Namangan davlat universiteti obidjon karimov


Tamburatek nokasu noodami



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə28/48
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#201488
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O (1)

Tamburatek nokasu noodami.


Boshdin-oyoq qomati talbis erur,


Balki о ‘zi modari iblis erur.

Aytilganlardan ma'lum bo‘ladiki, Ahmadiy munozarasida hayotda uchraydigan turli guruh odamlar, ulaming xarakter-xususiyatlari majoziy formada tasvir etilgan, odamlar orasida uchraydigan kekkayish, manmanlik, xudbinlik singari fe'I-atvorlar qoralangan.


Yusuf Amiriyning «Bang va chog‘ir orasinda munozarasida» asari she'riy va nasriy yo‘lda yozilgan.


Mazkur munozaraning boshlanishida hamd, na’t, kitobning yozilish sabablari beriladi, so‘ng voqea bayon qilinadi: «Bir kun asxob furqatidin va asbob hasratidin mutafakkir va mutahayyir oMturur» erdim, ichim bo‘sho‘, nogoh boshimda bog‘ havosi tushti sayr eta chiqdim. Bog‘ ichra gasht yutub yurur edim sabo bikin



46


dedimki, uchragay manga bir sarv qomat. Nogoh bir necha muvofiqi hamsuhbatni ko‘rdumki, bir go‘shada o‘lturib erdilarkim, alaming orasida muxolif rost emas edi. Ular sharga oyoq (qadah) tutadilar, biroq u rad etadi,


Endi unga ma'jun (bang) bermoqchi bo‘ladilar. har biri o ‘zini maqtaydi, o‘z sifatlarini ulug‘lovchi dalillar keltiradi.


Yusuf Amiriy chog‘imi yosh kuchga to‘lgan yigit singari, bangni esa tarkidunyo qilgan darvish so‘fi qiyofasida tasvirlaydi. Yusuf Amiriy munozarasi chinakam dunyoviy g‘oyaIami tarannum etuvchi, dunyoni sevuvchi, sevgini tarannam qiluvchi asardir. Unda shoirning tarkidunyochilikka boigan salbiy munosabati yaqqol ko‘rinib turadi.

Amiriy munozarasi, filologiya fanlari doktori Rustamovning ko‘rsatishicha, ozariy shoir Fuzuliyning “Bangi boda” munozarasiga katta ta’sir etgan.


Yaqiniyning o‘q-yoy orasinda munoza asari ko‘proq prozaik yo‘lda yozilgan. Bunda chol qiyofasidadagi yoy bilan yigit qiyofasidagi o‘q o‘rtasidagi munozara tasvir etilgan.


Munozara katta hajmli boshqa shakldagi, ya’ni janrdagi asarlar tarkibiga ham kirgan. Masalan Nishotiyning “Husn va Dil” dostonida sozlar va gullar munozarasi bor.

Munozara janri elementlarini “Xisrav va Shirin” (Qutb) «Yusuf va Zulayho» (Durbek) “Lisonut-tayr” (Navoiy) kabi asarlarda ko‘ramiz.


Munozaralar yaratish an’anasi keyingi davr o‘zbek adabiyotida davom etdi. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida ham munozara elementlari mavjud. Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Mevalar


munozarasi” klassik she’riyatimizda eng so’nggi munozaralardandir.


Bundan tashqari Sulton Jo‘raning «Tinish belgilar majlisi» asari yana bir munozaraga misoldir.


Qit’a - arabcha so‘z bo‘lib, bo‘lak, qism, parcha ma'nolarini anglatadi. X.K.Baranov qit'ani:

  1. parcha (adabiy asar)




  1. kichik she'r




  1. musiqa deb izohlaydi.

U adabiy terminologiyada klassik she'riyatning lirik janrlaridan biridir.


Qit'a arab, fors-tojik, turkiy, jumladan o‘zbek klassik she'riyatida, keng tarqalgan janrlardan biridir.


Bu janr rus va G ‘arbiy Yevropa she’riyatida “fragment” deb nomlangan she’rlarga o‘xshaydi.


Odatda, qit'a ikki va undan ortiq baytdan iborat bo‘ladi.


(a-b, g-b, v-v) ba'zan esa a-a, b-b, v-v sxemasida qofiyalanadi.


Masalan:




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin