Dushmanlari mehmon erur,
Bog 7 uning tutzor ekan.
Vodil maqomi dilfuzo,
Ко ‘chalaridir dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga obishor ekan.
(«Sayohatnoma»).
Lirik noma aksariyat hollarda shoirlar tomonidan do‘stlariga, ustozlariga, ma'shuqa yoki oshiq nomiga yoziladi. Bunday nomalaming eng go‘zal namunasini Alisher Navoiy yaratgan. Bunday nomalarda shoiming shaxsi lirik qahramon shaxsi bilan uyg‘unlashib ketadi. Kechinmalar tasviri hayotiy va aniq holatda bo‘ladi.
Misol:
... Azaldin ishq ekan bo ‘Isa sirishtim,
Qazodin dardu mehnat samavishtim.
Bu ishda kimda tig ‘i ta'n uroyin,
О ‘zumni yoqsa kimniyozg ‘urayin?
... Yozarda nomani hushumdin ozdim, Junundin, hech bilmankim, ne yozdim. Chu men devona о ‘zdin erman ogoh, Ne sahv etim raqam, astag'firulloh.
(«Farhod va Shirin». Farhodning Shiringa maktubidan).
Soqiynoma sharq mumtoz adabiyotidagi she'riy shakllardan biridir. Soqiynoma ham she'riyatning tarje'band, tarkibband turlari kabi bir necha banddan iborat bo‘ladi. Har bir band masnaviy shaklida qofiyalanadi. «Soqiynoma» soqiyga murojaat bilan boshlanadi. Shuning uchun ham u «Soqiynoma» deb ataladi. Soqiynoma o‘zbek adabiyotiga fors-tojik adabiyoti orqali yetib kelgan.
Biz eng yaxshi soqiynoma namunasini Alisher Navoiyning «Favoyid ul kibar» devonida uchratishimiz mumkin.
Misol:
Soqiyo, tut qadahi shavqangez, - a
Suv kabi soft о ‘t yanglig ‘ tez. - a
Dostları ilə paylaş: |