3-mashg'ulot.
Mavzu: To'qimalarni konservlash. Konservlovchi suyuqliklar.
Reja:
1. Konservlash uchun ishlatiladigan suyuqliklar.
2. Konservlashda ishlatiladigan oddiy suyuqliklar.
3. Konservlashda ishlatiladigan murakkab suyuqliklar.
Olingan yangi ob’yektlarni tezda konservlaydigan, ya'ni tarkibini tirik holidagidek saqlab
qoladigan suyuqliklar bilan ishlash kerak. Bunday suyuqliklar (eritmalar) ob’yekt ichiga
shimilib, ularning tarkibini saqlaydi. Bu suyuqliklar to'qima elementlar tarkibidagi oqsilni tezda
qotiradi, natijada bu elementlar o'z shakllarini saqlab qoladilar.
Konservlash uchun ishlatiladigan suyuqliklar, tiniq, ob’yektlarni burishtirmaydigan yoki
shishirmaydigan bo'lishi kerak. Bunday suyuqliklarning miqdori ularga solinadigan
ob’yektlardan 50-400 marta ko'p bo'lishi lozim. Ob’yektlar solingan suyuqliklar, bir qancha vaqt
o'tgandan keyin loyqalanib qolishi yoki ularning tabiiy ranggi o'zgarishi mumkin. Bunday holda
suyuqliklarni yangilab turiladi.
Ob’yektlar, yaxshi kenservlanish uchun, katta-kichikligi va xususiyatlariga qarab ularni
konservlovchi suyuqlikda ma'him bir muddatgacha saqlanadi.
Masalan, ob’yektlar katta (1 - 1G'2 sm) yoki qattiq, zich bo'lsa, ularni (muskul, pay,
tog'aylarni) konservlovchi suyuqlikda uzoq vaqt tutiladi. Agar ob’yektlarning tuzilishi (moy,
to'qima, bezlar) yumshoq yoki kichik bo'lsa, ularni suyuqlikda kam vaqt tutiladi. Konservlovchi
suyuqlikdagi ob’yektlar qorong'i, quruq joyda saqlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |