5-mashg'ulot.
Mavzu: Gistologik kesmalarni tayyorlash.
Reja:
1. Tselloidinli kesmalarni tayyorlash.
2. Parafinli kesmalarni tayyorlash.
Yaxshi gistologik kesmalarni tayyorlash uchun mikrotom pichog'i (ustarasi) o'tkir bo'lishi
zarur. Ob’yektlarga esa bir tekis tselloidin shimdirilgan bo'lishi kerak. TSelloidin shimdirilgan
ob’yektlarni kesish uchun ularni dumaloq probkaga yoki to'rt burchakli yog'ochga yopishtiriladi,
so'ngra uni mikrotomning ob’yekt tutib turuvchi qisqichiga qisib qo'yiladi. Bunday ob’yektlarni
kesishda mikrotom pichog'ini ob’yektga nisbatan qiya qilib qo'yish lozim. Shundan keyin
ob’yekt tutuvchi dastani oldinga surib, ob’yektni kesib tekislanadi; har bir ob’yektni kesishda uni
va pichoqni shchetka yordamida 70° li spirt bilan ho'llab turiladi, aks holda ob’yekt qurib
qovjirab qolishi mumkin. Har bir kesilgan kesma pichoq ustiga chiqadi. Bu kesmani shchetka
bilan tekislab, 70° li spirt solingan idishga yig'iladi. Bunda kesmalar yirtilmay, bir tekisda
chiqishi kerak. Bo'yash oldidan kesmalarni spirtdan chiqarib suvga solinadi, bukilgan joylari
tekislanadi, so'ngra ularni shpatelga olib, igna bilan buyum shishaga qo'yiladi va filtr qog'ozi'
bilan suvini shimdirib olinadi, so'ngra bu kesmalarni kerakli usullar bilan bo'yaladi.
|