Yo rab, ul shahdu shakaryo labdurur?
Yo magar shahdu shakar yolabdurur?
Jonima payvasta novak otqali
G ‘amza о ‘qin qoshig ‘a yolab durur?
Navoyning bu so‘zlaridan tuyuqning asosiy xususiyatini bilib olamiz. Birinchisi shuki, tuyuqlar turkiy qavmlar qo‘shiq qilib bazmlarda, to‘ylarda, yig‘inlarda aytadigan vaznlardan birida yaratilarkan. Ikkinchisi, tuyuqning ikki bayt, ya'ni to‘rt misradan tashkil topadigan she'r turi ekanligini bildiradi. Uchinchisi, shoir mahorati yetganicha tajnis usulidan foydalanib tuyuq aytishga intiladi. Lekin tuyuq tajnissiz ham yaratiladi. To‘rtinchisi, tuyuq, albatta, ramali musaddasi maqsurdur.
Alisher Navoiyning yuqoridagi tuyug‘i seviklisini vasf etishga bag‘ishlangan. Tuyuq «yolabmudur» tajnisi asosiga qurilgan. «Tajnis - bir jins, ya'ni shakldagi so‘zning turlicha ma'nolar ifodalashi san'atidir». «Yolabmudur» tuyuqning uch misrasida takrorlanib uch xil ma'no ifodalashga xizmat qilgan. Dastlabki misrala shoir yoming yoqutday lablarini ta'riflaydi. «Yo rab» deya hayratlanadi: «U - labmikin, shakarmikin, asalmikin?! Yo magarkim, yorim, asal bilan shakar yalaganmikin -a?!». Uchinchi, to‘rtinchi misralarda shoir qosh tasviri va ta'rifiga o‘tadi. «Bu - yorimning qoshlarimikin yoki u mening jonimga uzluksiz o‘qlar otish maqsadida noz-karashma o‘qlarini qoshlariga tizib yoylabdimi?!». Demak, tuyuqda oshiqona bir mazmun mutoyiba tarzida, tajnis usuli asosida ifodalangan. Tajnisga nishon bo‘lgan so‘z birinchi misrada «labmikin», ikkinchi misrada «yolabdimikin», to‘rtinchi misrada «yo (y) labdimikin» ma'nolarida mahorat bilan qo‘llangan.
Xullas, Alisher Navoiy tuyuq janrining shakiiy xususiyatlarini sayqal toptirish bilan birga, badiiyligini ham maromiga yetkazgan.
Alisher Navoiydan keyin tuyuq to‘g‘risida Zahiriddin Muhammad Bobur aruz risolasida - «Muxtasar» asarida ma'lumot berib, uning poetik xususiyatlarini va turlarini ko‘rsatadi. U shunday yozadi:
«Tuyuq necha nav'dur. Biri ulkim, uch qofiyada tajnis rioyat qilurlar. Nechukkim:
..
Dostları ilə paylaş: |