Ul meningjoni jahonimga salom,
Jondin ortiq mehribonimga salom,
Bir zamon holi emasman yodidin,
Munisi joni ravonimga salom,
Alisher Navoiydan qit’a janri Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga ham ko‘chdi. Z.M.Bobuming 20 yaqin qit’asi bor:
Ey alarkim.bu hind kishvardin
Bordingiz anglab о ‘zga ranju alam,
Kobuluyo 7 havosin sog'inib,
Hinddin G ‘arm bordingiz ul dam,
Ко ‘rdingiz, topdingiz ekin anda,
Ishratu aysh bila nozu naam.
Biz dag ‘и о ‘Imaduk bihamdulloh
Garchi ко ‘p ranj edi-yu behad g ‘am.
Hazzi nafsi mashaqqati badani
Sizdin о ‘tti-yu о ‘tti bizdin ham.
Mazkur qit'a 1525-yilda Bobuming yaqin navkarlaridan Xo‘ja Kalon va Xo‘ja Mirmironlaming Hindiston issig‘iga chiday olmay, Qobul tomon ketib qolganliklari munosabati yozilgan “Bobumomada” Ho‘ja Kalonning “Agarda sog‘-salomat Sinddin
o‘tib ketsam, Hindistonni yana havas qilsam. yuzim qora bo‘lsin” degan forscha she’riga javob tarzida yozilgan.
Qit'a turli mavzuda yaratilgan. Shoirlar ko‘pincha falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarini, axloq-odob haqidagi fikr-mulohazalarini qit'ada ifodalaganlar.
Shuningdek, shoirlar prozaik asarlarda - badiiy nasr, tarix, xotira va boshqa asarlarida ma'lum bir masala haqidagi fikr-mulohazalarini yakunlab, ko‘pincha qit'a keltirganlar. Qit'a «qissadan hissa» vazifasini o‘tagan (masalan Sa'diyning «Guliston»i, Jomiyning «Bahoriston»i, Navoiyning «Mahbub-ul - qulub»i) va boshqalar.
Navoiy qit'aning tematik-g‘oyaviy va estetik-badiiy qimmatini ta'riflab quyidagicha qit'a yaratgan:
Mundaq muqattaotki, men yig‘misham erur,
Har biri hadiqai xirad aylar uchun farog‘.
Majmuin uyla kishvare sathini,
Hikmat suyidin aylamisham qit'a-qit'a bog‘.
Qit'alarda taxallus qoMlanishi shart bo‘lmagan. Biroq ayrim qit'alarda, xususan 7 baytdan ortiq bo‘lgan qit'alarda shoir taxallusi ham kelishi mumkin. Masalan: Navoiyning: Vajhi halos uchun kishi kim desa fikr etay. Qismat rizosiddin anga begonaliq kerak deb boshlanuvchi 9 baytli qit’asi quyidagi taxallusi bayt bilan tamom boiadi.
“Desang halos o‘lay borisidin Navoiydek behudlug‘u may ichmaku davonilig‘ kerak” toMaligicha keltirilgan quyidagi qit’ada taxallus birinchi baytdadir:
Dostları ilə paylaş: |