Misol:
Soching bir torina ming hur yetmas, - a
Yuzungning nurina ming nur yetmas. -a
Agar bersa suyurg ‘ab haq taolo, - b
Kerakmas sensizin Jirdavsi a'lo. - b
Noma mustaqil asar bo'lishi bilan birga biror asar to'qim asidan o'rin olishi, uning tarkibiga kirishi ham mumkin.
Mustaqil nomalar bu janrda yo yetakchi bo'ladi, yoki asar boshdan - oyoq shu janrdangina iborat bo'ladi. Masalan, Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si, Alisher Navoiyning Said Xasan Ardasherga she'riy maktubi - «Masnaviy»si, Muqimiyning «Sayohatnoma»si.
38
Misol:
Salomin gulga elt, ey tong nasimi,
Kim erur oy guli, axtar nadimi.
Salomekim ко ‘rtgul jonona aysa,
Yorur ко ‘zlar savodidin bitisa.
Salomimni tegur ul dilsitong ‘a,
Rahmsiz bevafo joni jahong ‘a.
Salomimni tegur ul xushliqog 'a,
Qamug ‘ boshdin - oyoq obi baqog ‘a.
(«Muhabbatnoma» 2-nomadan).
Biror asar to‘qimasidagi nomalar katta asarlarda uchraydi. Bunday nomalar o‘sha asarlar qahramonlari nomidan bir-birlariga yozilgan bo‘ladi. Ularda ham qahramonning ruhiy kechinmalari, orzu-intilishlari ifodalanadi.
Bunday nomalaming xususiyati shundan iboratki, ular qaysi asar to‘qimasida bo‘Jsa-da, o ‘sha asar vazni va qofiyalanishi usulida bitiladi. Bunday nomalaming eng go‘zal namunalarini Navoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlarida uchratamiz.
Misol:
«... Nedur ahvoling, ey zori g'aribim, Visolim davlatidan benasibim? Chekardin g ‘am tog ‘in holing nechukdir? Bu yukdin jism i chun noling nechukdir? Qatiq g ‘urbat aro holing ne erkin? Achiq fiirqatda ahvoling ne erkin? Firoq ichra nechukdir jism i zoring?
Dostları ilə paylaş: |