Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo‘nalishi



Yüklə 1,59 Mb.
tarix17.06.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#61705
08.04.2021Sohibqiron Temur – buyuk sarkarda va adolatli podshoh баенномаси PPS-CR-18


Namangan davlat universiteti Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo‘nalishi BTS-BU-19 guruh talabalari bilan 2021 yil 8-aprel «Sohibqiron Temur – buyuk sarkarda va adolatli podshoh”mavzusida “Ma'naviyat”, “Axborot va murabbiylik soatlari” bo‘yicha o‘tkazilgan davra suxbati
BAYONNOMASI



Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti



08.04.2021 yil
soat 14:30



QATNASHDILAR:

N.Mahmudova

-

BTS-BU-19 guruh raxbari.







Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti guruh raxbari va 31 nafar Boshlang`ich ta`lim yo‘nalishi BTS-BU-19 guruh talabalari



KUN TARTIBI:
SOHIBQIRON TEMUR – BUYUK SARKARDA VA ADOLATLI PODSHOH”
(N.Mahmudova)
Eshitildi: Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, ma'naviyati o‘zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta'siri bilan xalqimiz tarixida alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o‘zbek davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz ko‘plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdilar. Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga asoslangan Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 dekabrda «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori, 1995 yil 26 dekabrda esa Prezidentimizning «1996 yilni Amir Temur yili deb e'lon qilish to‘g‘risida»gi farmonlari qabul qilindi. 1996 yil martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil qilish xususida, «Amir Temur» ordenini ta'sis etish to‘g‘risida farmonlar chiqdi. YuNeSKO qarori asosida Amir Temur tavalludining 660 yilligi butun dunyoda keng nishonlandi. 1996 yil aprelida shu tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta'lim ravnaqi» mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazilib, Buyuk davlat arbobining tarixdagi o‘rniga yuksak baho berildi. «Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqyei tutmaydi.

U o‘z poytaxti bo‘lmish Samarqandni yer yuzining chinakam madaniy va ilmiy markazlaridan biriga aylantirdi. Bu ulug‘ zot qurdirgan me'morchilik va xalq san'atining javohirlari yanglig‘ bugungacha qad ko‘tarib turgan osori atiqalar shahar va qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelyapti. Sohibqiron zamonasining ajoyib diplomati, davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishi va iqtisodiy aloqalar rivojlanishining tarafdori sifatida ham mashhur edi. U olimlar va hokimlar, me'morlar va shoirlarning buyuk homiysi yanglig‘ dong chiqargan».


Q A R O R Q I L I N D I:
1. Boshlang`ich ta`lim yo‘nalishi BTS-BU-19 guruh rahbari hamda guruh talabalarining «SOHIBQIRON TEMUR – BUYUK SARKARDA VA ADOLATLI PODSHOH” mavzusida qilgan axborotlari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Hafta mobaynida qo‘shimcha ma'lumotlar bilan tanishib chiqish va konspektlashtirish guruh talabalarining zimmasiga yuklatilsin.
3. Boshlang`ich ta`lim yo‘nalishi BTS-BU-19 guruh rahbari N.Mahmudova Respublikada va xalqaro ahvolga oid yangiliklari yuzasidan qilgan axboroti malumot uchun qabul qilinsin.
Guruh rahbari: N.Mahmudova
Guruh sardori: Y.Abduraxmonova
Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin