Uchinchi guruh kationlari aralashmasi analizi Sirka kislota muhitida K2SrO4 faqat bariy kationi bilan sariq rangli cho’kma hosil bo’ladi. Shu sababli bariy kationini stronsiy va Sa2 kationidan ajratish va ularni halaqit bermasligi uchun nazorat uchun berilgan eritmaga natriy atsetati qo’shing. Bu eritmaga kaliy dixromati qo’shilsa . Ba2ionlari BaClO4 cifatida cho’kmaga tushib, eritmada Sr2 va Ca2 ionlari koladi . Cho’kmani eritmadan sentrafuga usulida ajratib , sentrofugtaning bir tomchisiga gipsli suv qo’shing va 7 –10 daqiqa isitiladi Agar bir oz vaktdan so’ng oq cho’kma hosil bo’lsa, bu stronsiy ioni borligidan darak beradi. Aralashmada Sr2 ioni bor bo’lsa, sentrofugatning (gipsli suv qo’shilgan ) qismiga natriy karbonat eritmasi qo’shilganda hosil bo’lgan cho’kma ajratilib, 2 marta distillangan suv bilan yuviladi va sirka kislotada eritiladi. Hosil bo’lgan eritmaga ammoniy sul’fat qo’shilsa, stronsiy ionilari SrSO4 sifatida cho’kmaga tushib , eritmada esa qisman Ca2 ionlari qoladi.