A.Navoiy.
Demak, tarkibband (tarkib, arabcha, tuzilishi; band, forscha, bogMash) g‘azal tarzida (taxallussiz) qofiyalangan, har bir bandi oxiridagi bayt jufit (a-a tarzida alohida) qiyofalanib boruvchi, har bir bandining misra soni teng bo‘lgan, ammo turli shoirlar yozgan tarkibbandlarning har bandidagi misralar soni o‘ziga xos belgilangan, murakkab lirik janr.
Tarkibband fors-tojik adabiyotida X-XI asrlardan, o‘zbek adabiyotida XV asrdan yozila boshlandi: uning xillari ko‘p (Hofiz
Xorazmiy “fokim ko‘rindi”; Nodira “Arzim senga”; Fuzuliy “Manamki”; “©mn soya soldi”).
Hofiz Xora^rniy va Navoiy tarkibbandlari alohida mavqega ega. Tarkibband- nazariyasi boyib borayotir. Vosit Sa’dullaning zamondoshirmz- his-tuyg‘u 1ari in’ikos etgan yangicha tarkibbandlari realizmda baeyo#eti]di. (“Yor madhida”, “Bo‘lmaydi go‘zallar”).
Ayrim shoirlar ijodida bunday janrlarga e’tibor qilmaslik oqibatida shaklan kambag‘al bo‘lib qolayotir.
Navoiyda« keyin yashagan shoirlar ham bu janrga murojaat qilganlar. Biroq keyingi davrlar adabiyotida tarje’band kabi tarkibband janrida ham nisbatan kam asarlar yaratildi. Bu janm ing murakkabligi va hajmining katta boMishi uni chegaralab qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
Keyingi davrlarda Navoiy an’analarini davom ettirgan Pahlavonquli Ravnaq, Kiromiy, Munis, Ogahiy, Uvaysiy kabi shoirlar lirikaning o‘zga janrlari qatori tarje’bandlar ham yozdilar. Tarje’band janridagi she’r hozirgi zamon o‘zbek poeziyasida Habibiy “Devon”ida uchratildi.
Shuningdek, shaklan masnaviyga o‘xshash, ammo barmoq vaznidagi she’rlar yozilmoqda (masalan, Hamid Olimjonning “0 ‘zbekiston” she’ri).
G ‘afur G ‘ulomning “Uchuvchi qo‘shig‘i,” Zulfiyaning “Salom sizga, sulhparvar ellar” masnaviylari tinchlik va gumanizm bahsidir. Mirtemir masnaviy janri taraqqiyotida sezilarli iz qoldirgan, uning o‘nlab ibratomuz masnaviylari bor. Habibiy, Charxiyning aruzda yozgan masnaviylarida davr qahramoni tasvirlandi. (Habibiyning “Xazina”, “Iqlim bahori”; Charhiyning “El baxti” masnaviylari). Masnaviyda realizm va poetika birlashib, davr ruhi ifodasiga munosib xizmat qildi (hozirgi poeziyadagi masnaviychilik to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda, bu janr o‘z qurilishining soddaligi bilan bolalar adabiyotiga qo‘l keldi, ayniqsa, buyuk shoir Quddus Muhammadiy masnaviylari buni ko‘rsatib turibdi).
Xurshid Davron masnaviy janrining barmoq vaznidagi ko‘rinishi rivojiga yahshi ulush qo‘yishdi, u bunday she’rlarda (“Otam xotirasiga”, “Epitafiya”, “Unutayin degandim seni” va boshqalarda)
hayot qadri, ezgulik himoyasi, o‘tganlaming aziz yodi haqida tahsinbop so‘z yuritdi.
Dostları ilə paylaş: |