(Furqat)
Hozirgi o‘zbek she'riyatida ham shoirlar oltilik band usulida she'r yozishni keng qo‘llab kelishmoqda. G‘afur G‘ulom, Oybek, ChoMpon. lJyg‘un, Ramz Bobojon va boshqalar bu usulda ko‘plab she'rlar yozishgan. Biroq hozirgi shoirlarimizning oltilik band usullari mumtoz shoirlaming musaddaslaridan, uning qonuniyatlaridan farq qiladi.
» ваю и ая - Sakkiz misrali band usulida yozilgan she'r. Miisammaning birinchi (misra) band misralari o‘zaro bir tekisda qofiyaJanadi, qolgan bandlardagi dastlabki har yetti misra o‘zaro qofiyalanib, sakkizinchi misrasiga qofiyadosh bo‘ladi.
Sxemasi:
a + a + a + a + a + a + a + a, b + b + b + b + b + b + b + a
Ohkim oylab safar azmini jonort ey ко ‘ngul,
Nozyaqronin so ‘rib bo ‘Idi ishtabon ey ко ‘ngul,
Qath etib taxjil ila qo ‘hu biyobon ey ко 'ngul,
Etti о 'zga kishvar ichra shodu xandon ey ко ‘ngul,
Aylabon ag 'yor bazmini guliston ey ко ‘ngul,
Qildi kulbamni maning bir tiyra zindon ey ко ‘ngul,
Yig'lasam emdi ne tong bu holima qon ey ко ‘ngul,
Kim, bo ‘libman mubtaloiy dardi hijron ey ко 'ngul.
(Ogahiy)
Adabiyotimiz tarixida yana shunday musammanlar ham uchraydiki, ularning har biri bandining birinchi - oltinchi misralari alohida qofiyalanib, so‘nggi ikki misralar refren bo‘lib qoladi.
Sxemasi:
a + a + a + a + a + a + b + b
Foydalanilgan adabiyotlar
T.Boboyev “Adabiyotshunoslikka kirish”
A.Navoiy “Xazoinul maoniy ”
D. Quronov va boshqalar. “Adabiyotshunostlik lug 'ati ”
Dostları ilə paylaş: |