Namangan davlat universiteti obidjon karimov



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə19/48
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#201488
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O (1)

5-MAVZU: QASIDA JANRI

Rejat

1.Qasida haqida ma'lumot.

2. Qasidaning shakliy xususiyatlari: qofiya, hajm.


3.Qasidakompozitsiyasi: nasib, gurizgoh, madh va qasd.


4.Mutlaq va mujarrad qasidalar.


5.Sharq adabiyotida qasidachilik an’analari.


6 .0 ‘zbek qasidachiligining yuzaga kelishi va rivoji.


7.Xulosa.


Qasida - lirik tur janrlaridan biri. Qasida muhim tarixiy voqealar va inashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yozilgan asardir. Shu bHan birga, klassik adabiyotda tabiat lavhasi, cholg‘u asboblari va boshqalarga bag'ishlab ham qasidalar yozilgan. Chunonchi, Rudakiy (X asr) qasidalari shunday qasidalardir.


Qasida o‘zbek, tojik, eron, ozarbayjon va boshqa xalqlar adabiyotida keng tarqalgan janrdir.


0 ‘zbek klassik adabiyotida Sakkokiy (XV asr) qasida ustasidir. Qasidaning baytlari miqdori cheklanmaydi. Qasida arabcha


«qasd» so‘zidan olingan bo‘lib «maqsad», «niyat», «biror ishga maqsad qilish» degan ma'nolami bildiradi.

Qasidaning umumiy hajmi 15-20 baytdan kam bo‘lmaydi. Mumtoz adabiyotimizdagi qasidalaming asosiy qismi aruz vaznida bitilgan.


Qofiyalanishi: a-a, b-a d-a yoki a-a, b-b d-d e-e.





Masalan:







Ayo, xusravi ma'dalatdastgoh,

-

a

Najobat sipehrida rahshanda moh.

a

Shahanshohlik о ‘ Isun muborak sango

-

b

Madadkor tangri taborak scmgo

-

b

Bo ‘llub lutfi haq doyimo nosiring

-

d

M alul о ‘llmasun biz nafas xotiring.

d

Zamiringni sabr aylabon shod tut,

-

e

Bori kulfati g ‘amdin ozob tut.

-

e

34


0 ‘rta asrlar Sharq adabiyotida qasida keng tarqalgan edi. Podsholar va ular madhiga bag‘ishlangan haqiqatdan yiroq bo‘lgan, maddohlik xarakteridagi qasidalar ko‘proq saroy shoirlari ijodida uchraydi. Progressiv sharq shoirlari ijodida qasida o‘zgacha xarakterda taraqqiy etgan. U ko‘proq shoirlaming ijtimoiy-falsafiy qarashlarini bay on etuvchi janr sifatida yashadi. Bunday qarashlar o‘z xarakteriga ko‘ra ikki katta qismga ajraladi: a) maqtovlardan holi falsafiy mazmundagi qasidalar; b) qasida masnu - san'atli, ya'ni bezakli qasida. Falsafiy qasidalar arab adabiyotida paydo boiib, keyinchalik boshqa xalqlar adabiyotida ham yuzaga keldi. Masalan, Nosir Xisrav, Xoqoniy, Usmoniy Muxtoriy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliylar falsafiy qasidalaming ajoyib namunalarini yaratganlar. Qasida masnu esa Salmon Sovajiy, Sakkokiylar ijodida uchraydi. Mavjud qasidalami mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: a) qasidai bahoriyo - qasidaning nasib qismi yoki butunlay o‘zi bahor tasviri, bahor madhiga bag‘ishlangan qasidalar; b) qasida xazoniya - nasib qismi yoki to‘liq o‘zi kuz fasliga bag‘ishlangan qasidalar; v) qasidai hajviya - biror shaxs yoki voqea hajviga bag‘ishlangan qasida; g) qasidai holiya - shoiming o‘z hayoti va kayfiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, u ko‘pincha yashagan muhitdan shikoyat qilgan; d) qasidai ishqiya - ishqiy mavzudagi qasida, e) qasidai hamriya - may haqidagi qasida. Qasidalar hajm jihatdan katta bo‘Iib, qofiyalanish tartibiga ko‘ra g‘azalga o‘xshaydi. Odatda, qasida nasib, qurizgoh, madh (asosiy qism), qasd kabi qismlardan iborat bo‘ladi. Qasida kirish (nasib) sez boshlangan bo‘lsa, qasidai mahdud yoki qasidai muqtazam deb yuritiladi. Odatda qasida kirish (nasib yoki tashbib) bilan boshlanadi, keyin tasvir ob'ektiga o‘tiladi, oxirida duo hamda matlabining bayoni beriladi.
0 ‘tmishda podsholar va hukmdorlar, ulug‘ tarixiy voqealar, tabiat manzaralari, may, ishqiy-muhabbat, shoiming o‘zi yashagan muhitdan shikoyat yoki o‘z fazilatlari haqida qasidalar yaratilgan. Shuningdek, falsafiy qasidalar, hajviy qasidalar yozilgan. Progressiv shoirlar o ‘z qasidalarida adolatli shohlar va ulug‘ kishilaming fazilatlarini madh etishgan, o‘zlarining hayot haqidagi qarashlarini ifodalashga intilganlar. Ammo ayrim shoirlar hukmdorlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtab, ularga xushomadgo‘ylik qilishgan.

35


0 ‘zbek adabiyotida o‘z qasidalari bilan shuhrat qozongan shofcp Sakkokiy (XV asr) feodal hukmdorlardan Xalil Sulton nomiga bitt» va Mirzo Uhig‘bek nomiga to‘rtta qasida, nufuzli ruhoniylar, amaldor-lardan Xoja Muhammad Porsoga bir qasida, Arslon Xoj* Tarx0n g ato ‘rt qasida bag‘ishlagan.

Alisher Navoiymg Husayn Boyqaroga bag'ishlab yozgaa «Hiloliya» nomli qasidasi va shuningdek, «Tuhfatul afkor# («Fikrlar sovg‘asi») nomli falsafiy qasidasi mashhur.


Sakkokiy «Ulug‘bek madhi» qasidasida shunday baytiarni tuzadi:




Jahondin ketti tashvishu mabodiyi amon keldi,


Xaloyiq aysh eting bu kun„ sururi qovidan keldi.


Tan erdi bu ulus barcha aningtekjo n i boryo yo 'q,


Bihamdillah, о ‘g ‘on fa zli bila ul tanga jo n keldi.

Hozirgi o‘zbek shoirlari qasidani xalqimizni madh etuvchi, Vatanni ulugiovchi, ulug‘ ayyom kunlarini tarannum qiluvchi janrga aylantirdilar. Maqsud Shayhzodaning «Toshkentnoma», Sulton Akbariyning «Mening mahallam», Erkin Vohidovning «O'zbegim», Abdulla Oripovning «Men nechun sevaman 0 ‘zbekistonni» kabi asarlari yangi zamon qasidachiligining yaxshi namunalaridir. Yangi qasidalarda an'anaviy qasidalaming bir qator «temir qonunlari» buzilib zamonga moslashtirildi, tasvir imkoniyatlari kengaytirildi. Shoir Abdulla Oripovning «Momo oftob» she'r qasidasidan bir parcha:




Oftobim, shu munis zaminni zinhor


M ehru shafqatingdan etma mosuvo.


Do ‘stlar safida shod tarona aytib,


M en ham dildan senga qilurman xitob Senga topinurman, ey momo oftob.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.Qasida so‘ziniag ma'nosi?





  1. Qasidachilikda ijod qilgan adiblar?




  1. Qasida asosan kimlarga bag‘ishlangan?




  1. Navoiy ijodida qasida.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin