Kalsiy kationi xususiy reaksiyalari.
Ammoniy oksalati kalsiy ionlari bilan oq kristall cho’kma hosil qiladi . Cho’kma sirka kislata ta’sirida erimaydi:
Sa2 (NH4)2C2O4 CaS2O4 2NH4
Тajribaning bajarilishi: Uchta probirkaning biriga bariy xloridi, ikinchisiga stronsiy xloridi va uchinchisiga kalsiy xloridi eritmalaridan 3-4 tomchidan tomizib har biriga 3-4 tomchidan (NH4)2C2O4 eritmasi qo’shing. Okcho’kma hosil bo’lishi kuzatilgandan so’ng har bir probirkaga 6 tomchidan sirka kislota qo’shing.
Qaysi probirkadagi cho’kma ko’proq eruvchanligini qayd qilib .natijani kalsiy stronsiy va variy oksalatlari eruvchanlik ko’paytmalariga taqqoslang. So’ngra aynan shu tajribani sirka kislota o’rniga xlorid kislotaning 2n eritmasidan olib takrorlang . Kuzatilgan o’zgarishlarni qayd eting.
Kaliy geksatsionoferrati K4[Fe(CN)6] kalsiy ioni bilan ammoniy tuzlari ishtirokida oq ammoniy kalsiy geksatsenoferrati cho’kmasini hosil qiladi. Bu cho’kma sirka kislota ta’sirida eriydi:
Ca2 2NH4 K4[Fe (CN)6] Ca(NH4)2[Fe(CN)6] 4K
Ushbu reaksiyani kalsiy kationini bo’lib-bo’lib analiz qilishda va uni Ba2 va Sr2 ionlardan ajratishda ishlatish mumkin.
Тajribaning bajarilishi: 2 tomchi kalsiy xlorid eritmasiga 2 tomchi ammoniy xloridi qo’shib kaynab turgan suv hammomida isiting. Isitilgan eritmaga oq cho’kma hosil bo’lgunga qadar K4[Fe(CN)6] eritmasi tomizing.
Mikrokristalloskopik reaksiya Ca2 ionlarining sul’fat kislota eritmasi ta’siri natijasida CaSO4..2H2O kristallogidrati cho’kmasi hosil bo’ladi:
CaCl2 H2SO4 2H2O CaSO4 . 2H2O 2HCI
Тajribaning bajarilishi: Тajriba shishasiga bir tomchi kalsiy xloridi eritmasi tomizib, unga bir tomchi H2SO4 eritmasi tomizing. Agar shisha extiyotlik bilan gaz alangasida qizdirilib.eritma bug’latilsa . tomchi atrofida igna shaklli kristallar paydo bo’lishi kuzatiladi . Kristallarni mikroskop yordamida kuzating.
Alangani bo’yash. 1.2.3.tajribaga karalsin
Barcha tajribalarni bajargandan so’ng har bir III analitik guruh kationi uchun xususiy reaksiyalar jadvali tuzing.(1 jadvalga qaralsin).
Dostları ilə paylaş: |