Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


-MAVZU: Madaniy - ma'naviy qadriyatlar, ularni inson



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

 
9-MAVZU: Madaniy - ma'naviy qadriyatlar, ularni inson
va jamiyat hayotidagi o'rni. 
Reja: 
1. Ilm-fan yutuqlari qadriyat sifatida. 
2. Markaziy Osiyo olimlarining jahon fani taraqqiyotiga qo'shgan xissasi. 
3. O'zbekistondagi Arxitektura, Madaniy obida va yodgorliklar, ularni jamiyatimiz ma'naviy 
rivojidagi roli. 
4. Adabiyot va san'at asarlari, xalq hunarmandchiligi - ma'naviy qadriyat sifatida.
5. O'zbekistonning ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati - uni ilg'or mamlakatga 
aylanishining zamini. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek, «Mustaqiligimizning dastlabki 
kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan kup asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaxo 
manaviy va ma daniy merosning tikiash davlat siyosati darajasiga kutarilgani nixoyatda muxim 
vazifa bo’lib qoldi». 
Natijada xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam 
egasi, o’z taqdirining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatning soxibiga aylandi. 
Istiqlol diyorimizning ulug’ farzandlari, buyuk siymolarining nomlarini faxru iftixor bilan tilga 
olishga, tavalludlarini umumxalq tantanasi sifatida keng nishonlashga, ulaming asarlarini ona 
tilimizda chop etib, xalqimiz ma'naviy kamolotini ta'minlashga qulay imkoniyatlami yuzaga keltirdi. 
SHuningdek, mustaqillik sobiq ijtimoiy-siyosiy tuzum xukmronlik qilgan yillardagi xalqimiz 
tarixiga, madaniyatiga, biryoqlama yondoshishdek ijtimoiy illatdan ongimizni xoli etdi. 
Mustaqillik bizning milliy ma'naviy ildizlarimiz naqadar teran, naqadar baquwat ekanligini 
ochiq-oydin ko’rsatib berdi. 
«Biz, - deydi I.A.Karimov, - boshqalarni kamsitish niyatidan yiroqmiz. Ammo bugungi ayrim 
saltanatlar ahli qabila-qabila bo’lib yashagan zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu-fan 
barq urub yashnagan, tabiiy ilmlar, xususan, tibbiyot, matematika, astronomiya kabi fanlar 
madrasalarda o’qitilgani, ilmiy akademiyalar tashkil etilib, mag’ribu-mashriqqa nom taratganini 
eslasak va bundan har qancha g’ururlansak arziydi»! 
Mazkur asarning oldingi saxifalarida keltirilgan ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, 
o’lkamiz olimlari nafaqat tibbiy ilmlar mantiq, huquqshunoslik, san'atshunoslik, tarix va xokazolar 
ham o’zlarining ilmiy maktablarini yaratib, jahon madaniyatini rivojlantirishga salmoqli xissa 
qo’shib kelganlar. 


72 
Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma'naviyati, adolatparvarlik, ma'rifatparvarlik kabi 
ezgu fazilatlari sharq falsafasi va islom dini ta'limoti bilan uzviy ravishda rivojlanib kelgan. endilikda 
bizning vazifamiz ana shu an'anani yanada taraqqiy ettirib o’z xalqimiz tafakkuriga mos, tushunarli 
va yaqin bo’lgan sharq falsafasi bilan bir qatorda islom ta'limotidan ham bekamiko’st 
foydalanishimiz lozim. 
«Bizning kelajagi buyuk davlatimiz, - deydi I.A.Karimov, - ana shu falsafaga uyg’un xolda, 
Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Baxouddiy Naqshban, Imom Al Buxoriy, Imom At-Termiziy, Amir 
Temur, Mizo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono 
fikrlariga uyg’un xolda shakllanishi lozim». 
Darhaqiqat, islom ta'limoti ming yillar mobaynida xalqimiz yaratgan boy madaniy va 
mafkuraviy merosdir, uning jamiyatimiz taraqqiyotidagi ijobiy rolini aslo inkor etib bo’lmaydi. 
Akademik Izzat Sulton ta'kidlaganidek, «Diniy e'tiqodlarga keng yo’l ochilgan, din bizning madaniy 
atimizning ajralmas qismi bo Tib qolgan bugungi kunda bizga diniy e'tiqod bilan sug’orilgan Olohni 
tanishga asoslangan ahloq zarur. Xalqimizning butun tarixi mobaynida ishlangan, asrdan asrga 
boyitib va mukammallashtirib borilgan ahloq bugungi va kelajagimizdagi ahloqiy qoidalarimizga 
asos bo’la oladi». 
Mustaqillik bizga ma'naviy mulkimizni, tariximizni, ulug’ bobolarimiz ruhini shod etishni 
imkoniyatini qaytarib berdi. Istiqlol tufayli tariximizga munosabat ijobiy tomonga o’zgardi. Bugungi 
kunda ulug’ bobolarimiz Imom Al-Buxoriy, Imom At- Trmiziy, Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja 
Baxouddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubroning insonni ma'naviy etuklikka chorlovchi diniy, 
ahloqiy va huquqiy xikmatlari qaytadan jaranglay boshladi. 
Avlod-ajdodlarimiz tarixi tiklanayotganligi mustaqilligimizning ajoyib samarasidir. 
Xalqimizning kechmishi, tarixi va xayotini aks ettirgan asarlaming o’z ona tilimizda nashr 
etilayotganligi quvonchlarimizga quvonch qo’shmoqda. 
Endilikda o’tmishimizning ko’pgina saxifalari xujjatlar, qo’lyozma materiallari birinchi 
manbaalar asosida yoritilmoqda. Tarixiy xaqiqatlar asl manbaalarga tayanib tiklanyapti. 
Bularning hammasi tarixiy adolatning buyuk g’alabasi, tantanasidir. 
Mustaqillik sharofati bilan tiklanib, qaddini rostlayotgan, to’xtovsiz rivojlanib borayotgan 
milliy madaniyatimiz jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtirish, insonni ma'naviy-ahloqiy jihatdan 
tarbiyalash va kamol toptirishda o’mi benihoyat kattadir. 
Jamiyatimizda ro’y berayotgan ma'naviy yuksalish, insonning ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy 
kamoloti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy uyg’onish jarayonlari bilan uzviy 
aloqadorlikdadir. 
Insonning ma'naviy-ahloqiy kamoloti nihoyatda keng, ko’p qirrali, mazmun mohiyati jihatidan 
chuqur bo’lib, o’z ichiga juda ko’plab sohalarni qamrab oladi. SHularning ichida markaziy o’rnini 
dunyoqarash masalasi egallaydi. 
Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniy at va ilmiy kashfiyotlar 
jamiyatimizning oliy qadriyati bo’lgan insonning dunyoqarashini shakllanitirish va rivojlantirishda 
katta ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, dunyoqarash bu kishilaming olam va uning o’zgarishi, 
rivojlanishi xaqidagi, ilmiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, estetik, diniy va xokazo qarashlari va 
tasawurlari majmuasidan iborat. Demak, dunyoqarash olam xaqidagi yaxlit, umumlashtirilgan 
bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak atrofdagi narsa va xodisalar to’g’risida qancha ko’p 
ma'lumotga, bilimga ega bo’lsalar ularning dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta 
bo’ladi. 
Dunyoqarashning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u insonni qurshab turgan voqelikni 
anglash, tushunish bilan bir qatorda uni baholash hamdir. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga 
qo’shilib baholangach, insonning tevarak atrofdagi ijtimoiy va tabiiy reallikda bevosita, amaliy yo’l 
tutish maqsadiga xizmat qiladi. SHundan ko’rinib turibdiki, dunyoqarash insonning voqelikdagi o’z 
o’rni va rolini belgilab beradigan ongli ravishda to’plangan, izoxlangan va baholangan bilimlar 
majmuasidir. 
Dunyoqarash tarkibiga kishilarning olamni bilishi va baholashiga oid bo’lgan ishonch va 
e'tiqodlari, niyat va maqsadlari, orzu-umidlari, ular faoliyatiga ma lum yo’nalish beruvchi barcha 
qadriyatlar ham kiradi. 
Mifologiya, diniy, falsafiy dunyoqarash - ijtimoiy borliqning in'ikosi bo’lib, u muayyan tarixiy 


73 
davrda insoniyat yaratgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog’liq bo’ladi. 
Inson faoliyatida ilmiy falsafiy dunyoqarash asosiy rolb o’ynaydi. Uning o’ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, u kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari 
xaqida yaxlit ma'lumot beradi. SHu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamni bilish 
mumkiniligini materiyaning doimo harakatda va rivojlanishidaligini ta'kidlaydi. Falsafiy 
dunyoqarash asosida kishilar ob'ektiv olamdagi hamma narsa va xodisalar jarayonlar o’zidan boshqa 
narsalar bilan ichki, zaruriy muhim aloqadorlikda, ta'sir va aks ta'sirida ekanligini chuqur anglab 
oladilar. 
Kishilar dunyoqarashini shakllantirishda, ularda tabiat, jamiyat, insonning kelib chiqishi, 
rivojlanishi xaqida tasawurlar xosil qilishda Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan 
ilmiy, falsafiy meros bitmas-tuganmas boylik xazinasi xisoblanadi. Undan unumli va samarali 
foydalanishni xozirgi vaqtda mustaqil jamiyatimizning oldida turgan dolzarb vazifasidir. 
Falsafiy dunyoqarash narsa va xodisalarni inson ongida yaxlit aks ettirish bilan bir qatorda u 
kishilarning tafakkurlash madaniyatini, ichki ma'naviy dunyosini shakllantiradi, ulami ma'naviy 
kamol toptirishga yordam beradi. 
Falsafiy dunyoqarash kishilarga xos bo’lgan rostgo’ylik, poklik, insonparvarlik, vatanparvarlik 
kabi olijanob fazilatlarni, ahloqiy normalar va qoidalarni mujassamlashtiradi. 
Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar jamiyatning tabiat bilan uzviy birligi, inson va insoniyat 
taqdirining mushtarakligi, turli-tuman xalqlar madaniyatining xilma-xilligi va birligi xaqida ishonch 
xosil qiladi. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining fikricha, barcha insonlarga xos bo’lgan olijanob fazilatlar 
eng awalo faylasuflarda o’z aksini topmog’i lozim. 
«Faylasufning xulq-atvori, ahloqi ham o’z kasbiga loyiq bo’lishi kerak. SHuningdek, o’z 
xalqini ra'yini va o’z xalqida bo’lgan eng yaxshi urf-odatlarini qattiq tutgan bo’lishi kerak. 
Faylasuf bo’lmoqchi bo’lgan odam o’z ahloqi va xislatlari bilan bu aytilgan shartlarga javob 
bera olsa, shundan keyn u faylasuf bilimini o’rganishiga va uni boshqalarga o’rgatishga kirishuvi 
mumkin», - deb yozadi Farobiy. 
Inson ma'naviy kamolotining eng muxim ko’rinishi va zarur shartlaridan biri siyosiy 
madaniyatning о’sib borishidir. Agar har bir millat vakilida, har bir insonda yuksak siyosiy bilim va 
madaniyat, siyosiy ziyraklik bo’lmasa Mustaqillik barqaror bo’la olmaydi. 
Siyosiy madaniyat o’zida xalollik va poklikni, ishchanlik va uzoqni ko’zlab ish tuta bilish 
fazilatlarini mujassam etgan odamlaming g’oyaviy-siyosiy etukligi, nazariy bilimlami istiqbrlni 
yorqin tasawur etgan xolda amalda qo’llay bilish, kun tartibidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
mafkuraviy muammolarini keng miqyosda hal etish mahorati demakdir. Siyosiy madaniyat, 
aytilganlardan tashqari, insondagi faollig va tashabbuskorlikni, yuksak ahloqiylik, qat'iy irodalik, 
xushmuomulalik, ziyraklik, uzoqni ko’ra bilishni o’z ichiga oladi. 
SHarq mutafakkirlari jamiyatni ilmiy asosda boshqarish masalalariga katta e'tibor berib 
kelganlar. Jumladan, Farobiy, Beruniy YUsuf Xos Hojib, Amir Teiur, Ulug’bek, Navoiy va 
boshqalarning asarlarida davlatning tuzilishi, uning ichki va tashqi siyosatning asosiy tamoyillari, 
davlat rahbarlarining hususiyatlari bo’yicha muhim malumotlar berilgan. ularni sinchiklab o’rganib, 
xayotga ijobiy tadbiq etish mustaqil davlatimizning siyosiy asosini yanada baquwat qilishda katta 
zamin bo’lishi shak-shubxasizdir. 
Mustaqilligimiz olidida turgan muammolami, milliy istiqlolimizning nazariy masalalarini 
yuzaki bilishni, ularning tub mohiyatiga tushmaslik va so’zda shunchaki qayd etishni siyosiy 
onglilikham, siyosiy madaniyat ham deb bo’lmaydi. Nazariy bilimlar mustaqillikning amaliy 
masalalari bilan bog’langan, har bir insonning iymon-e'tiqodiga aylangandagina faoliyatnig asosi 
yuzaga chiqadi. 
YUksak siyosiy bilim va madaniyatga, iymon-e'tiqodga ega bo’lgan inson jamiyatimiz, 
davlatimiz, xalqimiz va millatimizning eng katta boyligi hisoblanadi. 
Ma'naviy barkamollik huquqiy ongni ham o’z ichiga oladi. Inson muayyan jamiyatda yashar 
ekan, uning ahloq-odobi shakllanishi mavjud huquqiy mezonlar bilan bog’lanmog’i kerak. Insondagi 
faollik u xohlagan ishni qila berishdan iborat emas. Faollik jamiyat qabul qilgan qonun va qoidalar 
chegarasida bo’lmog’i zaruryu 
Jamiyat qabul qilgan qonunlami hurmat qilish, unga asoslanib ish ko’rish, huquqiy qoidalar va 


74 
mezonlarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik ma'naviy kamolot, ahloqiy nopoklik belgisidir. 
Inson huquqiy madaniyatining darajasi uning huquqiy bilimi va saviyasi qabul qilingan 
qonunlar soni bilan emas, balki o’sha qonunlarning barcha sohalarda to’la ijro etilishi bilan 
belgilanadi. 
Birinchi Prezidentimiz tomonidan alohida ta'kidlanganidek, «Huquqiy madaniyat darajasi 
faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas. U 
qonunlarga amal qilish va ularga bo’ysunish madaniyati demakdir. U - odil sudni hurmat qilish, o’z 
haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat 
degani - turli mojarolami hal qilishda qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir». 
Insonda huquqiy ong va madaniyat o’z-o’zidan shakllanmaydi. U jamiyatda, oilada, 
jamoatchilik o’rtasida ta'lim-tarbiya natijasida shakllanadi. 
Ta'lim-tarbiya olidida turgan asosiy maqsad yosh avlodga ajdodlarimizning dono tajribalarini 
singdirish, insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, vatan va millat oldidagi burch va 
mas'uliyatni xis qilishg o’rgatish, qonunlarga rioya etish xislatini qaror toptirishdan iboratdir. Bu 
borada ham SHarq falsafasi va islom ta'limotidan unumli foydalanmog’imiz lozim, chunki 
ajdodlarimiz tomonidan qonunga rioya qilish, unga bo’ysunish kabi masalalar chuqur va atroflicha 
ishlab chiqilgan. Bunga islom ta'limotining durdonasi hisoblangan «SHariat» va «Xidoya», Amir 
Temur «Tuzuklari» va boshqa manbalar, huquq masalasiga oid fikr- mulohazalar misol bo’la oladi. 
Madaniyatning inson ma'naviy-ahloqiy kamolotidagi ahamiyati aytib o’tilganlardangina iborat 
emas. O’z erkini qo’lga kiritgan mamlakatda milliy ong, milliy birdamlik tuyg’usini qaror toptirish 
juda muhim. Mustaqillik, davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlari bo’lgani xolda etuk milliy 
ong bo’lmasa erkinlik, hurriyat qo’lda ushlab turish behad mushkullashadi. 
Ma'naviy barkamol inson o’ziga loyiq ko’rmagan biron-bir nojo’ya kishi o’zgalarga ham ravo 
ko’rmaydi, hech bir kishiga jabr-zulumni xohlamaydi, jonzotga ozor bermaydi. Vatanga va millatga 
sodiqlik ham madaniyatlilik, ma'naviy barkamollik, ahloqiy nopoklikning belgilaridan hisobalandi. 
Jismoniy baquwat, ma'naviy-ahloqiy jihatdan bo’lmasdan turib shaxs barkamol bo’lolmaydi. 
Ma'naviy, jismoniy sog’lom aloddan tarbiyalash bu boradagi ishlarning asosiy mohiyati va 
yo’nalishni tashkil etadi. 
Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida aytilganicha, «badanning salomat 
va quwatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadurki... Maishatimizni rohatda bo’lmog’i 
jasadimizning sog’lom bo’lmog’iga bog’liqdir. Biz sihatimizni saqlamoq ila amr boTinganimiz, 
shuning uchun vujudimizni har sihatga zid bo’lgan yomon odatlar ila churitmoqdan saqlanmog’imiz 
lozimdir». 
Jismoniy sog’lom, baquwat, lekin ma'naviy qashshoq kishilar insoniyat uchun foydadan ko’ra 
zarar keltiradilar. 
Xalqimizda, «sog’lom tanda sog’ aql» degan dono naqil bor. Sog’lom ijtimoiy muxit shaxsiy 
kamolot zaminiga aylana oladi. «Badan tarbiyaning fikr tarbiyasiga xam yordami bordur,-deydi 
Abdulla avloniy eslatib o’tilgan asarida. - Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidir. 
Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon huquqlardan saqlanmasa choponning ustini qo’yib, 
astarini yuvub ovora bo’lmoq kabidirki, har vaqt ustiga kir chiqadur». 
Allomalarimiz asarlarida ta'kidlanganidek, insonning ma'naviy kamolotida jismoniy va badan 
tarbiyasidan tashqari aqliy tarbiya va go’zallik tarbiyasining, shuningdek, ahloqiy, ruhiy diniy 
tarbiyaning ham ahamiyati shak-shubxasizdir. 
«Qadimgi ajdodlarimiz komil inson xaqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini, zamonaviy 
tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar nopoklikka, 
adolatsizlikka nisbatan murosasiz, isyon bo’lishi kerak»!,-deydi I.A.Karimov. 
Insof va adolat tuyg’usi, imon va halollik, xushmuomalalilik va xushxulqlik- bular inson 
ma'naviy barkamolligining namoyon bo Tish shakllaridir. 
Biz xozir milliy tiklanish davrida yashamoqdamiz. Har qanday milliy tiklanish milliy 
uyg’onish zaminidagina muvaffaqiyatli amalga oshadi. Milliy uyg’onish asosan ma'naviyat sohasida, 
milliy ong, insonning ma'naviy, ahloqiy kamolotida yuz beradi. Ma'naviy kamolot faqat o’tmishni 
to’la tushunib olishgina emas, balki kelajakka intilishdan ham iboratdir. « Taraqqiyot taqdirini 
ma'naviy jixatdan etuk odamlar halm qiladi. Tehnikaviy bilim, murakkab texnalogiyani egallash 
qobiliyati ma'naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va 


75 
ruxiy-ma'naviy salohiyat -ma'rifatli insonning ikki qanotidir.» 
Ajdodlarimizning ma'naviy merosi asosida xalqimiz ma'naviy barkamolligini shakillantirish 
xususida gap ketganda bu borada olimlarimiz oldida turgan masalalami ham chetlab o’tib bo’lmaydi, 
albatta. Fikrimizcha, Markaziy Osiyo mutafakkirlaming asarlarini sinchiklab o’rganibchiqib, ularin 
ona tilimizda chopr etib,xalqimizga etkazib berish, respublika olimlarining oldida turgan birinchi 
vazifa bo’lsa, SHarq falsafasi va islom ta'limotidagi milliy qadriyatlarimizga asoslangan yangi, 
zamonaviy darsliklar, o’quv qo’llanmalarini yaratib, yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida 
tarbiyalashni yo’lga qo’yish ikkinchi vazifa deb, bilmog’imiz kerak. 
Milliy ma'naviy qadriyatlar tushunchasi, uning ta'rifi va tavsifi. 
«Qadriyat» tushunchasi - juda keng tushuncha bo'lib, uning bir qismi - ma'naviy qadriyatlardir. 
Milliy-ma'naviy qadriyatlar - «milliylik», «Ma'naviyat» va «qadriyat» tushunchalari kesishgan 
nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o'z ichiga oladi. «Milliy ma'naviy qadriyatlar» tushunchasiga 
quyidagicha ta'rif berish mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va 
ardoqli bo'lgan, manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma'naviy boyliklar, amallar va 
tamoyillar, g'oyalar va me'yorlar milliy ma'naviy qadriyatlardir. 
Har bir xalqning o'zi uchun e'zozli, qimmatli bo'lgan ma'naviy boyliklari bo'ladi. Bular asrlar 
davomida avloddan-avlodga o'tib kelgan, hozirgi kunda ham o'zining ahamiyati va qadrini 
yo'qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg'iz xalqi «Manas» 
dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o'zbeklar 
Samarqandu Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar. 
Millat va elatlaming o'ziga xos tarixiy merosi, san'ati va adabiyoti bilan bir qatorda ulaming 
urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma'naviy qadriyatlar tizimiga 
kiradi. Bular xalqning o'ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning 
ijtimoiylashuvida muhim rol’ o'ynaydi. 
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o'ziga xos mezon vazifasini 
o'taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo'layotgan faoliyat 
turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. YOsh avlodning hayotiy mo'ljallari, «zamon qahramoni» 
haqidagi tasawurlari ham ma'naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi. 
Milliy g'oyani ob'ektiv anglashda qadriyatlar va ma'naviyat olamini bilish va uni amaliy 
o'rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy 
olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etish 
imkoniyatlari asosida belgilanadi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin