6-mashg'ulot
Mavzu: Kesmalarni bo'yash usullari.
Reja:
1. Bo'yash usullari.
2. Gemotoksilin va eozin bilan bo'yash.
3. Maxsus gistologik preparatlar tayyorlash va bo'yash.
Parafinli yoki tselloidinli va muzlatuvchi mikrotom yordamida tayorlangan kesmalar juda
yupqa va tiniq bo'lsalar ham, ob’yektlarning tarkibiy qismlari aniq ko'rinmaydi. Buning uchun
kesmalarni turli gistologik bo'yoqlar bilan bo'yash kerak. To'qima elementlari turli fizik va
kimyoviy xususiyatga ega bo'lganligi uchun ular har xil bo'yoqlar bilan bo'yaladilar. Shunga
ko'ra bo'yalgan elementlar bir-birlaridan farq qiladilar. Ob’yektlarni bo'yash uchun ishlatiladigan
bo'yoqlar asosan uch xilga: o'simlik, hayvon va sun'iy bo'yoqlarga bo'linadi.
O'simlik bo'yoqlaridan odatda gematoksilin, hayvon bo'yoqlaridan karminlar ko'p
ishlatiladi. Sun'iy bo'yoqlardan anilin bo'yoqlari katta ahamiyatga ega.
Bo'yoqlar o'z reaktsiyalariga qarab achimli (kislotali) va asosli (ishqorli) gruppaga
bo'linadilar. Achimli bo'yoqlardan eozin ko'proq ishlatiladi. Eozin hujayra protoplazmasini va
qisman hujayra oraliq moddalarni pushti yoki qizil rangga bo'yaydi. Ishqoriy bo'yoqlardan
ko'pincha gematoksilin ishlatiladi; gematoksilin hujayra o'zaklarini binafsha rangga bo'yaydi.
Bulardan tashqari, neytral bo'yoqlar ham bo'ladi.
Odatda tekshiriladigan ob’yektlar turiga va xususiyatiga qarab, oddiy yoki murakkab
usulda bo'yaladilar.
Oddiy usulda bo'yashda bir xil bo'yoq, murakkab usulda esa bir necha xil bo'yoqlar
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |