki qavatlariga sekin-asta shimiladi, shuning uchun ob’yekt mumkin
qadar kichik va yupqa bo'lishi lozim. Kichik ob’yektlar o'rtacha 1-3 kun davomida
konservlanishi kerak.
Yuqorida ko'rsatilgan konservlovchi suyuqliklardan tashqari yana juda ko'p
konservlovchi aralashmalar bor, ularning tarkibiy qismi va ishlatilishi to'g'risida, gistologik
texnikaga bag'ishlangan, spravochniklardan ma'lumot olish mumkin.
4-mashg'ulot.
Dostları ilə paylaş: |