ega bo'ladi. Shuning uchun biz, tekshiriladigan ob’yektlarning xillariga qarab, kerakli
suyuqliklarni ishlatamiz.
Konservlovchi suyuqliklar ikki xilga — oddiy va murakkab xillarga bo'linadilar,
Oddiy suyuqlikdar. Bulardan quyidagilarni ko'rsatish mumkin.
13-rasm. Mikroskopni ish holstida
qo'yib yorug'ni (eiyoni) tutish.
11
1. Formalin. Formalin tiniq, o'tkir hidli, suvda to'yingan formal degid eritmasidan iborat.
Tekshiriladigan ob’yektlarni konservlash uchun odatda formalinning 20% yoki 10 - 5% li
eritmasidan foydalaniladi. Formalin yaxshi xususiyatlarga ega bo'lib, u arzon va topilishi
osondir. Shuningdek (formalinda ob’yektlarni bir necha soatdan to 2 - 3 yillargacha saqlash
mumkin. Bundan tashqari, formalinda saqlangan ob’yektlarga keyinchalik ishlov berish qiyin
emas. Formalin 24 - 48 soat ichida xatto 0,5—1 x sm kattalikdagi ob’yektlarni ham yaxshi
konservlaydi, chunki u yaxshi shimilish xususiyatiga ega. Formalin nerv elementlarini
tekshirishda ishlatiladigan muhim suyuqlikdir.
2. Neytral formalin. Odatda formalin kislota xususiyatiga ega bo'ladi, chunki uning
tarkibida qumursqa kislotasi bor. Lekin bu kislota boshqa to'qimalar uchun halal bermasa ham,
nerv elementlariga ishlov berishda halal beradi. Shuning uchun nerv elementlarini kumushlashda
neytral formalindan foydalaniladi. Formalinni neytrallash uchun 100 g oddiy formalinga 10 g
maydalangan bo'r qo'shiladi. Bunda bir sutka o'tgach, formalin neytrallanadi. Neytral formalinda
ham ob’yektlarni soatlab, oylab saqlash mumkin.
3. Etil spirti. Ob’yektlarni konservlash uchun 96° li etil spirtidan ham foydalaniladi.
Bunga solinadigan ob’yektlarning kattaligi 5 mm dan ortiq bo'lmasligi shart. Bu spirtda
ob’yektlar tez konservlanadi. Ammo, u ob’yektni tez burishtiradi. Shuning uchun bu spirtni
yumshoq to'qimalarni konservlashda ishlatilmaydi. Shu bilan birga spirt, tarkibida moy
moddalari bo'lgan ob’yektlarning moylarini va moy hujayralarini eritib yuboradi. Lekin etil spirti
hujayralardagi glikogen, temir elementi saqlovchi pigmentlar va mineral tuzlarni yaxshi
saqlaydi.
4. Metil spirti. Shishaga surkab havoda quritilgan qon surtmasini konservlash uchun
suvsiz, toza metil spirtidan foydalaniladi. Metil spirti bilan ishlaganda “A” gruppadagi zaharli
moddalarni ishlatish va saqlash qoidalariga rioya qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: