(A. О‘tar)
Demak, tarje’band (ar. banddagi takror) “asosan bir baytning har band ox?irida aynan takrorlanib kelishi bilan xarakterlanuvchi she’r bo‘lganligi uehun shu takrorlanuvchi bayt “vosita bayt”, “bosh bayt”, “vosila bayt” deb yuritiladi va masnaviy shaklida (a-a,b-b,v-
qofiyalanadi; Chunki bandlardagi boshlang‘ich banning qofiyasi a-a dir, navbatdagi baytlarda esa g ‘azallardagi qofiyalanish usuliga o‘xshab faqat ikkinchi misralar qofiyalanadi va ular oxirgi bosh baytgacha shu- holda davom etadi. Har band oxirida, muayyan tarzda takrorlanib turuvchi baytda shoir aytmoqchi bo‘lgan g‘oyaviy muddao, asosiy fikr ta’kidlanadi va o‘quvchining diqqati doim shu baytdagi xulosaga qaratib boriladi”.
“Badoye’ ul-Vasat” dagi tarje’band (jami 7 band) 8 baytdan iborat bo‘lib, har band oxirgi:
Yodingni qilay harifi majlis, Fikringni etay ко ‘ngilga munis.
bayti takrorlanadi. Tarje’bandning oxirgi bandidagi tarji’bayt (vosita bayt) dan oldin shoirning taxallusi ham ba’zida ko‘rsatiladi, ba’zida ko‘rsatilmaydi. Aytilganlarni to‘liq anglash uchun, ushbu tatje’bandning birinchi va so’nggi bandlarni qayd etamiz. Uning birinchi bandi:
Ey kiprigi neshu ко 'zi xunxor, -a
Jonimni necha qilursen afgor. -a
La ’ling g ‘amidin ко ‘ngilda erdi, -b
Har qonki sirishkim etti izhor. -a
Hayhotki, hajring ilgidindur -d
Jonimda alam tanimda ozor -a
Yuzingni ко ‘rib meni ramida, -e
Ishq о ‘tig ‘a, bo ‘lg ‘ali giriftor. -d
Sen erdung majlisim harifi -j
Kim, yedi hasad spehri g ‘addor. -a
28
Yuz hasrat ila meni ayirdi - f
Vaslingdin, ayo, xujasta diydor. -a
Emdiki firoq aro tushubmen, -q
opguncha yana har if, yo yor. -a
Yodingni qilay harifi majlis - f
Fikringni etay ко ‘ngulga munis, - f
Uning so ’nggi (yettinchi) bandi:
Ey hushvari husn uzra hohim,
Xo ‘blar bori hazratigda xodim.
Buzding bu ко ‘ngilni lajaram m u lk - Vayron bo ‘lur, о ’Isa shoh zolim.
Har nechaki beinoyat о ‘lub,
Qilding meni begunoh mujrim.
Ummid budurki, yana tengri
Qilsa meni maqdamingg ‘a azim.
Iqbol kebi turub qoshingda,
Bo ‘Isam yana xidmatingg ‘a jozim.
Vaslingda g ‘azal tafakkur aylab,
Unilg'amen ushbu baytnikim.
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ко ‘ngulga munis.
Alisher Navoiyning “Navodirush - shabob” devonidagi tarje’bandda 8 band va har bir bandda 11 bayt bor. Demak, bu tarje’band 176 misrani o‘z ichiga oladi. Mana shu tarje’bandning birinchi bandidagi birinchi, ikkinchi va so‘nggi bayti:
29
Jahon qasrig ‘adur suv uzra bunyod
C huyo ‘q. bimyodi andin bo ‘Imog ‘il shod
Ne shod о 'Ig ‘av kishi bir qasridinkim, Oniy tengri yaratmush mehnat obod.
Baqosizdur jahon ra ’nosi Valloh, Jahon r a ’nosi у о 'q kim mosivalloh.
Demak, birinchi bandning birinchi bayti masnaviy usulida (bunyod - shod) qofiyalangan. Ikkinchi baytning birinchi misrasi qofiyasiz, ikkinchi misrasi (obod) birinchi bayt misralari bilan qoyofadosh (bunyod shod, obod).
Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi va o'ninchi baytning toq misralari qofiyasiz va juft misralari (bedod, sayyod, jallod, odamizod, po‘lad, bunyod, barbod, qasamyod) birinchi bayt misralari bilan qofiyadosh bo‘lib keladi (bunyod, shod obod, bedod, sayyod, jallod, odamizod, po‘lad, bunyod, barbod, qasamyod). So’nggi o‘n birinchi bayt misralari esa avvalgi baytlar misralaridagi ohangdosh so‘zlardan butunlay farq qiladigan (mustaqil ravishda) masnaviy usulida qofiyalangan (Valloh-mosivalloh). Demak, birinchi band qofiyasining sxemasi: a+a, b+a, v+a, g+a, d+a, e+a... Ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshichi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi band qofiyalari ham shu sxema asosida tuzilgan.
Ammo she’r bandlarining har birida boshqa-boshqa ohangdoshlik topilgan.
Bundan tashqari bandlaming har birida oxirgi bayt sifatida birinchi bandning so’nggi bayti:
Baqosizdur jahon ra ’nosi Valloh, Jahon ra ’nosi yo ‘q kim mosivalloh.
aynan takrorlanib kelaveradi. Bu bayt, birinchidan, she’r g‘oyasini ta’kidlasa, bo‘rttirsa, ikkinchidan, tarje’banddagi sakkiz bandni bir-biriga bog‘lovchi kompozitsion vosita rolini bajaradi. Shu y o i bilan ham nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan sakkiz band birikib, yaxlit she’r - tarje’band paydo boigan .
XX asr o‘zbek shoirlari ham tarje’band janridan foydalanishgan.
Chunonchi, shoir Habibiy devonida:
Dilbarim bir dilbarkim dilrabolar dilbari,
Dilrabolar dilbari dildori, ya ’ni sarvari,
bayti bilan boshlanuvchi tarje’band bor. Bu tarje’band besh banddan tuzilgan, har bir bandda yetti bayt berilgan.
Tarkibband (ar.”bandni biriktirish”) - hajman g‘azalga teng bo‘lgan va g‘azal singari (a-a, b-a, d-a...) qofiyalanuvchi bandlardan tuzilgan she’r bo‘lib, bunda har qaysi band oxiridagi ikki misra mustaqil ohangdoshlikka ega bo‘ladi.
Misol:
Dahr bog ‘iki jafo shoiridir har chamani, -a
Juz jafo ahliga sanchilmadi oning tikani -a
Kimdakim dog 4 vafo ко ‘rsa, shahid aylamasa, -b
Lolasining ne uchun qongu bo yahnish‘ kafani -a
Poymol etmasa andinki kelur mehr isi, -d
Oyog ‘ ostinda nedin qoldi giyohi damani. -a
Sajhai xotiri рок о ‘Imasa barbod andin, -e
Bas, ne sovrulmoq erurkim, kurar oning samani. -a
Rostlar bo ’Isa uning orasida barxurdor, -b
Javrdin, bas, nega bebarlik erur sarvi fani. -a
Gar yaqin ahlini Mansur kabi qatl etmas, -h
Bas, nedindur shajaru sunbuli - doru rusani? -a
Var komil axli j aloyi vatan ermas andin - f
Nega firoqdur ul akmali davron vatani? -a
Bahri urfon duri sayyid Hasan ulkim aflok -i
Yetti durji aro bir ко ‘madi andoq duri pok. -i
o‘zaro qofiyalanadi
Dostları ilə paylaş: |