4- MAVZU: MASNAVIY, TARJE’BAND, TARKIBBAND
Mashg‘ulotning maqsadi:
talabalarga mumtoz she’riyat janrlari va hajman katta bo‘lgan janrlari haqida nazariy ma’lumot berish;
lirik tur va uning asosiy xususiyatlari, janrlari haqida batafsil ma’lumot berish;
ifodali o‘qish malakasini shakllantirish, janrlar tipologiyasi, ulaming o‘ziga xos xususiyatlari, o‘xshash va farqli jihatlarini talabalarga o‘rgatish.
Kutiladigan natijalar:
talabalar mumtoz she’riyat janrlari kursining asosiy maqsadi
va vazifalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
lirik tur, uning asosiy xususiyatlari va uning janrlari haqida nazariy ma’lumotga ega boiadilar;
lirik turga mansub masnaviy, tarje’band va tarkibband shakllari, ulaming o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot oladilar.
Ko‘rgazmali qurollar:
Adabiyotshunoslik lug‘ati, ilmiy-nazariy adabiyotlar, shoirlaming to‘plamlari, darsliklar (bunda maktab hamda akademik litsey darsliklaridan ham foydalanish kutilgan natijalarni beradi), shoirlaming she’riy to‘plamlari.
Darsning rejasi:
2.Uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Tarje’band, unga xos qofiyalanish.
4.Tarkibband, unung o‘ziga xos xususiyatlari.
5.Tarje’band, tarkibband, masnaviy shoiriar ijodida.
6.Xulosa.
Tayanch so‘z va iboralar:
Masnaviy, tarje’band, “Vase keng” maydon, Vosita bayt, Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy, Hamid Olimjon, Xurshid Davron.
Masnaviy o‘zaro qofiyalanuvchi, ikki misradan iborat she’r shaklidir. “Masnaviy” so‘zi arabcha bo‘lib, “ikkilik”, “juft” degan
m&’nol&Fni bildiradi. Masnaviy usuli voqea va hodisalami epik ko‘lamda aks ettirishga imkon bergani uchun ham doston ko‘pincha shu yo‘l- bilan yoziladi. Bundan tashqari, qasida, she’riy noma va boshqa turdagi asarlar ham masnaviy shaklida yaratilishi mumkin. Masnaviy mumtoz adabiyotimizda eng ko‘p qo‘llangan. “Xamsa” (Alisher Navoiy), “Shayboniynoma” (Muhammad Solih), “Tanobchilar” (Muqimiy), “Ilm xosiyati” (Furqat) kabi asarlar masnaviy janrida yozilgan.
Masnaviyni “doston” ham deyishadi. Alisher Navoiy masnaviy janrini “vase” (keng maydon) deb ta’riflagan. Masnaviyning qofiyalanish tartibi quyidagicha: a-a, b-b, d-d...
0 ‘zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo‘li bilan yaratilib, bizgacha to'la holda saqlangan asar Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilig” dostonidir.
|
|
Misol: Nedur ahvoling, ey zo 'ri g ‘aribim,
|
-a
|
Visolim davlatidan benasibim
|
-a
|
Chekardim g ‘am tog ‘in holing nechukdir?...
|
-b
|
Buyukdin jism i chun noting nechukdir?...
|
-b
|
(Alisher Navoiy, Shirinning Farhodga maktubidan) Masnaviy tarzida yoziladigan asarlarda har qaysi bayt mustaqil
qofiyalanadi. Bu xil qofiyalash usuli qulay bo‘lganligi uchun katta hajmdagi she’riy asarlari: hikoya - manzumalar, hajviy hikoyalar, soqiynomalar, dostonlar shu tarzda qofiyalangan. Jumladan, Xorazmiy “Muhabbatnoma”si, Xo‘jandiy “Latofatnoma”sidagi maktublar, Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni, “Yusuf va Zulayho”, “Gul va Navro‘z” asari, Navoiy, Muhammad Solih, Nishotiy dostonlari, Muqimiyning hajviy hikoyalari, Furqatning m a’rifat mavzusidagi manzumalari shu tarzda qofiyalangan. Jumladan, Ogahiyning dahr bog‘i ta’rifidagi masnaviysi shunday boshlanadi:
Dahrki bir bog 7 musajfodurur,
Boshdin ayoq zeb ilu orodurur.
Lutfu nazohat aro har gulshani,
Aysh ila ishrat elining maskani.
‘ylakiJirdavs fa zo si oning, Ruhafzo obu havosi oning.
Nahrlari о ‘ylaki bahrum najot,
Balki azubat aro aynul hayot.
Suvlari har sori namudor о ‘lub,
Oynai tahtihol anhor о ‘lub.
Havfzalari ichra musaffo zulol,
Xosuyatu ta ’m aro havsar misol.
Ochilibon yuz rang ila gullari,
Sochilibon gul uza sunbullari...
Masnaviyning xususiyatlari to‘g‘risida “Al-mo‘jam fi-maori ash’or ul-Ajam” asarida Qays ar-Roziy shunday deb yozadi:
“...Ajam shoirlari har bir baytdagi misralarining o'zaro qofiyadosh bo‘lishi nuqtai nazaridan uni masnaviy deb yuritilgan”.
Noma va masal janrining ham ko‘pchiligi masnaviyda yaratilgan. Taije’band (ar. “banddagi takror “) - qofiya tuzilishi tarkibbandnikiga o‘xshash she’r shakli. Farq shundaki, tarkibbandda bandlar oxiridagi bir bayt mustaqil qofiyalansa, tarje’banddagi hamma bandlar oxirida bir xil bayt takrorlanib keladi. Tarje’bandlar 16-24 misrali 5-10 banddan tashkil topadi.
-
Misol:
|
-a
|
Vaqiful ey oshiqi bexonumon,
|
Behuda ко ‘p chekmagil ohu fig ‘on.
|
-a
|
Yor visolini tilab barho,
|
-b
|
Qilma firoqida о ‘zing notavon,
|
-a
|
Lablari bo ‘sani qilib orzu,
|
-d
|
G ‘ussa chekib aylama bag ‘ringni qon.
|
-a
|
Har nechkim garchi vafo aylasang,
|
-e
|
Lek j afolar senga aylar ayon,
|
-a
|
Botinida dushmani joning sening,
|
- f
|
Barchasi zohirda bo ‘lib mehribon.
|
-a
|
Chashmai xunxor ekanin bilmading,
|
-h
|
Fahm qilib la ’lini mo jiz bayon.
|
-a
|
О ‘zni g ‘ami ishqiga aylar asir,
|
-i
|
Shomu sahar bo ‘lmag‘il ozurdajon.
|
-a
|
Shoxi jahonim, bor erur bevafb,
|
-j
|
Zolimi bedodg ‘aru purjafo.
|
-j takrorlanadi
|
Dostları ilə paylaş: |