Turing chechak jarildi.
Barchin jazim kerildi.
Uchmoq jeru ко ‘ruldi
Tumlug ‘jana kelgusuz
Mazmuni: Bahomi ta'riflab aytadi: har turli chechaklar ochildi, xuddi (sernaqsh) ipak gilamlar yozilganday. Jannat yeri ko‘rildi. Sovuq hech qaytib kelmas darajada havo isidi.
Mazkur to‘rtlik «Devon» ning turli o‘rinlarida uchraydi. Agar ular bir joyga jamlansa, yoz bilan qishning munozarasi tiklanadi.
Mazkur munozara turli xrestomatiyalarda e'lon qilingan. Bu munozarada yoz bilan qishning o‘ziga xos xususiyatlari juda chiroyli, obrazli misralarda tasvir etilgan. Munozara janri «Devon» ning quyidagi o‘rinlarida ham keltirilgan.
Qish yay bila toqushdi,
Qing ‘ir kozin baqishdi.
Tutashqali yaqishdi
Utg 'alimat ograshur.
Mazmuni: qish bilan yoz urushdi, bir-birlariga yomon ko‘z bilan boqishdi, turli tutishishga yaqinlashdi. Ular bir-birini yengishga intilishar edi.
Munozara janriga xos parchalar Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u - bilig» asarida uchraydi:
Uqushlig ‘, vafolig ‘ kishi tuzini,
Yulug'lar kishiga qamug' o ‘zini.
Arig ‘siz, jafoliq qilinchi о ‘tin,
Qali aydi ersa qiyar so ‘zini.
Mazmuni:
Zehnli, vafoli, kishi afzuni,
Qiladi kishiga fido о ‘zini.
Ymiqsiz, jafoli, qilig ‘i tuban,
Tonar, hech tan olmas degan so ‘zini.
Bundan tashqari Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul - haqoyiq» dostonida ham bor:
Dostları ilə paylaş: |