8-MAVZU:
Moddiy - iqtisodiy qadriyatlar, inson hayoti va ul arni jamiyat
taraqqiyotiga ta’siri.
Reja:
1. Moddiy-iqtisodiy qadriyatlar tizimi.
2. Geografik muhit tushinchasi. Geografik muhit inson va jamiyat mavjudligining zaruriy
sharti sifatida.
3. Tabiiy resurslar va ulaming jamiyat taraqqiyotiga ta'siri. Ikkinchi tabiat (sun'iy tabiat) -
moddiy qadriyat sifatida.
4. Mustaqillik va moddiy-iqtisodiy qadriyatlar.
5. Mulk - iqtisodiy qadriyatlar negizi ekanligi. Davlat mulki va xususiy mulkning
uyg'unligi masalasi.
Ma'lumki, jahon xo'jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish muxim
omil bo Tib hisoblanadi. SHunday ekan, hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga to'liq javob bera
oladigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlami yo'lga qo'yish katta ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda mustaqillik e'lon qilingandan kyoyin ilgor davlatlarning tajribasini,
shuningdek Respublikamizning o'ziga xos xususiyatlarini, halqimizning aql-zakovati, urf-odat,
an'analari, turmush tarzini hisobga olgan holda millatimizga xos iqtisodiy islohotlar yo'li belgilab
olindi.
«Biz tanlab olgan yo'l, — deydi I. Karimov,—ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirishga qaratilgandir.
Aynan shunday yo'l o'zbekistonliklaming munosib turmush kechirishi uchun kafolat bo'la
oladi, milliy an'analar va madaniyatining rivojlanishini, ma'naviy, axloqiy qadriyatlarining qayta
tiklanishini ta'minlaydi»
Ushbu yo'lni amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz I.Karimov asarlarida atroflicha ilmiy
62
ishlab chiqilgan beshta muhim va mashhur tamoyil asos qilib olindi. Davlat 1) iqtisodiyotni
mafkuradan batamom holi qilish; 2) murakkab qilish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi
zarur; 3) butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog'i zarur; 4) fuqarolarni
ximoyalashga qaratilgan kuchli chora- tadbirlarni amalga oshirish; 5) bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o'tish.
Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan izchil tub iqtisodiy o'zgarishlar biz tanlab olgan
yo'limizning tug'ri ekanligidan dalolat beradi. Respublikamiz bozor munosabatlarini qaror toptirgan
holda iqtisodiy islohotlar yo'lidan dadil qadam tashlamoqda.
Islohotlar natijasida iqtisodiyotimizda ko'zga ko'rinarli ijobiy o'zgarishlar sodir bo'moqda. Ayni
kunda dastlabki yillarda yuzaga kelgan ishlab chiqarish sur'atlari pasayishining oldini olish
bilan bir
qatorda, ayrim sohalarda o'sish, yuksalish boshlandi. 2005 yilga kelib, iqtisodiyotning barqaror
o'sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning
ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi. YA'ni, yalpi ichki mahsulot 7,7 %ga o'sdi. Jumladan:
sanoat ishlab chiqarish hajmi -9,4 %, ist'emol mollari ishlab chiqarish - 13, 4%ga, sanoat tovarlari
ishlab chiqarish- 18,6%ga o'sdi.
Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishda o'rta kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
muxim ahamiyat kasb etadi. 2005 yilda mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tarmoq
ko'lami hamda hajmi salmoqli darajada o'sdi. Kichik biznes korxonalari soni o'tgan yilda 14 %ga
ко'pay di.
O'zbekiston tabiiy resurslarga nihoyat darajada boy, nisbatan yuqori iqtisodiy va ishlab
chiqarish-texnika qudratiga ega. Mamlakatimiz korxonalarida, ilmiy hamda ilmiy-ishlab chiqarish,
loyiha konstruktorlik va boshqa tashkilotlarda asosan yuqori malakali, bilimdon mutaxassislar
mehnat qiladi.
Mana shunday qudratga ega bo'lgan mehnatkash xalqimiz o'tmishda ancha nochor kun kechirib
keldi. Buning sababi shundaki, Respublika iqtisodiyoti sobiq SSSR yagona iqtisodiy tarmog'ining
ajralmas qismi deb xisoblanib faqat xom-ashyo etkazib beradigan o'lkaga aylanib qolgan edi.
Xalqimiz ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan iste'mol mollari boshqa respublikalardan
keltirib berilardi. Natijada respublikamiz Markazga to'liq qaram bo'lib qolgan edi.
Hayot shuni ko'rsatdiki, faqat xom-ashyo etishtiruvchi va sotuvchining kosasi oqarmaydi, u
surunkali nochorlik ka giriftor bo'ladi. SHuni hisobga olgan holda, respublikamiz o'ziniig barcha
imkoniyatlari va rezervlarini to'g'ri hisobga olib chiqib, O'zbekistonning iqtisodiy va siyosiy
mustaqilligini ta'miniash imkonini beruvchi tuzilmani vujudga keltirishni, o'zimizning mustaqil
iqtisodiy sistemamizni yaratishni asosiy maqsad kilib quydi.
Endilikda tabiiy qadriyatlarimizdan ayovsiz foydalanishga, atrof-muxitga ziyon etkazilishiga
yo'l qo'ymaslik O'zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama— xom- asheviy yunalishiga qat'iy
bardam berish Respublika ichki siyosatining eng muqim strategiyasi hisoblanadn.
«Xalq xo'jaligining xom-ashyoviy yo'nalishini bartaraf etish, — deydi I. Karimov, —
Respublikamiz iqtisodiyotining barqaror va jo'shqin rivojlanishini ta'miniash imkonini beradi, ish
bilan ta'minlanmagan ishchi kuchlarini ishlab chiqarishga jalb etishga, kadrlarning kasb-korlik
savodini oshirishga, maqsulotlami keltirish va chetga chiqarishni mutanosiblashtirishga
ko'maklashadi, eng asosiysi— O'zbekistonning mustaqilligi, uning xalqi turmush darajasining o'sishi
uchun ishonchli kafolatlar yaratadi»
4.
Mazkur siyosatni amalga oshirish niyatida hozirgi kunda xukumatimiz Respublikaning
iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, import xajmlarini kamaytirish va eksportga mo'ljallangan
ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga qaratilgai siyosatni muntazam ravishda amalga oshirmoqda.
endilikda biz xorijdan keladigan sarmoyalarga qaram bulib o'tirmasdan o'z ichki imkoniyatlarimizni
ishga solib iqtisodiyotni rivojlantirishimiz darkor.
SHuningdek, hozir ustuvorlik tarmoqlarini, ya'ni neft’ va gaz sanoati, elektenergetika,
mashinasozlik va kimyo sanoatini tezkorlik bsh:an rivojlantirilib, tarmoqlar va mintaqalararo
nomutanosiblikni qisqartirishga e'tibor kuchaytirilmoqda.
Tabiiy, moddiy kadriyatlarimizdan unumli foydalanishda mulkiy munosabatlarni tubdan
o'zgartirish katta ahamiyat kasb etadi. SHuni e’tiborga olgan holda Respublikamizda mulkni davlat
tasarrufidan chiqarib, uni haqiqiy egalari qo'liga berishni tezlashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo'l
63
ochib berish va mulkdorda mulk egasi xissiyotini tarbiyalashga qaratilgan ishlar rivoj topmoqda.
Bunda o'rta- kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish qo'l kelayotir. «Xususiy tadbirkorlik va
tashabbusni qo'llab-quwatlash haqida»gi qonunning qabul qilinishi, «Biznes fond» amaliy aloqalar
markazi, «Madad» sug'urta jamiyatining to'zilishi kichik tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga
xizmat qilmoqda.
Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishda tayyor maxsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, uning
sifati va raqobatbardoshligini jahon bozori talablari darajasiga etkazish katta ahamiyat kasb etadi.
Bunda iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tarkibiy strukturaviy o'zgarishlar qo'l kelmoqda.
O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloqda tub islohotlar o'tkazish, qishloq xo'jaligini
taraqiy qildirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish muhim omil bo'lib
hisoblanadi. Bu soxada ham keyingi vaqtda ancha ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Birinchidan,
xukumatimiz qishloq xo'jaligida band bo'lgan ortiqcha ishchi kuchlarini boshqa sohalarga jalb
etishga harakat kilayotgan bo'Isa, ikkinchidan, qishloq joylariga sanoatni olib borish va keng joriy
etish, kichik va o'rtacha korxonalami kurish, yangi ish joylarini yaratish ishlari avj olib bormokda.
Hozirgi kunda qishloq xo'jaligida xizmat ko'rsatish tarmog'ini keng rivojlantirish, kichik biznesga,
xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish — iqtisodiy islohotlami muvaffaqiyatli o'tkazishning
asosiy garovi bo'lib turibdi.
SHuningdek, «bugungi kunda makroiqtisodietni barqarorlashtirish bilan bir qatorda milliy
valyutani mustahkamlash, uning joriy va to'liq almashadigan bo'lishiga erishish... bizning asosiy
vazifamizdir» Bu borada, birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltirilayottan
mollar bilan raqobat qila oladigan o'z maxsulotlarimizni ishlab chiqarishimiz kerak bo'Isa,
ikkinchidan, eksport qilinadigan mollarni ko'paytirib, valyuta zahiralarini to'ldirishga, uchinchidan,
yonilg'i energiya manbalarini, ko'pgina uskuna va oziq-ovqat maxsulotlarini chetdan sotib olishni
kamaytirish, ularni o'zimizda ishlab chiqarishni ta'minlashga asosiy e'tibor qaratilmog'i lozim.
YUqorida aytilgan va boshg'a qilayotgan ishlar iqtisodiyotimizni tarkibiy jihatdan yangilab,
uning samaradorligini oshirib, xalqimiz turmush tarzini yanada yuksaltirishga keng imkoniyat ochib
beradi. Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Tuzilmalarni qaytadan yangilamasdan turib, o'z
iqtisodiyotimiz va ishlab chiqarish kuchlarimizga suyanmasdan turib, biz iqtisodiy mustaqillikka
erisha olmaymiz, mehnatning xalqaro taqsimotidagi o'z munosib o'rnimizga, binobarin, xalqimizning
munosib turmushi uchun zarur shart-sharoitga ega bo'la olmaymiz»
SHunga ham alohida e'tibor berish kerakki, yangi iqtisodiy to'zilmalarni joriy etishda tijorat
banklari tizimi, sug'o'rta kompaniyalari, auditorlik xizmatlari, zamonaviy kommunikatsiyalarning
zarur tizimlarini jadallik bilan shakllantirish muxim o'rin tutadi. Mazkur masalalarni xal qilishda ham
davlatimizning o'zi bosh- qosh bulmoqda.
Mintaqaviy va jahon iqtisodiyotiga qushilishda davlatlararo munosabatlami, jumladan,
Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi bilan iqtisodiy aloqalami mustahkamlash, tabiiy,
moddiy qadriyatlarimizni birga baham ko'rish katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo' stligini tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita va ko'p
tomonlama munosabatlami rivojlantirish — O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor
yunalishlaridan biridir. (U zbekistan Hamdo'stlik g'oyasini qo'llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari
tarkibiga kirdi, barcha qatnashchilarning teng huquqliligi asosida uni mustahkamlash va
rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.
SHuni aloxdda qayd etish joizki, (U zbekistan MDHdagi sheriklari bilan o'z munosabatlarini
ko'p tomonlama davlatlararo va xukumatlararo shartnomalar hamda bitimlar doirasida ham,
shuningdek to'g'ridan-to'g'ri ikki tomonlama muloqotlar, o'zaro manfaatli savdo iqtisodiy, ilmiy
texnikaviy va madaniy aloqalami o'matish tarafdoridir.
Ana shunga kat'iy amal kilib, Respublikamiz o'zimizga qo'shni Markaziy Osiyo davlatlari bilan
iqtisodiy aloqalami yanada rivojlantirish sohasida ko'p ishlarni amalga oshirmoqda.
Ma'lumki, Markaziy Osiyo Respublikalarining tarixi, madaniyati, turmush tarzi va boshqa
jihatlari bir-biriga nihoyatda o'xshash. Ulaming hozirgi kundagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik
muammolari ko'p jihatdan bir xildir. Mazkur Respublikalarning iktisodiyoti bir-biri bilan tutashib
ketgan va ular bir-biriga o'zining ta'sirini o'tkazib turibdi.
Hozirgi kunda yuqorida ko'rsatilgan Markaziy Osiyo davlatlari urtasida yagona iqtisodiy
makon to'g'risidagi shartnoma ham o'z samarasini bera boshladi. Almati shahrida mazkur bitimda
64
qatnashuvchi mamlakatlarning vakillaridan iborat. Davlatlararo ijroiya qumitasi to'zildi. Toshkentda
mintaqa bank Markazi o'z ishini boshlab yubordi. Uch davlatning iqtisodiyotida uyrunlashtirishga
qaratilgan dasturlar ishlab chikildi. Ayni paytda, kommunikatsiyalarni qurish bo'yicha qo'shma
loyihalarni amalga oshirishga kirishildi. O'zbekiston — Qozog'iston — Kirg'iziston iqtisodiy
hamkorligi qo'shma loyihasi ochiq va muntazam ravishda aniq g'oyalar bilan to'lib bormoqda.
1995 yilning dekabrida Jambul uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda integratsiya jarayonlarining
borishini tartibga soladigan umumiy Markaziy Osiyo organlarini — jumladan, Bosh vazirlar
kengashi, kabi — barpo etish to'g'risida qat'iy kelishib olindi. SHuningdek Qozog'iston, Qirg'iziston
va O'zbekiston BMTning zahira kuchlari sifatida umumiy tinchlikni saqlovchi batal’onni to'zish
to'g'risidagi bitimga imzo chekdilar. Jambul uchrashuvi Markaziy Osiyodagi uch Respublikaning
davlatlararo munosabatlari hamjihatligini yanada kuchaytirdi.
Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, madaniy- ma'naviy aloqalar
qanchalik chuqur va tez mustaqkamlansa mazkur mamlakatlarda islohotlar shunchalik tez amalga
oshadi, halqlarimizning farovon yashashiga keng imkoniyatlar ochiladi. Markaziy Osiyo
Respublikalari yaxlit energetika, transport, irrigatsiya tarmokugari, suv va gaz ta'minoti tizimidan
birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega. SHuningdeq ular mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq
xo'jaligi maxsulotini qayta ishlash sohasida mintaqaviy kooperatsiyani yo'lga qo'yishdan, Orol
bo'yidagi ekologiya faloqati oqibatlarini bartaraf etish, Orol dengizini qutqarish kabi tadbirlarni
birgalikda amalga oshirishdan manfaatlidirlar.
Markaziy Osiyo Respublikalari behisob tabiiy boylikka ega. Biz bu boylikni birgalikda
o'zlashtirishimiz, iqtisodiy, ma'naviy va insoniy salohiyatlarimizni yanayam jipslashtirish yo'lidan
borishimiz maqsadga muvofikdir. «Eng awalo, iqtisodiy mustakilligimizni ta'minlaydigan
sanoatning butun negizini rivojlantirish, boy xom-ashyo, moddiy resurslarimiz asosida tayyor
maxsulot olishga qaratilgan yuksak texnologik loyihalarni, kishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish — mamlakatlarimiz oldida turgan muxim vazifadir»
7.
Markaziy O rta Osiyo mustaqil davlatlarining samarali hamkorligi chegaradosh mamlakatlar,
awalo musulmon SHarqi mamlakatlari — Turkiya, eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqalar
bilan o'zaro munosabatlarini chuqurlashtirishga qulay zamin yaratilmoqda.
Ashgabat uchrashuvida Markaziy Osiyo Respublikalari bilan eron, Pokiston, Turkiya davlatlari
Transosiyo temir yo'l magistralini birgalikda qurish to'g'risida axdlashib oldilar. Bu loyihani amalga
oshirish O'zbekistonning jahon okeaniga, xalqaro savdo markazlariga chiqish yo'lini ochadi, tashqi
iqtisodiy faoliyat yo'nalnshlarini tanlashda harakat erkinligini ancha oshiradi.
O'zbekiston Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi doirasida Rossiya, Ukraina, Belarus’, Moldova va
boshqa mamlakatlar bilan, jumladan Boltikbo'yi Respublikalari bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy,
savdo iqtisodiy, fan va texnika sohalariga oid shartnomalar va bitimlarni imzoladi va ularni izchil
ravishda bajarib kelmoqda.
MDX mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarning tarkibi va shakli tubdan o'zgarib
bormoqda. Mustaqil Davlatlar Hamdo' stligidagi ko'pgina mamlakatlar bilan savdo to'lov sohasida
O'zbekiston ijobiy sal’doga egadir.
O'zbekiston MDXdagi davlatlar, awalo Rossiya bilan o'zaro manfaatli siyosatni izchil amalga
oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik
to'g'risidagi shartnomaning tuzilganligi siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi munosabatlami
yanada rivojlantirishda kudratli omil bo'lib xizmat qiladi, har ikkala mustaqil davlat xalqlarining tub
manfaatlariga mos keladi.
Jahon xo'jaligiga ko'shilishda tabiiy moddiy qadriyatlarimizning vositachilik
roli Jahon hamjamiyatiga qo'shilishda milliy va umuminsoniy qadriyatlrimnzni bir- biriga
yaqinlashtirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish katta o'rin tutadi. Birinchi Prezidentimiz
ta'kidlaganidek, biz turli mamlakatlar iqtisodiyotini o'ziga xos taraqqiyotini katta diqqat e'tibor bilan
o'rganamiz, jahon amaliyoti va jahon taraqqiyotida to'plangan eng yaxshi tajribalarni o'zimizda
qo'Hanishni or bilmaymiz, aksincha, bunday yo'nalishni har jihatdan rag'batlantiramiz».
SHu ma'noda, o'zimiz tanlagan yo'lning eng awaldayoq AQSH, YAponiya, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Frantsiya kabi iqtisodiy jihtdan rivoj topgan mamlakatlar tajribasiga murojaat etganmiz,
boshqa davlatlar tajribasini ham o'zlashtirganimiz bejiz emas.
Ayni shu mamlakatlar tajribasidan foydalanib biz davlatchiligimiz qaddini tikiash va iqtisodiy
65
islohotlami amalga oshirish imkonini beradigan yo'lni topdik.
Biz bundan keyin ham xorijiy mamlakatlarda davlatchilik siyosat va iqtisodiyot sohalarida ro'y
berayotgan yangi ijobiy o'zgarishlarni qunt bilan o'rganamiz va bundan o'zimizga kerakli xulosalar
chiqaramiz.
Respublikamizda yangi muassasalami barpo etish borasida xorijiy sarmoyalami jalb etish
uchun zarur bo'lgan tashkilot va muassasalar tuzish bo'yicha bir qancha tadbirlar amalga oshirildi.
SHuningdek, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli soliq joriy etilgan.
O'zbekiston investitsiyalarni o'zaro ximoya qilish to'g'risida Germaniya, Turkiya, Misr,
Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Finlandiya, Korey a, AQSH, Frantsiya bilan bitimlar imzoladi,
boshqa bir qancha mamlakatlar bilan ham shunday bitimlar to' zishga hozirlik ко' rilmoqda.
O'zbekiston
xukumati
Kanada,
Xitoy
Xalq
Respublikasi,
Turkiya,
Gollandiya,
SHvetsariyaning banklari va firmalar bilan 1,5 milliard AQSH dollariga yaqin summada
hukumatlararo 40 tadan ortiq yirik kredit bitimlari tuzildi va hozir bu bitimlarga amal qilinmokda.
1994 yildan boshlab respublikaga 640 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kreditlari
berish to'g'risida xalqaro moliya muassasalari va xorijiy sarmoyadorlar bilan tuzilgan bitimlar amal
qila boshladi, shundan salkam 300 million dollar aniq ob'ektlami kreditlashga rasmiylashtirildi.
CHunonchi, Toshkentda Xalqaro savdo ko'rgazma kompleksi, Xorazm viloyatnda shakar zavodi
qurila boshladi. Amerikaning «N'yumont Mayning» kompaniyasi bilan birgalikda qurilayotgan oltin
qazib oladigan qo'shma korxona inshootlari faoliyat ko'rsatmoqda.
Xorijiy hamkorlik ishtiroki bilan Respublikamizda «O'zdeuavto» va «O'zdeuelektroniks»
(Koreya Respublikasi), «O'zitalmotor» (Italiya), «O'zBAT» (Buyuk Britaniya) xissadorlik
birlashmalari, Xorazm xissadorlik ishlab chiqarish birlashmasi (Germaniyaning «Mersedes Bens»
firmasi bilan birgalikda), to'qimachilik korxonalari va boshqa qo'shma ishlab chiqarish inshootlarini
barpo etishga oid loyihalar amalga oshirila boshladi. Germaniya va Koreya Respublikalarining
firmalari ishtirokida respublikaning telefon tarmog'ini zamonaviy usulda yangilashga kirishildi.
YUqorida aytilgan ishlarning hammasi mamlakatimizimizda ochiq iqtisodiyotni vujudga
keltirib, jahon iqtisodiy hamkorligiga qo'shilishda katta ahamiyat kasb etishi shak-shubhasizdir.
Biz belgilab olgan va o'tkazayotgan islohotlar yo'li etakchi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy
tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi iqtisodiy rivojlangan eng yirik mamlakatlar tomonidan
keng qo'llab quwatlanmoqda. Bu tanlagan yo'limiz to'g'riligiga bozor munosabatlariga o'tishning
o'ziga xos modelini amalga oshirishimizdagi muvaffaqiyatga ishonch uyg'otmoqda»
O'zbekiston Konstitutsiyasida mamlakatimiz xalqaro munosabatlarning mustaqil sub'ekti
tarzida tashqi siyosatni o'z manfaatlarini ko'zlab belgilashi, xalqaro tashkilotlarga, yalpi xavfsizlik
tizimlariga, davlatlararo tuzilmalarga kirish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab quyilgan. SHunga
amal qilib, hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi ko'p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik
tashkilotlari faoliyatiga qatnashmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotning iqtisodiy muassasalari,
Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, (XVF) Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga
ko'maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti kabi va
boshqa obro'-e'tiborli xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga azo bo'lib kirdi ham da u, faol
siyosat o'tkaza boshladi.
O'z navbatida, ko'pgina halqaro tashkilotlar — BMT, XVF, Jahon banki, Evropa tiklanish va
taraqqiyot banki, Evropa Ittifoqi Komissiyasi va boshqa tashkilotlar respublikamizda o'zlarining
mintaqaviy vakolatxonalarini ochdi va o'zbekistonlik sheriklar faol hamkorlik qilmokda.
Masalan, Halqaro Valyuta Fondi mutaxassislari ishtirokida O'zbekiston iqtisodiyotini chuqur
isloh qilish maqsadida muntazam o'zgarishlar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish uchun 74
million AQSH dollari miqdorida dastlabki mablaq ajratildi.
SHuningdek, Jahon banki bilan birgalikda O'zbekistonga milliy valyutamizni mustahkamlash,
tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish va to'lov balansi qo'llab- quwatlash, iqtisodiyotning tarkibini
o'zgartirish va korxonalar darajasida islohotlami amalga oshirish, davlat tasarrufidan chiqarilgan
korxonalarni va yangi vujudga kelgan nodavlat tuzilmalami xususiylashtirishdan keyingi davrda
qo'llab-quwatlash hamda ularga ko'maklashish uchun 160 million AQSH dollari miqdorida tiklanish
qarzi berish to'g'risidagi masala puxta ishlab chiqildi va bitim imzolandi.
XVF Jahon banki, Xadqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida ishlab chiqilgan respublikada
kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashuvchi bir qancha loyihalar, shuningdek
66
iqtisodiyotning eng manfaatli sohalaridagi loyihalami moliyaviy jihatdan ta'miniash dasturi amalga
oshirilmokda. Bularning hammasi O'zbekistonning jahon iqtisodiyoti tizimiga qo'shilishiga iqtisodiy
zamin yaratmoqda.
Jumxuriyatimizga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish uchun jamiyatimizda maqbul xukuqiy
va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib qo'yilgan. Hoziming o'zidayoq xorijiy kapital ishtirokida
avtomobil, rangli metallar, neft’ maxsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha yirik korxonalar bunyod
qilinmoqda, kommunikatsiya va aloqa tizimlari qayta kurilmoqda, yangidan barpo etilmoqda. «Bu
mablag'lar iqtisodiyotimiz tuzilmasida ijobiy o'zgarishlar yuz berishiga ko'maklashadi. erishilgan
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, iqtisodiy islohotlaming muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani hamda
respublikamizning kelajagini yuksak baholagan xorijiy sarmoyalar va sarmoya ajratadigan davlatlar
hoziming o'zidayoq iqtisodiyotimizga har yili taxminan bir yarim milliard dollardan ortiq sarmoya
sarflash istagini bildirishmoqda.
Tashqi aloqalarni kengaytirish maqsadida tashqi iqtisodiy aloqalarni isloh qilish, boshqarish
tizmini o'zgartirish, tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy negizlarini barpo qilish sohalarida ham
katta ishlar amalga oshirildi. Natijada 2006 yilda xorijiy mamlakatlarga maxsulot eksporti ко'pay di,
ularning anchagina qismi Turkiya, Bel’giya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Gollandiya, Pol’sha,
Koreya Respublikasi, Indeneziya, Malayziya kabi mamlakatlarga yuborilmokda. Respublikamizda
xorijiy sannoyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar tobora ko'paymokda hozirgi vaqtda
ularning soni 1450 tadan oshdi, nuqul xorijiy sarmoya bilan ishlovchi korxonalar 110 taga etdi. 1995
yilning boshida O'zbekistonda dunyoning 25 mamlakatiga qarashli xorijiy firma, bank va
kompaniyalarining 116 ta vakolatxonasi ishlab turibdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
dunyoning |30 | yirik bankida vakillik hisobini ochgan.
Ma'lumki, 1991 yili dekabrida Markaziy Osiyo davlatlarining Aslig'abat uchrashuvida
Tajan—Saraxs temir yo'lini birgalikda qurish xaqida qapop qabul ilingan edi. Ana shu qaror asosida
o'zbekistonlik yo'lsozlar ham bu muxim qurilishga o'zlarining munosib xissalarini qo'shdilar. 1996
yili mayida mazkur Jm| |o'l| isliga tushdi, Turkmaniston va eron temir yo'l (uzunligi 300 km,) Saraxs
sliahrida bir-biri bilan tutashdi. MDH mamlakatlari, Markaziy Osiyo respublikalari temir yo'l
vositasida Fors ko'rfazi bilan bog'landilar. Ayni paytda Trans Osiyo— Pekin—Stambul yo'nalislii
paydo bo'ldi. U Urumchi, Do'stlik Almati, Toshkent, CHorjo'y, Saraxs, Mashxad va Tehron
shaharlaridan o'tadi.
YAngi yo'lning ochilishi eng awalo Markaziy Osiyo Respublikalari uchun muxim ahamiyatga
ega. Bu mamlakatlarda kechayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlarining shakllanishi keng
savdo aloqalarini taqozo etadi. Dastlabki paytda yiliga bir million tonna yukni o'tkazadigan xalqaro
Saraxs stantsiyasi keyinchalik 5 million tonna yukni jo'natish imkoniyatiga ega bo'ladi.
SHuningdek Mashhad—Saraxs—Tajan yo'lining ochilishi tantanalari bo'lib o'tgan
uchrashuvlarda O'zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya o'rtasida temir уо' 1 faoliyatini
muvofiqlashtirish haqida shartnoma hamda tranzit yuk tashishni tartibga solish sohasida hamkorlik
bo'yicha bitim imzolandi. endilikda O'zbekistan Qora dengiz portlari orqali xorijiy savdo miqyosiii
yanada kengaytirish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
1996 yil 14 may kuni Ashg abat sliahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a zo davlatlar
boshliqlarining IV-chi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ma'lumki, eKO, Turkiya, eron va Pokiston tomonidan
1985 yilda ta'sis etilgan. Undan maqsad mintaqa davlatlari o'rtasida o'zaro hamkorlikni yanada
kengaytirish, iqtisodiy aloqalar sohasidagi qiyinchiliklami bartaraf etish, birinchi navbatda, yo'llar
barpo etish edi. 1992 yilda bu tashkilotga boshqa Markaziy Osiyo davlatlari qatori O'zbekiston ham a
zo bo'ldi.
EKO 1995 yilda mintaqa davlatlari o'rtasida transport aloqasini rivojlantirish o n yilligini e'lon
qilgan edi. Ana shu reja asosida eKO a zo mamlakatlarni bir-biri bilan bog'laydigan o'nlab yo'llar
loyixalashtirilmoqda. O'zbekiston bu loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Natijada
O'zbekiston Afg'oniston va Pokiston hududidan o'tadigan yaqin yo'l orqali ochsh dengizga chiqish va
savdo-sotiq qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
1996 yilning iyun’ oyida Latviya Respublikasi bilan imzolangan bitimga binoan O'zbekiston
o'z yuklarini Boltiq dengizi orqali Evropa mamlakatlariga chiqarish imkoniyatlarini qo'lga kiritdi.
Birinchi Prezidentimizning Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiyaga qilgan tashrifi jarayonida imzolangan
hujjatlar ham O'zbekiston iqtisodiyoti jahon hamjamiyatiga qo'shilishida muhil bo'lib xizmat qilishi
67
shak- shubhasizdir.
1996 yilning 20—23 iyunida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentimizi Italiyaga
tashrif buyurib, Evropa bilan O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi
bitimga imzo chekdi.
Evropa hamjamiyati komissiyasi Birinchi Prezidentimizi Jak Santer mazkur bitimni imzolash
marosimida so'zlagan nutqida, bitim Markaziy Osiyoda muxim barqarorlikni qo'llab-quwatlashga
qaratilgan birgalikdagi harakatlaming yangi miqyoslarini belgilab berishi, siyosiy muloqatlar, har
tomonlama fikr almashishlarni faollashtirishga imkon yaratishi, bugungi kunda ancha past darajada
turgan savdoni rivojlantirish va sarmoya xajmini oshirish uchun maqbul huquqiy asosni barpo etishi
xususida to'xtalib, ta'kidlagan ediki, «bitim iqtisodiyotning turli sohalaridagi aloqalarimizni
rivojlantirishga ko'maklashadigan hamkorlik uchun keng istiqbollar ochib beradi. Bu biz uchun
hamkorligimizni kengaytirish va uning turli-tuman shakllarini topish borasida birgalikda amalga
oshiradigan ishlarimizning muhim yo'nalishi hisoblanadi».
O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga, uniig iqtisodiy xo'jaliklariga qo'shilishida Birinchi
Prezidentimiz I.Karimovning 1996 yil 23—28 iyunida AQSHga qilgan amaliy tashrifi, AQSH
Birinchi Prezidentimizi Bill Klinton bilan uchrashuvi, AQSHning ishbilarmonlari, kompaniya va
firmalari bilan tuzgan shartnomalar katta ahamiyatga egadir.
Bugungi kunda mamlakatimizda 200 ga yaqin AQSH kompaniya va firmalari faoliyat
ko'rsatayapti. Ular orasida «Kargil interprayzes», «Interkonsepts», «Baytmal injinering», «Aig
trayding grupp», «FMS korporeyshn», «Ji ey Vi», «Proktr end gembl», «Agrotek», «N’yumont
mayning» kabi firma va kompaniyalar bor.
Tashrif chorida AQSH ishbilarmonlari bilan bir qancha xujjatlar imzolandi. Jumladan,
«O'zbekneft’ gaz» milliy korporatsiyasi, OPIK «Inron oyl end gaz kompani» o'rtasida Buxoro
viloyatida gaz konlarini o'zlashtirish bo'yicha sug'urta kafolatlari xaqida imzolangan protokol
Amerika xususiy sarmoyalarni qo'llab- quwatlash korporatsiyasining bu maqsadlar uchun 400
million dollar ajratishini ko'zdatutadi. «O'zbekneftgaz», OPIK va «Teksako» kompaniyasi o'rtasida
imzolangan xujjat esa Farg'onada moylash materiallari ishlab chiqaruvchi qo'shma korxona tuzish,
uni sug' urtalash xususidadir.
AQSH savdo va taraqqiyot agentligi (ASTA) direktori Jozef Grandmeyson O'zbekiston Tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida birgalikda
aviatexnika ishlab chiqarish loyihasining texnik iqtisodiy asoslarini tayyorlash uchun 1 million dollar
grant beg'araz mablag' ajratish xaqidagi xujjatga hamda ASTA bilan O'zbekiston Tashqi iqtisodiy
aloqalar vazirligi o'rtasida o'zaro foydali sarmoya imkoniyatlari xaqidagi anglashmalar
memorandumiga imzo chekdi.
SHuningdek «Keys» kompaniyasi bilan O'zbekiston banklari assotsiyasi o'rtasida
«O'zkeysagrolizing» qishloq xo'jaligi korxonalariga lizing xizmati ko'rsatish bo'yicha qo'shma
korxona tuzish xaqidagi protokol, O'zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki bilan «Bank of
Amerika» o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum ham imzolandi.
Tennissi shtati gubernatori bilan uchrashuv chog'ida O'zbekiston, Amerika texnika instituti va
janubiy shtatlar energetika kengashi o'rtasida anglashmalar protokoli imzolandi. Bu xujjat
O'zbekiston davlat avtomobillarini siqilgan gazda ishlashga moslashtiradigan «Gazmotors» qo'shma
korxonasini, mamlakatimiz hududida 400 ga yaqn gaz quyish stantsiyalari tarmog'ini yaratadigan
«Gazkompressor» qo'shma korxonasini tuzishni ko'zda tutadi. Mana shu ikki loyiha bo'yicha
O'zbekiston iqtisodiyotiga 102 million dollar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan. Bu o'z navbatida
mamlakatimizda energetika resurslaridan oqilona foydalanishga, atrof-muxit tozaligini ta'minlashga
imkon yaratadi.
X’yustonlik ishbilarmonlar bilan «O'zbekneftgaz» milliy korporatsiyasi va «Teksako»
kompaniyasi o'rtasida qo'shma korxona ta'sis etish haqidagi shartnoma, shuningdek
«O'zbekneft’gaz» bilan «Inron oyl end gaz» korporatsiyasi o'rtasida gaz konlarini qidirib topish va
qazib olish bo'yicha qo'shma korxona tuzish shartlari xaqidagi shartnoma imzolandi.
O'zbekiston geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi bilan «N’yumont mayning»
korporatsiyasi o'rtasida mamlakatimiz sharqida oltin konlarini qidirish va tadqiq etish bo'yicha
qo'shma korxona tashkil etish xaqidagi hamda O'zbekiston geologiya va mineral resurslar davlat
qo'mitasi «N’yumont mayning» korporatsiyasi va «Mitsui» korporatsiyasi o'rtasida «Qizilol masoy»
68
va «Kuchbuloq» konlarini birgalikda qazish to'g'risidagi bitim imzolandi.
SHuni g'ypyp bilan aytish mumkinki, jumxuriyatimizda (izchil ravishda) islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirishda erishilgan dastlabki muvaffaqiyatlar mamlakatimiz bilan
jahondagi turli davlatlar, jumladan Amerika Qo'shma SHtatlari o'rtasidagi munosabatlarning yanada
rivojlanishida muxim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
YUqorida aytilganlardan yaqqol ko'rinib turibdiki, davlatimizning boy tabiiy, iqtisodiy
qadriyatlari jahon hamjamiyatiga qo'shilishining muxim vositasidir. Tabiiy boyliklarimizni avaylab
asrash, ulardan oqilona foydalanish — milliy istiqlolimiz va istiqbolimizning iqtisodiy asosini tashkil
etadi.Iqtisodiyot va siyosatning o'zaro aloqadorligi
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlaming muxim xususiyati iqtisodiyotning
mafkuradan batamom holi ravishda rivojlanishidir. «Iqtisodiyot,— deb yozadi I.A.Karimov, —
siyosatdan ustun turmog'i, uning ichki mazmunini tashkil qilmog'i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni
yanada rivojlantirish muammolari hozirgi siyosatimizning asosiy mazmunidir»
Mazkur tamoyil ikdisodiyotni tubdan isloh qilishning nazariy asosi sifatida bejiz e'tirof
qilingani yuq. Ma'lumki, eski ma'muriy buyruqbozlik tuzumi xukmronlik qilib turgan vaqtlarda,
KPSS mafkurasining bevosita ta'siri ostida jamiyatimizda «siyosat iqtisodiyotga nisbatan ustivor rol’
o'ynaydi, chunki uning mavjudligi, rivojlanishini istiqboli siyosiy xokimiyat tomonidan belgilanadi»,
degan soxta g'oya keng ildiz otib kelgan edi. Natijada jamiyatda vujud a kelgan barcha iqtisodiy
muammolar, ularning katta kichikligidan qat'iy nazar, KPSS MKning siyosiy byurosi, s'ezd va
plenumlar tomonidan berilgan ko'rsatmalarga muvofiq xal qilinardi. Iqtisodiy taraqqiyotning ob'ektiv
qonunlarini nazar pisand qilmasdan, faqatgina siyosiy ehtiyojlar, qiziqishlardan kelib chiqib qabul
qilingan KPSS xukjatlariga muvofiq xalqimiz milliy daromadining salmoqli qismi chet-ellardagi
siyosiy partiyalar, milliy harakatlar, sotsialistik mamlakatlarga baynalmilal yordam sifatida ajratilib
berilardi. Natijada qanchadan qancha mablag'larimiz shamoldek ko'kka uchib ketardi.
Ichki siyosat yuritishda ham mana shunday axvol ko'zga tashlanardi. Ishlab chiqarish
kuchlarining joylashishi, ularning rivojlanishi, xom-ashyolar bilan ta'minlanishi, ishlab chiqilgan
mahsulotlarni qasrda, kim va qancha iste'mol qilishi, ularning narx-navolari ham siyosiy ko'rsatmalar
asosida qat'iy ravishda belgilab qo'yilardi. Xo'jalik ishlarini mana shunday usulda olib borish
iqtisodiy jihatdan foydalimi yoki zararlimi—buning siyosat yurituvchi raxbarlar uchun ahamiyati
yuq edi.
Iqtisodiyot qonunlari bilan xisoblashmay yurgizilgan siyosat oqibatida ijtimoiy ziddiyatlarni
keskinlashtirib jamiyatda iqtisodiy va siyosiy inqiroz vujudga keldi.
Mana shunday axvol sobiq SSSRning barcha respublikalarida sodir bo'lganidek bizning
jumxuriyatimizni ham chetlab o'tmadi. Jamiyatimiz iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlanib,
respublikamiz asosan xom-ashyo etkazib beradigan o'lkaga aylanib qolgani hammamizga ma lum,
eng achinarlisi shundaki, zaxmatkash halqimizning mehnat va ko'p mashaqqatlar bilan etishtirilgan
xom-ashyolari Rossiya va boshqa respublikalarga arzon narx bilan olib ketilardi, u erda qayta ishlov
berilib tayyor iste'mol mollari ishlab chiqilardi va ularning muayyan qismi qimmatbahoda
Respublikamizga sotilardi. Bunga paxta xom-ashyosidan Rossiya, Boltiqbuyi Respublikalarida qayta
ishlab chiqilgan kiyim-kechak paxta yog i, shrot va boshqa iste'mol mollari misol bo'la oladi.
Xuddi shuningdek, qishloq xo'jaligining boshqa mahsulotlari, jumladan, poliz va sabzavot,
uzum, mevalar ham arzon narxda markazning ko'rsatmasi bilan Moskva, Sibir’ va boshqa joylarga
olib ketilardi. Mahalliy aholining mazkur maxsulotlarga bo'lgan ehtiyojlari zsa Vengriya, Bolgariya
va boshqa chet-mamlakatlardan olib kelingan konservalar, vino, meva hisobidan qondirilardi.
Respublikada chiqariladigan gaz, qimmatbaxo qazilmalar, uran rudalari ham Rossiyaga
xom-ashyo tarzida olib ketilardi. O'z navbatida Respublikamizning issiqlik energiyasi, yokilg'i va
boshqa narsalarga bo'lgan ehtiyojlari Sibir’ va boshqa joylardan qimmatbahoda keltirilgan ko'mir
hisobidan ta'minlanardi. Respublikamiz xom-ashyosi talon-toroj qilinib, ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulotlar hisobidan olingan sof daromad boshqalaming hamyoniga tushardi.
Mazkur iste'mol mollarini respublikamizning o'zida ishlab chiqsa bo'lardi, bunga barcha
imkoniyatlar mavjud edi. Zero, mamlakatimizimiz boy xom ashyoga ega, malakali va zahmatkash
ishchilarimiz bor. Nega shunday qilinmadi? Gap shundaki, markazdagi siyosatchilarni O'zbekiston
xalqining faro von yashashi qiziktirmas edi, ular jamiyatimiz iqtisodiyotini o'z qo'lida jilovlab,
o'lkamizning boyligidan istagancha foydalanib, xalqimizni batamom markazga qaram qilib
69
qo'yishdan manfaatdor edi. Bunga xukmron siyosiy tuzum va siyosatchilar astoydil xizmat qilib
kelishdi.
Istiqlol sharofati bilan bunday adolatsizlikka chek qo'yildi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan
jamiyatimiz bundan buyon siyosat va siyosatchilarning ikdisodiyotga qo'pol ravishda aralashishiga
yo'l qo'ymaydi. «Ichki iqtisodiy strategiya, - deydi I.Karimov, - har qanday siyosiy mafkura ta'siridan
butunlay holi bulishi kerak. O'tgan yillar iqtisodiyoti o'ta siyosiylashtirib yuborilgan edi. Iqtisodiy
maqbullikdan siyosiy kon’yunkuraviy manfaatlarning ustun kelishi sobiq Ittifoq xalq xo'jaligini
parokandalik yoqasiga, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlaming jiddiy buzilishiga, ishlab chiqarishniig
texnika jihatdan qoloqligiga olib keldi. Iqtisodiyot faqat unga xos bo'lgan ichki qonuniyatlar asosida
rivojlanmogi darkor. Bizning vazifamiz ularni yaxshi tushunib etishdan va o'z xalqimiz manfaatlari
yo'lida moxirona qo'llashdan iboratdir»
Nafaqat siyosat, balki davlatning ham xo'jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechish
— bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning xususiyatidir. Buni biz qancha tez anglab etsak
islohotlar shuncha tez amalga oshadi.
Zamonaviy iqtisodiyot ishlarini yuritish buyruqbozlik bilan o'z xukmini o'tkazish, tazyiq qilish
kabi usullarga tamomila ziddir. Iqtisodiyot o'z ichki konuniyatlariga ega, ana shu qonuniyatlarni
chuqur bilib olib, o'z xatti- harakatlarimizni shularga mos ravishda qilsakkina oldimizga qo'ygan
maqsadlarga erishishimiz mumkin. Aks holda iqtisodiyot sohasida ijobiy o'zgarishlaming yuzaga
kelishi amrimaholdir.
Bozor iqtisodiyotiga xos qonuniyatlarni o'rganishda iqtisodiy o'quvni ta'sis etish, marketing,
audit, bank moliya ishlarini yuritish muammolariga bag'ishlangan har xil seminarlar, simpozium,
kengashlar o'tkazish muvofiqdir. Keyingi yillarda mana shu masalalarga Respublikamiz raxbariyati
katta ahamiyat beryapti. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda mazkur yo'nalish
bo'yicha turli xil ishlar qilinib, mulk egalarining iqtisodiy saviyalari kundan kunga ortib bormoqda.
By esa o'z navbatida iqtisodiyo timizning yuksalishiga ijobiy hissa qo'shmoqda.
Iqtisodiyot bilan siyosatning aloqadorligi ustida gap ketganda shuni esdan chiqarmaslik
kerakki, siyosat qo'pqirrali tushuncha bo'lib, u iqtisodiyot bilan bevosi ta va bilvosita bog'langan
bo'ladi. Iqtisodiyot bilan bevosita bog'langan siyosatning ichki mazmuni to'la to'kis iqtisodiyot
talablari, ehtiyojlari, qonuniyatlari bilan belgilanadi. Respublikamizda shiddat bilan ro'y berayotgan
iqtisodiy islohotlar, ko'p ukladli iqtisodiyotga o'tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarib uni xaqikiy
egalari qo'liga berishni tezlashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo'l ochib berish, kichik va o'rta
korxonalami rivojlantirish, ularga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish, kichik texnologiyani joriy
etish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, uning sifati hamda raqobatbardoshligini jahon
bozori talablari darajasiga etkazish maksadida iqtisodiyotda tarkibiy strukturaviy o'zgarishlami
amalga oshirish, qishloqda tub isloxotlar o'tkazish, qishlok xo'jaligini taraqqiy qildirish, qishloq
xo'jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, shu bilan
bir qatorda milliy valyutani mustaqkamlash, uning joriy to'la almashadigan bo'lishiga erishish, bank
moliya, kredit tizimlarini takomillashtirish, ularni jahon talablar darajasiga ko'tarish, to'lovlami
tartibga solish, ustuvor tarmoqlami tezkorlik bilan rivojlantirish, import xajmlarini kamaytirish va
eksportga mo'ljallangan ishlab chiqarishni rivojlantirish kabilar hozirgi kunda xukumatimiz iqtisodiy
siyosatining asosiy yo'nalishlarini tashkil etadi.
Bundan yaqqol ko'rinib turibdiki, iqtisodiyot siyosatning mazmunini belgilaydi va unga
nisbatan ustuvor turadi. Mana shu ma'noda iqtisodiyot mafkuradan batamom holi bo'lishi kerak
degan g'oyaning hozirgi kunda keng ildiz otgani bejiz emas. Lekin siyosat iqtisodiyot bilan
chegaralanib qolmaydi, u davlat, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlarning ko'pqirrali faoliyatining
majmui, yigindisidan iborat bo'lgan xatti- harakatdir. SHunday ekan, siyosat iqtisodiyotga oid
masalalar bilan cheklanmaydi. Masalan, inson huquqi va erkinliklarini ximoya qilish, jamiyatda
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, milliy va millatlararo munosabatlarni takomillashtirish,
ta'lim-tarbiya masalalari, milliy merosimiz, tariximiz, urf-odat va an'analarimizni, ma'naviyat va
xaloliylikni tikiash, o'zbek tilining davlat tili maqomini izchil va tulik ruyobga chiqarish, Respublika
xududida yashovchi barcha xalqlarning madaniyati va tillarini hurmatlash, xurfikrlik vijdon va din
erkinligi qoidalarini qaror toptirish, ijtimoiy adolatni ta'miniash, onalik va bolalikni muxofaza qilish,
yangi demokratik ta'lim kontseptsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, ijodning barcha turlarini
rivojlantirish, fuqarolar tinchligi va huquq tartibotini qaror toptirish qabilar davlatimizning ijtimoiy,
70
ma'naviy soxadagi ichki siyosatini tashkil etadi.
SHuningdek o'zining milliy davlat manfaatlarini har tomonlama hisobga olish, xalqaro
maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolami tinch yo'l bilan xal etish, yadroviy
qurol mintaqa bo'lib qolish, tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik inson huquqlari
to'g'risidagi, birinchi bo'lib xujum qilmaslik xaqidagi, nizoli masalalarni xal etishda kuch ishlatishdan
voz kechish to'g'risidagi hujjatlarni tan olish va ularga rioya qilish, Respublikaning tashqi siyosatini
teng xuquku va fuqaro manfaatdorlik boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik barcha
tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalami o'matish, xalqaro huquq me'yorlari ustuvorligini
tan olish kabilar esa — O'zbekistonning tashqi siyosatini amalga oshirishda asosiy negiz qilib
olingan.
Demak, mafkura va uning shakli bo'lmish siyosat jamiyatning ustqurmasi sifatida bazis —
iqtisodiyot bilan ham bevosita, ham bilvosita bog'langandir.
Jamiyatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga tegishli muammolar siyosat bilan bevosita bog'liq
bo'Isa, uning boshqa sohalariga (ijtimoiy, ma'naviy va xokazolar) oid bo'lgan siyosat iqtisodiyot bilan
bilvosita bog'liqdir. Iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish kerak degan g'oya, iqtisodietga
bevosita taalluqli bo'lgan siyosatgagina daxllidir. Iqtisodiyotdan boshqa sohalarga tegishli bo'lgan
siyosat mafkuraning ifodasi sifatida nisbiy mustaqillikka ega. SHuning uchun ham uni bevosita
iqtisodiyotga bog'lab tavsiflash noto'g'ridir. Aks holda iqtisodiy determenizmga, ya'ni ijtimoiy
hodisalarning asosini birdan bir iqtisodiyot tashkil etadi, deb jamiyat taraqqiyotini bir tomonlama
tushuntirishga olib keladigan xatolarga yo'l ochilishi hech gap emas.
Dostları ilə paylaş: |