Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultuteti


Muhammad Shayboniyxon tomonidan Movarounnahr va Xurosonni istilo etilishi



Yüklə 138,86 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü138,86 Kb.
#186002
1   2   3   4   5
Otaxonov Samandar kurs ishi

3. Muhammad Shayboniyxon tomonidan Movarounnahr va Xurosonni istilo etilishi.
XIV asrning 70-yillarida Oltin О’rda ichki kurashlar yanada keskinlashib ketdi. Bu kurashda Shayboniylardan Tulunbekaxonim, Ilbon, Alpxо’ja, Arabshoh, Kaonbeklar katta о’rin tutdilar. Oltin О’rda taxti uchun kurashlar kuchayib, tushkunlikka yuz tutgan bir vaqtda Oq О’rda davlati kuchayib bordi. Bu holatni biz Urusxon va Tо’xtamishlar xukumronlik qilgan davrda kuzatishimiz mumkin. 1380-yilda Oq О’rdaning birlashtirilishi Tо’xtamishning Amir Temur tomonidan qо’llab-quvvatlanganligi ta’sirida amalga oshirilgan edi. Oltin О’rda Amir Temur tomonidan Tо’xtamishga qarshi kurashlar davomida ancha zaiflashtirilgan bо’lsada, Shodibek hukmronlik qilgan davrda 1401-1407-yillarda yana kuchaya boshladi. Shu yillarda Oltin О’rda Bulg’or, Xojitarxon, Qrim ustidan yana о’z hukmronligini о’rnatdi. 1406-yil Edigey tomonidan Xorazm bosib olindi. Bunga Temuriylar о’rtasida kuchayib ketgan taxt uchun kurashlar sabab bо’lgan edi12.
XV asrning birinchi choragida Oltin О’rdada о’zaro siyosiy kurashlar yana kuchayib ketdi. 1400-1417-yillar davomida Oltin О’rda taxtiga о’tirgan 8 ta xon birin -ketin taxtdan tushirildi. XIV asrning 80-yillaridan boshlab “о’zbek ulusi” yoki “о’zbeklar viloyati” deb nom olgan. Oq О’rdada ham taxt uchun kurashlar kuchayib ketdi. Bir necha 10 yillar davomida taxt uchun Tо’xtamish, Quyirchoq о’g’lon, Barakxon, Ulug’muhammad kabilar kurash olib bordilar. 1424-1425-yillardan boshlab esa bu kurashlarda Muhammadxon, Kichik Muhammad, Tо’xtamishning о’gillari Davlatberdi va Kepakxonlar asosiy о’rin tutadilar. Dashti Qipchoq uzoq vaqt davom etgan ana shu kurashlarda boshqa qabilalar bilan bir qatorda Shaybon avlodlari ham faol ishtirok etdilar va ma’lum bir mavqega ega bо’lib bordilar О’zaro kurashlardan kо’p qiynalgan halq uchun tinchlik nihoyatda zarur edi. 1427-yilda Alasha bahodir yordamida xon etib kо’tarilgan Abulxayrxon katta harbiy kuch tо’pladi va 1428-yilda о’z ulusiga qaytib, qiyot, mang’it, qо’ng’irot, dо’rmon, qushchi, о’tarchi, nayman, tuboyi, toymas, jot, korlik, ushun, kurlovut, echki, tangut, va boshqa qabilalar tomonidan ham xon etib kо’tarildi. Bunda Abulxayrxonni 200 dan ortiq urug’ va qabila boshliqlari qо’llab quvvatladilar. 1428 -1429-yillarda kо’chmanchi о’zbeklar Janubi-G’arbiy Sibirdagi Tura shahrini qо’lga kiritdilar va bu shahar 1446-yilgacha Abulxayrxon davlatining poytaxti bо’lib qoldi. Abulxayrxonning bu muvaffaqiyati tezda butun Dashti Qipchokqa yoyildi va kо’pgina о’glonlar va sultonlar Abulxayrxon hizmatiga о’ta boshladilar. 1428- 1431 yillar davomida olib borilgan kurashlar natijasida Abulxayrxon ilgarigi Shaybon ulusi yerlarini qaytadan birlashtirishga erishdi va о’z davlatini Oltin О’rda (Kо’k О’rda) dan mustaqil deb e’lon qildi. 1431-1432-yillarda Abulxayrxon Xorazm ustiga yurish qildi va uning shimoliy qismini temuriylardan tortib oldi.
Biroq, bu yerda vabo tarqalgach, Xorazmni tashlab ketdi. Biroq, manbalarda Abulxayrxonning Xorazmni tashlab ketishiga sabab Shohrux tomonidan qо’shin yuborilishi va Xojitarxon xoni Orol dengizi atrofida qochib yurgan Kichik Muhammadning о’g’li Maxmud va uning ukasi Axmadxon Abulxayrxonga qarshi kurash boshlab xavf deb kо’rsatiladi. XV asr 40-yillarda Abulxayrxon Sig’noq, Oqqо’rg’on, Arquq, Sо’zoq va О’zgand shaharlarini egalladi. 1448-yilda Samarqandni taladi. Biroq Abulxayrxon qanchalik harakat qilmasin, davlatda yagona, mutloq hukmdor bо’lib qololmadi. Bunga ayniqsa, Urusxon nabiralari qattiq qarshilik kо’rsatdilar. Abulxayrxon vafotidan sо’ng esa, davlatda yana о’zaro kurashlar avj oldi va kо’chmanchi о’zbeklar davlati о’zaro kurashlar natijasida yemirildi. Bu davlatning qayta birlashtirilishi Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon nomi bilan bog’liq13.
Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning о’g’li Budoq sultonning о’g’li edi, Otasidan yetim qolgach, Muhammad Shayboniyxon ukasi Maxmud Sulton bilan birga Abulxayrxon tarbiyasida bо’ladi. Keyinchalik temuriy amirlardan biri, Turkiston hokimi Muhammad Mazid tarxon homiyligida bir qancha vaqt Turkistonda yashadi. Turkiston urushlar girdobida qolgan bir vaqtda Shayboniyxon ukasi bilan Sulton Axmad Mirzo panoxida Buxoroda yashadi va ilm oldi. XV asr 90-yillarida Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va siyosiy kurashlarga qо’shilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam о’rnashib oldi. Keyinchalik, Sayram va Yassini qо’lga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni qо’lga kiritdi. 1498-yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan sо’ng Samarqandga yurish qildi, uni qо’lga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va Shahrisabz bilan birga talon -taroj etdi. 1499-yilda Samarqandda qilgan yurishi yana muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Buxoroga yurish qildi va uch kunlik qamaldan sо’ng uni qо’lga kiritdi.
Abu Said Mirzo 1458-yilda Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur vafot etgach Xurosonni ham egalladi. 1469-yilda Abu Said Mirzo avval temuriylar tasarrufida bolgan Eronning g‘arbiy qismini egallab olgan oq qo‘yunlilarga qarshi kurashda halok bo‘ldi. Bu halokatdan so‘ng Movarounnahr uning o‘g‘illari hukmdor bo‘lgan amalda uch mustaqil davlatga bolinib ketdi. Chunonchi, Samarqandda Sulton Ahmad, Farg‘onada Umarshayx Mirzo, Hisor, Xuttalon va Badaxshonda Sulton Mahmud Mirzo hukmronlik qildilar. Shunday bo'lsada, Sulton Ahmad rasman Movarounnahr hukmdori hisoblanardi. Uning davrida aholi tinchlik va osoyishtalikda yashadi. Uning vafotidan so‘ng Movarounnahr taxtini ukasi Sulton Mahmud Mirzo, 1495-yilda esa o‘g‘li Boysung'ur Mirzo egalladi. Tez orada Movarounnahr taxti uchun kurashga Farg‘ona hokimi Bobur Mirzo ham qo‘shildi. U 1497-yilda Boysung‘urni qal’aga yashirinishga majbur etdi. Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi vujudga kelganligi tufayli Boysung‘ur askarlari orasida parokandalik ro‘y berdi14. Qamalga bardosh berishga ko‘zi yetmagan Boysung‘ur Turkistonda (Yassida) turgan Shayboniyxondan yordam so‘radi. Shayboniyxon qulay fursatdan foydalanib, tez orada Samarqandga kelib, Boburni sarosimaga solib qo‘ydi. Buning ustiga Boburning askarlari sovuq tufayli tevarak-atrofdagi qishloqlarga tarqalib ketgan edi. Oz sonli askar bilan Shayboniyxonga yuzma-yuz kelish xatarli edi. Lekin bundan boshqa yo‘1 ham yo‘q edi. Bobur bor askari bilan dushmanga qarshi chiqishga majbur bo‘ldi. Biroq kutilmaganda Shayboniyxon shahar ichkarisiga qarab yurdi. Lekin Boysung’ur uni shaharga kiritmadi. Chunki Boysung‘ur uni shahar tashqarisida bo'ladigan jangda ittifoqchi bo‘lishga taklif qilgan edi. Bundan ranjigan Shayboniyxon Turkistonga qaytib ketdi. Samarqand qamali 7 oydan ziyod davom etdi.
Shayboniyxondan yordam ololmagan Boysung'ur qochib ketishga majbur bo’ldi. Bobur esa Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo‘ldi. U bobosi Amir Temur taxtining sohibi deb e’lon qilindi. Biroq sohiblik uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga Boburning dushmanlari Farg‘ona taxtiga ukase Jahongirni o‘tqazish uchun ko‘targan isyon sabab bo‘ldi. Vujudga kelgan harbiy-siyosiy tanglikni tushungan Bobur qanday bo'lmasin Farg‘onada hokimiyatini saqlab qolishga qaror qildi va Samarqandga o‘z beklaridan birini qo‘yib, Andijonga qaytishga majbur bo‘ldi. Boburning yo‘qligidan Boysung‘urning ukasi Sulton Ali Mirzo foydalanib qoldi va 1498-yilda Movarounnahr taxtini egalladi. 1500-yilda aka- uka Bobur va Jahongir Mirzolar o‘rtasida sulh tuzildi. Unga ko‘ra, Sirdaryoning shimoliy taraflari Axsi shahri bilan Jahongirda va daryoning janubiy tomoni Andijon shahri bilan Boburda qoldi.
1500-yilda Muhammad Shayboniyxon yana Samarqandga yurish qildi va uni bosib olib, tо’rt oy davomida talon qildi. Bu Samarqandliklarning Shayboniyxonga qarshi qо’zg’oloni sabab bо’ldi va ular 19 yoshli temuriy shahzoda - Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib kо’tardilar. Bobur Qarshi va G’uzorni ham qо’lga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan xalqning ahvoli juda ham nochor edi. Og’ir ahvolda qolgan Bobur qо’shinlari Zarafshon bо’yida Shayboniyxondan mag’lubiyatga uchradi va qamalda qolgandan sо’ng yashirincha Toshkentga chekinishga majbur bо’ldi15. Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish edi. Bobur Mirzo bilan o’rtasidagi munosabat Shayboniyxonning ana shu niyatini yaqqol ko‘rsatib berdi. Onasining gapi bilan ish tutgan Movarounnahr hukmdori Sulton Ali Mirzoning kaltabinligi sababli Shayboniyxon 1500-yilda Samarqandni jangsiz egalladi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo qayg‘uga botdi. Bu safar ham orada xiyonat borligi uni chuqur iztirobga soldi. Shayboniyxon Samarqandni egallagach, Sulton Ali Mirzoni qatl ettirdi.
Movarounnahrning nufuzli davlat ar boblari shayxulislom Abulmakorim boshchiligida Bobur Mirzoni Samarqand taxtini egallashga da’vat etdilar. Sulolasi manfaatiga sadoqatli bo‘lgan Bobur Mirzo 1500-yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi va taxtni ikkinchi marta egalladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida –Konigilda turar edi. Shayboniyxon bu voqeani eshitgach, bo‘lajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rdi. Bobur Mirzo bu galgi urush hal qiluvchi urushligini bilib Andijon, Toshkent, Hisor, Hirot va boshqa yerlarga yordam yuborishlarini so‘rab elchilar yubordi. Biroq amakisi –Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va Qashqardagi tog‘asi Sulton Mahmudxondan yordam kuchi kelmadi. 1501-yilda olti oylik qamaldan so‘ng Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh taklif etdi. Bobur Mirzo hech qayerdan yordam ololmagach, noiloj, sulhga rozi bo‘ldi.
Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda haqoratli bo‘lsada, unga rozi bo‘lmaslikdan boshqa chorasi yo‘q edi. Og‘ir va nochor ahvolga tushib qolgan Bobur Mirzo Samarqandni tark etib, ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirib, o‘zga yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim 1523- 1603-yillarda yashagan. O‘zining ,,Humoyunnoma“ asarida bu haqda quyidagilarni yozgan edi: „Xudoga tavakkal qilib Badaxshonot va Kobulga yuzlandilar“.
1504-yilda Kobul16 viloyatida o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Bu yerda mustaqil davlat tuzishga jadal kirishdi. Qattiq intizomga bo‘ysunuvchi qo‘shin tuzdi. Qurilish, obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor berdi. Ko‘plab bog‘- rog‘lar yaratdi. Ulaming ichida Bog‘i Bobur ayniqsa mashhurdir. Kobuldagi Bolo Hisor qal’asini o‘zining qarorgohiga aylantirdi. Shayboniylaming tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish maqsadida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Bobur Mirzoni ham maslahat yig’iniga taklif qilganligi, uning yuksak nufuzga ega bo'lganligini tasdiqlaydi. Bobur Mirzo shu taklifga ko‘ra Hirotga otlandi. Biroq Husayn Boyqaroning 1506-yilda to‘satdan vafot etishi vaziyatni og‘irlashtirdi. O‘zaro nizolari kuchliligi tufayli temuriyzodalar dushmanga qarshi ittifoq tuza olmadilar. Bu esa oxir-oqibat Temuriylar saltanatining butunlay barham topishiga olib keldi.
Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan o‘zaro qirg‘inlaming yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Ularda Muhammad Shayboniyxonning qirg‘inga yo‘l qo‘ymasligiga ishonch paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, Dashti Qipchoqdagi o‘zbek qabilalari ko‘pdan buyon to‘la o‘troq tarzda yashashni umid qilib kelardilar. Bu umidning ushalishi o‘zgalaming unumdor yerlari hisobiga ro‘yobga chiqishi mumkin edi. o‘zbek qabilalarining sardorlari Muhammad Shayboniyxonni o‘z umidlarini ro’yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatladilar. Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o‘lkalarda, birinchi navbatda, Movarounnahrda Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining o‘rnatilishi o‘troq hayotga o‘tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-u taxt uchun o‘zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Movarounnahr zodagonlari va hatto oddiy aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o‘rnatishga qodir yagona shaxsni ko‘rdilar. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar saltanati hududlarida ham o‘z hokimiyatini o‘matishi uchun barcha zarur shart- sharoit yaratildi.
Ayni paytda, Rossiyaning sharqqa qarab tobora kengayib borishi ham Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishini tezlatib yubordi17. Shayboniyxon Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish maqsadida boshlagan harbiy yurishi paytida raqiblarini sarosimaga solib qo‘ygan jang usuli — to'lg'amani18 qo‘lladi. U Samarqandni dastlab 1500-yilda qisqa muddatga bolsada egalladi va yangi o‘zbek davlati — Shayboniylar davlatiga asos soldi. 1501-yilda esa Samarqandni uzil-kesil bo‘ysundirdi. Endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi. 1503- yilda Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi. Shayboniyxon 1504-yilning bahorida Xisorga yurish boshlagan. Lekin hech qanday qarshilikka uchramay uning poytaxti Xisori Shodmonni egalladi. Bag’lon, Qunduz va Badaxshonni zabt etish uchun u Mahmud Sulton va Muhammad Temur sultonlarni yubordi. Xusravshoh ularning xujumiga dosh berolmay Qunduzni o’z xoliga tashlab o’sha paytda Farxor qal’asiga joylashgan Mirzo Boburning panohiga qochib bordi. Shayboniylar sipohi o’shanda Arxang va Badaxshonning katta qismini fath etdi. Ilgari Xusravshohga tobe bo’lgan viloyatlarni Shayboniyxon o’z yaqin qarindoshlari o’rtasida taqsimlab berdi. Masalan, Qunduz, Bag’lon va Badaxshonni zabt etilgan qismini inisi Mahmud Sultonga, Xisorni Xamza Sultonga, Chag’onyonni Mahdiy Sultonga inom etdi. Shayboniyxon Ulug’bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o‘g‘illari bo‘lgan amakilari Ko‘chkunchi Sultonni Turkistonga va uning ukasi Suyunchxo‘ja Sultonni Toshkentga, o‘zining ukasi Mahmud Sultonni Buxoro viloyatlariga hokim etib tayinladi. 1504- yilda esa Farg‘ona egallandi.
Shayboniyxonning harbiy yurishlarida eng faol qatnashgan amakisining o‘g‘li Jonibek Sultonga Axsi va Andijonni tortiq qildi. Jonibek Sulton Abulxayrxonning boshqa bir o‘g‘li Xo‘ja Mahmud Sultonning o‘g‘li edi. Shu tariqa, butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Samarqand shahri esa poytaxt etib belgiladi. Samarqandda, Buxoro va Toshkentda о’z hukmronligini qо’lga kiritgach, Shayboniyxon Xuroson yurishiga tayyorgarlik kо’ra boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida Shayboniyxonga qarshi birlashgan bо’lsalarda, bu hech qanday natijaga olib kelmadi. 1505-yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm Shayboniyxonga tobe bо’ldi. 1506-yil Xusayn Boyqaro vafotidan sо’ng boshlangan taxt uchun kurashlardan foydalangan Shayboniyxon temuriylardan Hirotni tortib oldi. 1506-yilda Balx egallandi. Shayboniyxonning Balxga qarab yo’lga chiqqanini eshitib, jangga otlangan Xusayn Boyqaro 912-yilning Zulhijja oyida – 1506-yilning 5-mayida yo’lda qazo qildi. O’sha yilning noyabrida Balx to’rt oylik qamalidan keyin Shaybniyxon qo’liga o’tdi. Sulton Xusayn o’zining to’ng’ich o’g’li Badiuzzamonni valiaxdlikka belgilagan edi. Biroq uning qazosidan so’ng Hirot saroyida nufuzli o’rin tutgan Xadichabegim – o’lgan Mirzoning bevasi xiyla-yu nayranglari bilan o’z o’g’li Muzaffar Mirzoni taxtga o’tkazdi. “Badiuzzamon Mirzo bilan Xusayn Mirzo Hirot taxtida Bashirkat podshoh qildilar”19. 1507-yilning may oyida Shayboniyxon katta qo’shin bilan Xuroson poytaxti Hirotga yurish boshladi. Qorabog’da bo’lib o’tgan janglarda Ubaydulla Sulton va Muxammad Temur Sulton temuriylar qo’shinini tor-mor etdi.
Badiuzzamon Hirotga kirmay Qandahorga qarab qochdi. Muzaffar Xusayn esa jang payti shaharga yetib shayxulislom Sayfiddin Axmad Taftozoniyning bog’iga qo’ndi. O’sha zaxoti u o’z huzuriga qozi Ixtiyoriddin boshliq shahar mudofaasini tashkil qilishda ko’mak so’radi. Ammo chaqirganlar bunga ko’nmaganlardan so’ng, badbaxt shaxzoda Astrobodga qarab qochdi. Shayboniyxon boshchiligidagi ellik ming kishilik qo’shin tez orada Hirot yaqiniga yetdi. Hirotning ko’zga ko’ringan ayonlari shahar kalitlarini xonga topshirdi. Shunday qilib, 1507-yil may oyining oxirida Hirot egallanib Shayboniyxon nomiga xutba o’qildi. Shundan so‘ng Hirot o‘zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo‘qotdi. 1507-1508-yillarda Shayboniyxon Jom, Marv, Mashhad, Sabzavor va Damg’onni qo’lga kiritdi.
Xon yangi zabt etilgan yerlarni o’z farzandlari, birodarlari va sultonlarga bo’lib berdi. Hirot – Jonvafobiyga, Marv – Qubiznaymanga, Balx – Xorazmlik Sultonshohga, Xisor atrofi bilan Mahdiy Sulton va Hamza Sultonlarga, Qunduz – Ahmad Sultonga, Toshkent – Suyunchxo’jaxonga, Axsi – Jonibek Sultonga, Andijon – Mahmud Sultonga, Xorazm – Qushchi Kupakbiyga, Turkiston – Ko’chkinchixonga berildi. Buxoro va Qorako’l noibligi Shayboniyxon ukasi Sulton Mahmudga butun mamlakatning javohiri Samarqand bilan Kesh va Miyonka Ayoltiy bilan birgalikda o’g’li Muhammad Temur saltanatiga berildi. Biroq Movoraunnahr bilan Xuroson mulkining yangi egasi bo’lmish Muhammad Shayboniyxonning har bir harakatini ziyraklik bilan kuzatib turgan shaxs allaqanchalar tarix sahnasida mavjud edi. Bu shaxs juda yoshligidayoq Shirvonshoh taxtini keyin esa Eron taxtini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan shoh Ismoil edi.
Xurosonning ham bo‘ysundirilishi bilan amalda Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz - Samarqand qo‘l ostida birlashtira oldi va temuriyzodalar amalga oshira olmagan ishni bajardi. Bu uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir. Shu tariqa, Movaxounnahr, Xorazm va Xurosonni o‘z ichiga olgan hududda Shayboniyxon hukmronligi o‘rnatildi va shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi. 1507-yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Afg’onistonning markaziy hududlarigacha bо’lgan yerlar Muhammad Shohbaxt —Shayboniyxon hukmronligi ostiga о’tdi. Shayboniyxon hukmronligi о’rnatilishi bilan Movarounnahrda uzoq vaqt davom etgan temuriylar о’rtasidagi о’zaro taxt talashishlarga chek qо’yildi va tinchlik о’rnatildi. Shayboniyxon siyosiy jihatdan markazlashgan davlat tuza olishga erishi bilan о’zining ilm -fan va adabiyotga moyilligi, bu soha vakillgarini hurmat qilishi va homiylik qilishi bilan katta hurmatga sazovor bо’ldi20. Shayboniyxonning Movoraunnaxr-u, Xurosonni qulga kiritishi shoh Ismoil uchun navbatdagi urush ular o’rtasida bo’lajagini bildiradi. Keyingi voqealar shoh taxminini isbotladi. Shoh Ismoil davlatida har bir masjidda shia imonlarining nomi xutbaga qo’shib o’qitilishi qonun kuchiga kirgan edi.
Shayboniyxon esa suniy mazhab tarafdori sifatida bunday shakkoklikka tezroq barham berilishini aks xolda urush boshlajagini aytib Shoh Ismoilga tahdidli maktublar jo’nata boshladi. Shayboniyxon o’z maktublariga Safaviylar hukmdorligida o’ziga tobe sultonlarga murojaat qilganidek, bepisand tarzda undan Makkaga borib tavba qilib, qaytishini o’z nomini xutbaga qo’shib o’qitishini o’ziga loyiq sovg’alar hozirlab xuzuriga bosh egib kelishini talab, iddaoli ko’rsatmalar berardi. Shoh Ismoil bu maktubni javobsiz qoldirgan, shekilli Shayboniyxon buni uning zaifligiga yo’yib qo’l ostidagi keng mamlakatni yanada kengaytirish payiga tushdi. Xurosonning janubidagi shafqatsiz o’zbek o’rdasi Qandahorning nariga tarafiga kechib o’tdi.
Shu tariqa Xirmon ustiga xujumga hozirlik ko’rilayotganiga Shox Ismoil xujumni to’xtatish qasdi bilan javob berdi. Sufiga Kashkul va Hassa yuborib quyidagi maktubni yozdi: “Bu hodisalarni qabul et, ular sening otangdan qolgan meros alomatlaridir. Ammo menga kelganda men o’zimning ulug’ mashhur bobom Chingizxondan meros qilich bilan xokimiyat oldim. Agar sen o’zingning tilanchilik davoingdan rozi bo’lmasang o’z-o’zingdan o’pkala”. 1509-yilning Shoh Ismoil g’azabga to’la bir maktub bitib Shayboniyxonga jo’natdi. Maktubda pand-nasihat kor qilmagani uchun xonning tazirini qilich zarbi bilan berib qo’yish lozim deb topilganini malum qildi. Ammo maktub jo’natishga, jo’natib o’zi qulay vaziyatni kutdi. Shunday qulay vaziyat haqida xufiyalar xabar keltirdi. Ulardan Shayboniyxon qo’shinining asosiysi Dashti Qipchoqdagi Qozoq va mug’ul xonlari bilan jangu-suronni ovora ekanligini xonning o’zi rahbarlik qilayotgan qo’shin esa Feruzqo’zi qabilasining isyoni sababli Janubga harakat qilishdan to’xtaganligini eshitishi bilan Shoh Ismoil Qizil boshlar qo’shinini boshlab Xuroson sarhadlariga bostirib kirdi. Shoh Ismoilning bosib kelayotganini eshitgan Muhammad Shayboniyxon Marvga ketdi. Shayboniyxon Movoraunnaxrga choparlar yuborib, sultonlarni qo’shinlari bilan tezda kelib yetishini aytdi. Lekin, sultonlar o’z vaqtida yetib kelmadi. Bunga sabab Shayboniyxon Sultonlarni o’zboshimchaliklari uchun vazifalaridan chetlashtirilgan edi. Jumladan, Ubaydullo Sulton Buxoro xokimligidan, Jonibek Sulton Andijon xokimligidan va – Ko’chkinchixon Turkiston xokimligidan olib tashlangan edi.
Shayboniyxon qо’lga kiritilgan hududlarni boshqarish uchun о’z yaqinlariga bо’lib berdi. Bu hol markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keldi va 1510-yil Shayboniyxon Eron shohi Ismoil Safaviy bilan kurashga kirish oldidan ayniqsa, yaqqol namoyon bо’ldi. О’z vaqtida yetib kelmagan qо’shinlar oz sonli Shayboniyxon qо’shinlarining Ismoil Safaviy qо’shinlari tomonidan Tahrirobod mavzesida mag’lub etilishi va Shayboniyxonning о’ldirilishiga olib keldi. Ma’lumotlarga qaraganda bu jangda Shayboniyxon qo’l ostida 17000 ta, Ismoil Safaviy huzurida esa 70000 lik qo’shin bor bo’lgan. 1510-yil Shayboniyxon vafot etgach, shayboniylar о’rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Ayni vaqtda Ismoil Safaviy ham shayboniylar davlati ichkarisiga hujum qilib kirib kelishga erishdi. Shayboniylar bu yurishni tо’xtatish uchun sulhga rozi bо’ldilar va Amudaryoning so’l qirg’og’idagi barcha yerlarni Eronga berishga majbur bо’ldilar. 1511-yilda Bobur ham о’z qо’shinlari bilan Amudaryodan kechib о’tib, Xisor, Ko’lob, Qunduz, Badaxshonni egalladi. Sо’ng Ismoil Safaviy yordamida Samarqandga yurish boshladi.
Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlar Turkistonga chekindilar. Samarqandni qо’lga kiritgan Bobur Ismoil nomiga xutba о’qitganidan norozi bо’lgan xalq Boburga qarshi isyon kо’tardi va bundan foydalangan shayboniylar Boburni bu yerdan haydab chiqardilar. Ismoilning Boburga yordamga yuborgan Amir Axmad –Najmi soniy boshchiligidagi qо’shinlari esa qirib tashlandi. Shayboniyxon halok bo‘lgach, uning o‘rniga amakisi Ko‘chkunchixon taxtga o‘tirdi. Biroq, 1511-yilda Bobur Mirzo Samarqandni uchinchi marta egallaganida shayboniylar vaqtinchalik hokimiyatdan mahrum bo‘lib qoldilar. 1512-yil 28-apreldagi jangda shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar qo‘shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qayta qo’lga kiritdilar. Ko‘chkunchixon 1530-yilgacha hukmronlik qildi. Xon qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni edi. Qo‘shinning o‘ng va chap qanotlari hamda qalb shayboniy sultonlar va shahzodalarga topshirilgan. Chunonchi, 1512-yilda G‘ijduvonda shayboniylar bilan safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jangda shayboniylar qo‘shinining qalb qismiga Ubaydullo Sulton, o‘ng qanotga Shayboniyxonning o‘g‘li Muhammad Temur, chap qanotga Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abu Said Sultonlar qo’mondonlik qilishdi.
1512-yil kuzida va 1512-yil may oyida Samarqand yana shayboniylar qо’liga о’tdi. Bobur esa Ismoil bilan ittifoqini tuzdi va 1525-yilda Hindistonga yurish qilib, u yerda Buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi. Shayboniyxon vafotidan sо’ng shayboniylar davlati taxtini Kо’chkinchixon 1510 -1530-yillarda va о’g’li Abu Said 1530-1533-yillarda boshqargan. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydullaxon 1533-1540-yillarda qo’liga o’tdi. U 1533-yilda xonlik poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko‘chirtirdi. Shu tariqa, Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshladi. Ubaydullaxon Buxoroga otameros mulk deb qarar edi. Chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sultonga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlatiari endilikda Buxoro xonligi deb ataladigan bo‘ldi. Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy qo‘shinining hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahmi ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o'zining ma’naviy ilhomchisi Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo'lgan din peshvosi Abdulla Sabroniy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. U Ubaydullaxonning do‘sti ham edi. Ubaydullaxon safaviylar ustidan erishgan g‘alabasi tufayli Vatan mustaqilligini, xalq erkini va din-u diyonatini, or-nomusini saqlab qoldi. Ubaydullaxon bu g'alabani Mir Arabga bag'ishladi va 1533-1536-yillarda Buxoroda uning nomi bilan mashhur madrasa qurdirdi. Mir Arab madrasasi hali-hamon ilm-ma’rifat o‘chog‘i bo’lib qolayotir. Tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriy bekorga „Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab-yashnadi“. deb yozmagan edi.
Movarounnahr va Xorazmda o‘zbek xalqi IX-XII asrlarda shakllangan. To‘g‘ri, bu hududlarda yashagan ajdodlarimiz XVI asrgacha o‘zbeklar deb atalmaganlar. Qadim-qadimdan tarixiy turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki boshqa o‘lkalarda, shu jumladan, Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida yashab keldilar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshlarida zabt etgan mo‘g‘ullar bora-bora bu o'lkada yashovchi turkiy qabilalar tarkibiga singib ketdilar va o‘z milliyligini yo‘qotdilar. Shayboniylar yurtimizni egallagach esa Dashti Qipchoqda yashovchi turli o‘zbek qabilalari Movarounnahr va Xorazmga ko‘chib kela boshladilar. Bu hodisa Vatanimiz hududidagi etnik jarayonga ta’sir etmay qolmadi. Avvalo, XVI asrdan boshlab yurtimizda o‘zbek xalqining tarkibi kengayib bordi. Ikkinchidan, ko'chib kelgan turli o‘zbek qabilalari iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jihatidan o‘zlaridan ustun bo'lgan mahalliy qardoshlari bilan yaqinlashdilar. Uchinchidan, ular mahalliy aholi turmush tarziga xos hamma ijobiy jihatlarni qabul qildilar. Bora-bora esa Movarounnahr va Xorazmda azaldan yashab kelayotgan qardoshlari tarkibiga singib ketdilar. “O’zbek” nomi O‘zbekiston tarixining XVI asrdan keyingi taraqqiyot bosqichlarida mahalliy aholi ruhiga singdi. O‘zbek atamasi butun bir xalqning etnik nomiga va milliy iftixoriga aylandi21.
Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o‘sdi. Ubaydullaxon o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg‘ol etgan Eron qo‘shinini bir necha marta mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi siyosiy tarqoqlikka barham berdi.


Yüklə 138,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin