Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda kursning tavsifnomasi:
Ushbu kursning asosiy manbai kabinetli, vositali bo‘lib, adabiy-madaniy meros - mumtoz shoirlarning lirik asarlari asosida, ya’ni lirikaning qator janrlari misolida bayon etilgan. Kursning asosiy ob’ekti mumtoz adabiyot namoyandalari ijodini, ko‘proq lirik turga mansub ijodini o‘rganishga, ularni tadqiq va tahlil etishga yo‘naltirilgan. Didaktik maqsadlardan kelib chiqib, kurs materiallari muammolarni tadqiq qilishga, lirik turga mansub 20 ga yaqin janrlarni (g‘azal, murabba’, muxammas, masnaviy, fard, tuyuq, ...) tahlil qilish, lug‘at ustida ishlash, o‘qish, o ‘rganish va baholashga qaratilgan.
1-MAVZU: MUMTOZ SHE’RIYAT JANRLARI KURSIGA KIRISH. KURSNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Mashg‘ulotning maqsadi:
talabalarga mumtoz she’riyat janrlari kursining maqsad va vazifalari haqida nazariy ma’lumot berish;
Kutiladigan natijalar:
talabalar mumtoz she’riyat janrlari kursining asosiy maqsadi va vazifalari haqida dastlabki ma’lumotga ega boMadilar;
lirik tur, uning asosiy xususiyatlari va uning janrlari haqida nazariy ma’lumotga ega boMadilar;
lirik turga mansub janrlar va ulaming o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot oladilar.
Ko‘rgazmali qurollar:
Adabiyotshunoslik lug'ati, ilmiy-nazariy adabiyotlar, shoirlaming to‘plamlari, darsliklar (bunda maktab hamda akademik litsey darsliklaridan ham foydalanish kutilgan natijalami beradi), shoirlaming she’riy to‘plamlari.
Dostları ilə paylaş: |