Namangan davlat universiteti obidjon karimov



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/48
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#201488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O (1)

Darsning rejasi:



      1. Mumtoz she’riyat janrlari kursiga kirish.




      1. Lirika va uning asosiy xususiyatlari haqida ma’lumot.




      1. Lirik janrlar va ulaming turlari.




      1. 0 ‘zbek mumtoz adabiyotida eng ko‘p qo‘llanadigan janrlar haqida.



Tayanch so‘z va iboralar:


Lirika, she ’r, adabiy turlar, epos, lirika, drama, lirik tur va uning janrlari, g'azal, ruboiy, murabba’, tuyuq, q it’a, fard, musammat va uning turlari, ...

Bu tanlov fan hisoblanadi. Shuning uchun talabalarga she’r nima, she’rda qo‘Hanadigan san’atlar, lirika, uning asosiy



7


xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berish, ularga nazariy ma’lumot berish asosiy maqsad qilib olingan. Avvalo, adabiy tur haqida.

Adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, tasvir predmeti, ob’ekt va sub’ekt munosabati kabi jihatlari bilan umumiyJik kasb etuvchi yirik guruhga adabiy tur deyiladi. Biz an’anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga: epik, lirik va dramatik turlarga ajratamiz. Adabiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan diqqat markazida bo‘lgan. Antik davr yunon faylasufi Aflotun o ‘zining “Davlat” asarida shoir o ‘z tilidan (lirika), o ‘zgalarning gaplarini muloqot sifatida tasvirlab (drama) yoki bu ikkisini qorishiq (epos) qo‘llagan holda taqlid qilishi mumkinligini aytadi. San’atni tabiatga “taqlid qilish” deb bilgan Arastu esa tabiatga uch xil yo'sinda: l)o ‘zidan tashqaridagi narsa to‘g‘risida hikoya qilayotgandek (epos); 2)taqlidchi o‘z holicha qolgan, qiyofasini o‘zgartirmagan holda (lirika); 3)tasvirlanayotgan kishilarni faol harakatda taqdim etgan holda (drama) taqlid qilish mumkin deb bilgan.


Badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri bu lirik tur bo‘lib, unda voqelik lirik sub’ekt his-tuyg‘ulari orqali akslanadi, uning uchun badiiy nutq ob’ekti emas, sub’ekti birlamchidir. Lirikada ko‘proq tuyg‘ular, kechinmalar tasvirlanadi. Lirik turga kiruvchi asarlar kichik hajmli boMishiga qaramay, turmushni badiiy, obrazli aks ettirishning barcha xususiyat va belgilariga ega. Lirik turning quyidagi janrlari mumtoz adabiyotda eng ko‘p qo‘llanadi: g‘azal, murabba’, qasida, muxammas, musaddas, musamman, tarji’band, tarkibband, musabba’, mutassa’, muashshar, fard, masnaviy, ruboiy, qit’a, tuyuq, Iug‘z, chiston, muammo, muvashshah, ta’rix.
Talabalaming lirik tur haqida qanchalik bilimga ega ekanliklari savol-javob orqali aniqlanadi. Tezkor savollar yordamida lirik tur va uning janrlari, asosiy va o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi.

So‘ng, mumtoz she’riyatda eng ko‘p qo‘llanadigan janrlar toptiriladi, ularning o ‘ziga xos xususiyatlari misollar yordamida aniqlanadi. Alisher Navoiy, Lutfiy, A.Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ijodkorlardan misollar toptiriladi.





Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin