Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

Milliy an'analar - milliy qadriyatlarning bir bo'lagi bo'lib, u millat hayotining turli sohalarida 
namoyon bo'ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar va islohotlarning 
avloddan - avlodga o'tish hamda meros bo'lib qolish tarzi. Mustaqillik yillarida an'analarga aylanib 
borayotgan bayramlar ham mavjud: 
1 yanvar’ - YAngi yil. 
mart - Xalqaro xotin - qizlar kuni. 
21 mart - Navro'z bayrami. 
may - Xotira va qadrlash kuni. 
31 avgust - Qatag'on qurbonlari shahidlari kuni. 
1 sentyabr’ - Mustaqillik kuni. 
1 oktyabr’ - O'qituvchilar va murabbiylar kuni. 
8 dekabr’ - Konstitutsiya kuni. «Ramazon hayit»i (IYD al-fitr). «Qurbon hayit»i (IYD al - 
ADHA). 
O rta Osiyo xalqlari tarixi bilan bog'liq milliy bayramlar ham bor: Mustaqillik bayrami, 
Navro'z, Mehrjon, Boychechak, Gul sayli va boshqalarni nishonlash an'anaga aylanib bormoqda. 


82 
Milliy ma'naviy qadriyatlarni boyitislida milliy g'oyaning ahamiyati. Milliy g'oya ma'naviyatga 
tayanishi, undan hayot va ozuqa olishi bilan birga, ma'naviy- ruhiy hayotga ham ijobiy ta'sir 
o'tkazadi. Milliy g'oya qadriyatlarni yanada yuksaltirish, ularni odamlaming ongi va qalbiga 
singdirish, istiqlol va istiqbolga xizmat qilmaydigan jihatlarini bartaraf etish vazifalarini ham amalga 
oshiradi. Ma'naviy hayotdagi behisob hodisalani, qadriyat va ne'matlarni xalq manfaatlari va e'tiqodi 
nuqtai nazaridan baholash - milliy g'oya mezonlari bilan o'lchanadi. 
Milliy g'oya dastawal, har bir inson uchun eng yaqin bo'lgan oilaviy munosabatlar - ota-ona va 
farzandlar, aka-uka va opa-singil, qarindosh-urug'lar orasidagi aloqalami yuksak ma'naviy 
qadriyatlar asosiga qurishni taqozo etadi. Betakror va buyuk qadriyat - mahallaning hurmati va 
e'tiborini, uning o'z-o'zini boshqarishdagi rolini oshirish ham milliy g'oyaning muhim vazifasidir. 
Milliy g'oyaga sadoqat - yuksak vatanparvarlikda, mustaqillikni mustahkamlash va Vatan ravnaqini 
ta'minlashga shaxsiy hissa qo'shish istagida namoyon bo'ladi. Dunyodagi hamma xalqlarda ham 
mehmonnawozlik miqyosi va me'yori mavjud, lekin u har bir xalqda turli xarakterga ega. 
Marosimlar, urf-odat va an' analar har bir xalqning betakror boyligi, merosidir. Insonning 
hayoti, u tug'ilganidan boshlab, vafot etgunga qadar turli marosimlar doirasida o'tadi. Marosimchilik 
millatning o'ziga xosligi va tarixiy tajribasini saqlash va an'analarni kelajakka etkazish vositasidir. 
Milliy ma'naviy qadriyatlar ming yillar davomida shakllangan, tarix sinovlariga dosh berib 
necha-necha avlodlardan o'tib kelayotgan ma'naviy boylik ekanligi, shubhasiz. Lekin bu boyliklar 
o'z-о'zidan va osonlikcha qadriyatga aylanmaydi. Tom ma'nodagi qadriyat maqomini olish uchun 
bular odamlar va ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosi va turmush tarziga singishi, faoliyatini yo'lga 
solish va baholash mezoniga aylanishi kerak. 
Umuman, milliy ma'naviy qadriyatlar ijtimoiy hayotning va ma'naviy borlig'imizning muhim 
va serqirra sohasi bo'lib, inson va jamiyat kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar 
muttasil rivojlanib, takomillashib boradi. Bularning ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar tomonidan 
o'zlashtirilishi ta'lim va tarbiyani talab qiladi. 
Milliy g'oyada umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e'tirof etilishi. 
Bozor iqtisodiyoti ko'pchilik xalqlarga manzur bo'lgan va ular kelajagini ta'minlovchi 
iqtisodiyot hisoblanadi. U hozirgi davrga xos umuminsoniy iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti 
iqtisodiy faoliyatida erkinlikka, xo'jalik yuritishda oqilonalik tamoyillariga asoslangan demokratik 
iqtisodiyotdir. 
O'zbekistonning sobiq ma'muriy-buyruqbozlik tuzumidan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
erkin, demokratik tuzumga o'tish yo'li - jahonda o'zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo'lidir. 
Uning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda 
isloh etishni nazarda tutadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1992-1993 yillarda 
«O'zbekistonning o'z istiqlol vataraqqiyot yo'li», «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'z 
yo'li» asarlarida demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi. 
O'zbekistonda demokratik, ijtimoiy adolatli jamiyat qurishning keng qamrovli yo'nalishini, o'zbek 
modelini asoslab va belgilab berdi. Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston ana shu demokratik, 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Ana shu siyosat 
negizida o'zbek modeli yoki boshqacha aytganda Islom Karimov yo'li yotibdi. O'zbekiston bozor 
iqtisodiyotiga o'tishning islohot yo'lini tanlab olar ekan uning asosida ichki siyosat olib borishning 
beshta asosiy tamoyilini ishlab chiqdi. Ular quyidagilardan iborat: 
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi yoki iqtisodiyotning mafkuraviy maqsadlarga 
bo'ysundirilmasligi. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosatdan ortda qolmasligi zarur, u biror 
mafkuraga bo'ysundirilishi aslo mumkin emas. Ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlar mafkuradan 
holi bo'lishi lozim. Bozor mexanizmlarini ishga solish uchun awalo: 
1) Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish siyosatini o'tkazish; 2) bahoni, 
narh-navoni bosqichma-bosqich erkinlashti-rish; 3) bozor infratuzilmasini shakllantirish; 4) aholini 
ijtimoiy himoya qilish siyosati olib borilmoqda. 
Davlat - bosh islohotchi. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, yangilanish 
va o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirib keldi va kelmoqda. 
Bozor iqtisodiyotini davlat yo'li bilan tartibga solish, iqtisodiyotning davlat sektorini rivojlantirishni 
boshqarish hamda ijtimoiy muammolami hal etish yo'li bilan bevosita, huquqiy va iqtisodiy vositalar 
yordamida bilvosita amalga oshirilmoqda. 


83 
Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi. Demokratik yo'l bilan qabul 
qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ulami og'ishmay 
amalga oshirish lozim. Huquqiy davlatning elementlari: a) qonun ustuvorligi; b) qonun oldida 
hammaning tengligi; v) hamma o'z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi; g) hokimiyat 
organlarining bo'linish kabi printsiplariga amal qiladi. 
Kuchli ijtimoiy siyosat. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy 
siyosat yuritib kelinmoqda. Bozor munosabat-larini joriy etish bilan bir vaqtda, aholini, ayniqsa kam 
ta'minlangan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan 
chorlar ko'rilishi lozim. Bunda 1) daromad (pul) siyosati yani pul-kredit siyosati, pul daromadi 
siyosati o'tkazilib kelinmoqda. 2) Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy kafolatlar, kam ta'minlanganlami 
ijtimoiy qo'llab- quwatlash. 4) Aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish. 5) Xalqning moddiy turmush 
sharoitlarini yaxshilash kabilar amalga oshirilmoqda. 
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning bosqichma-bosqich o'tishi - tadri-jiy yo'li. Bozor iqtisodiyotiga 
ob'ektiv qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, tadrijiy asosda, puxta o'ylab, 
bosqichma-bosqich o'tilmoqda. Bu yo'l Evropadagi sobiq sotsialistik mamlakatlar qo'llayotgan 
«SHoka terapeya» yo'lidan tubdan farq qilib (ular birdaniga), bozor iqtisodiyotiga iqtiso-diyotda, 
siyosatda, ma'naviy hayotda, ijtimoiy jarayonlarda bosqichma-bosqich o'tilmoqda. 
Ushbu tamoyillar O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lining asosini, o'tish davri 
dasturining negizini tashkil etadi. Ulaming amalga oshirilishi mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikni, eng muhimi, 
bozor munosabatlarini izchil joriy etishni ta'minlamoqda. 
Taraqqiyotning o'zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an'analari, qadriyatlari va 
mentalitetiga tayangani, ayni vaqtda, jamiyatni isloh etish borasidagi dunyo tajribasining ilg'or 
yutuqlariga asoslangani tufayli xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilmoqda. 
Xalq farovonligi g'oyasi, uning mohiyati va yo'nalishlari. Tarix va taraqqiyotning bosh 
maqsadlaridan biri - bu xalq farovonligiga erishishdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
islohotlar inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy maqsadi - xalqimizga munosib 
turmush sharoiti yaratishdan iborat. YA'ni islohot - islohot uchun emas, inson uchun, uning farovon 
hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Jamiyatimizdagi har qanday yangilanish, har qanday o'zgarish 
mohiya-tida ana shu maqsad mujassamdir. Bu haqiqatni odamlar ongiga singdirish, keng aholi 
qatlamlarining islohotlar mohiyatini anglab etishga va uning faol ishtirokchisiga aylanishiga erishish 
zarur. buning uchun esa ulaming dunyoqarashini, hayotga, mehnatga, erga munosabatini tubdan 
o'zgartirish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki farovon turmush asosi -erkinlik, tadbirkorlik va 
tashabbuskor-likdir. Biz bulaming har bir haqida qisqacha to'xtalishni lozim topdik: 
Erkinlik - farovon turmush asosi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidentimizi Islom Karimov 
o'zining qator asar va chiqishlarida bu masalaga alohida e'tibor berib kelmoqda. Xususan, 
«O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida mamlakatimiz uchun XXI asr boshlaridagi asosiy 
ustuvor yo'nalish-laridan birini ham ana shu masala bosh vazifa qilib qo'yildi. “Birinchi ustuvor 
yo'nalish - mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish”. 
Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayon-larini erkinlashtirish masalasi 
ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu bora-dagi asosiy vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarining 
bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini 
nodavlat 
va 
jamoat 
tashkilotlariga, 
fuqarolaming 
o'z-o'zini 
boshqarish 
organlariga 
bosqichma-bosqich o'tkaza borish, ulaming haq-huquqlarini va erkinliklarini muhofaza etishni 
kuchaytirishdan iborat. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 2005 yil 28 yanvarda O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi yig'ilishida bu 
masalaga alohida e'tibor berib shunday degan edi: «Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng 
muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo'lmish mamlakat Parlamentining roli va ta'sirini 
kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o'rtasida yanada mutanosib va 
barqaror muvozanatga erishishdan iborat». SHuningdek, Birinchi Prezidentimiz «Kuchli davlatdan - 
kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili haqida to'xtalib, o'zini-o'zi boshqarish organlari - mahalla, 
mahalla qo'mitalari va qishloq fuqarolik yig'inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish 
lozim»ligi bayon etildi. 


84 
Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish maqsadi - birinchi navbatda davlatning boshqaruv 
rolini chegaralash, xo'jalik yurituvchi sub'ekt-laming iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning 
barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlaming mavqei va huquq-larini 
mustahkamlash demakdir. 
Tadbirkorlik - farovon turmush asosi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1994 yil 16 
dekabrda Birinchi Prezidentimiz huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy sarmoyalar 
bo'yicha idoralararo Kengashning navbat-dagi majlisida “Tadbirkorlik - iqtisodiyot kelajagi” 
mavzuida mazkur masala yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bayon etgan edi. Unda bozor 
muno-sabatlariga o'tishning keyingi bosqichida quyidagi 3 ta ustuvor yo'nalishni belgilab berdi: 
“Birinchi asosiy masala” - mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasidagi 
ishlami oxiriga etkazishdan iborat. Islohot-ning asosiy ma'nosi va kerak bo'Isa, negizi bu - mulkni 
haqiqiy egasiga topshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyat ochib berishdir. 
Ikkinchi muammo va ustun yo'nalish - iqtisodimiz tarkibini keskin o'zgartirish, ya'ni xom ashyo 
emas, tayyor mahsulot chiqarishga, uning sifati va raqobatbardoshligini dunyo bozori talablariga 
javob beradigan holga etkazish... 
Uchinchi muhim vazifa - milliy pulimiz nufuzini yanada mustah-kamlash, uning Amerika 
dollari, nemis markasi, yapon ieni kabi dunyodagi obro'li valyutalar bilan erkin almashuviga 
erishmoqdir. 
“Har bir odam boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi, har oila obod bo'lsa, mamlakat obod bo'ladi”. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu fikrlarini davom ettirib, 1999 yil 27 iyulda Vazirlar 
Mahakamasining birinchi yarmida iqtisodiy islo-hotlar yakuniga bag'ishlangan yig'ilishida 
“Tadbirkorlik - yuksalish garovi” mavzuida ma'ruza qildi Ushbu ma'ruzadagi ba'zi, muhim 
tomonlarini keltirib o'tamiz: 
«Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - tanlab olingan islohotlar va yangilanish yo'limizdan 
orqaga qaytmaslik. Oliy Majlisning XIV sessiya-sidagi «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» 
ma'ruzasida bayon qilingan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot strategiyamizning asosiy yo'nalishlarini 
amalga oshirishdir». 
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - xalq turmushini yaxshilashdir, toki diyorimizda 
yashayotgan har bir inson o'zi va oilasi misolida o'z farovonligi ortib borayotganini his qila olsin. 
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, 
mamlakatimizning xalqaro obro'sini oshirish. Xonadonimiz-dagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va 
totuvlikka nisbatan bo'layotgan har turli tahdid va xavf - xatarlarga nisbatan ogoh va hushyor 
turishdir». 
Umuman, «Tadbirkorlik to'g'risida»gi (1995) qonunda ta'kidlangani-dek, «Tadbirkorlik - 
mulkchilik sub'ektlarining harakatdagi qonunchilik doirasida tovar ishlab chiqarishga, xizmat 
ko'rsatishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyati»dir. 
Tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: 
shaxsiy (xususiy) faoliyat; 
yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tadbirkorlik; 
v) fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo'shma 
tadbirkorlik. 
Tashabbuskorlik - farovon turmush asosi. Islom Karimov mustaqillik yillarida kadrlarning 
ishbilarmonlik faoliyatini 3 toifaga ajratib ko'rsatgan edi: 1) bu hozirgi og'ir vaziyatdan foydalanib 
qolishga harakat qiladigan, faqat o'z manfaatini o'ylaydigan, xalq g'ami, tashvishidan begona kishilar. 
2) Befarq, loqayd odamlar bo'lib, ular hech kimga qarshi gapirishni, dushman orttirishni 
xohlamaydigan kishilar. 3) YOsh, tashab-buskor, kuch-g'ayratga to'la, Vatan ravnaqi uchun fidoyilik 
bilan xizmat qiluvchi kadrlar. 
Umuman, bugungi tashabbuskor xodimlar oldiga puxta bilim, xorijiy mamlakatlar tajribasi va 
chet tilini egallash, iste'dodli, iymonli, adolatli, mas'uliyatni his qilish kabi bir talay talablar 
qo'yilmoqda. 
Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy - ma'naviy qadriyatlarga e'tibor berishda 
quyidagilarga diqqat qaratmoq kerak: 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablari asosida an'anaviy madaniyatga qaytadan baho berish 
lozim. 


85 
Dunyoviy mezonlardan kelib chiqish zarur. Bunda: 
mantiq talablari va qoidalariga mos yondashuv darkor. 
tajriba (eksperiment) sinovidan o'tgan bilimlarga asoslangan mezonlarga tayanish kerak. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy-ma'naviy qadriyatlar insonlar-ning ijtimoiy manfaatlariga 
bo'ysundiriladi. Gelvitsiy: «Tabiat tabiiy qonunlar orqali boshqarilsa, jamiyat ijtimoiy manfaatlar 
qonuniyatlari asosida boshqariladi», degan edi. 
An'anaviy madaniyat va «milliy-ma'naviy qadriyatlar»ni eskicha inkor etishning milliy g'oyaga 
zidligi. 
«An'ana» - o'tmishning keajakka meros qoladigan, avloddan avlodga o'tadigan, jamiyat 
hayotining turli sohalarida namoyon bo'ladigan moddiy va ma'naviy qadriyat. «Madaniyat» (arab. 
«madina» va «iyat» - shaharga oid ta'lim- tarbiya ko'rganlik) - turlicha talqin etiladigan, murakkab va 
ko'p ma'noli tushuncha. An'anaviy madaniyat manbai abadiy emas, ijtimoiy muhitlar, jarayonlar, 
siyosatlar natijasida o'zgarib boradi. An'anaviy madaniyatning jamiyat hayotidagi o'mini belgilab 
olishda tarixiy taraqqiyot bosqichi ta' sirida o' zgarib borgan an' ana, urf-odat, moddiy va ma'naviy 
boyliklarga yangicha mezonlar orqali yondashmoq kerak. Xalqimiz tarixida ana shunday «an'anaviy 
madaniyat»ni saralash bosqichlari 3 ta tarixiy davrni bosib o'tgan. 
«An'anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri ibtidoiy mifo-logik ta'sirlar ostida 
shakllangan an'nalar, qadriyatlarga yangicha mezon orqali baho berish davri. 
Islom qadriyatlari mezonining qaror topishi bilan bog'liq bo'lgan an'anaviy madaniyat. 
Dunyoviy fanlar ta'siri ostida shakllangan hozirgi zamon an'ana-viy madaniyatlari. 
Bu bosqichlarning har bir davri haqida qisqacha to'xtalamiz. 
/. «An'anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri eramizdan oldingi ikki ming yillikning 
so'nggi choragi va birinchi ming yillik boshlariga to'g'ri keladi. Bu davr jamiyat barcha tomonlarining 
o'sishi va o'zgarishiga asos bo'lgan yangicha ijtimoiy munosabat, mezonlaming qaror topishi bilan 
bog'liq. Bu davr ijtimoiy- siyosiy o'zgarishlarga mos keladigan, an'anaviy qadriyatlar mezoni 
hisoblangan «Avesto» yozma yodgorligi bilan uzviy bog'liq. Bu davrda nisbatan tor doiradagi 
hududlar, urug' va qabilalar manfaatlariga mos kelgan qadriyatlar mezoni o'rniga keng doiradagi 
hududlar va elatlar mushtarak manfaatlarining izchil ifodasi bo'lib, ibtidoiy ko'p xudolik (poleteistik) 
tasawurlar o'rniga yakka xudolik (monoteistik) tasawurlaming qaror topa boshlaganligini ko'ramiz. 
Mazkur jarayonning ilk bosqichlarida nisbatan kengroq hududlarda istiqomat qiluv-chi urug' va 
qabilalarning umumiy manfaatlarini ifoda etuvchi obrazlarning yaratilishiga kuchli ehtiyoj sezilgan. 
Qabilalar o'rtasida umume'tirof etilgan dastlabki obraz «Hamma narsani ко'rib turuvchi, 
hamma narsadan xabardor, ming ko'zli va ming qulog'i bor, qabilalar o'rtasidagi kelishilgan 
shartnoma talablarining bajarili-shini qattiq nazorat qiluvchi adolat tarozisini qo'lida tutgan quyosh 
timsolidagi «mitra» bo'lib shakllandi. 
Umuman, o'sha davr uchun o'ta muhim bo'lgan narsa qabilalar o'rtasidagi umumiy an'anaviy 
axloqiy normalarni qaror toptirish va unga izchil amal qilish zaruriy ehtiyojga alanadi. CHunki 
Irtish-Urol hududlaridagi yuzlab qabilalar o'rtasida umumiy kelishuv (shartnoma)lar tuzilib, unga 
qat'iy rioya qilmasdan turib, tabiatning injiqliklariga birgalikda (hamjihat-likda) kurash olib borish, 
boshqa hudud qabilalaridan o'z hududlarini himoya qilishning imkoni yo'q edi. 
«Avesto» ta'limotidagi an'anaviy qadriyatlar mezoni to'la sof diniy- mifologik mazmun bilan 
cheklanib qolmasdan, balki shu bilan birga ijtimoiy muhit talablarini ham, tabiiy hodisalarni 
o'rganish asnosida vujudga kelgan bilimlarga ham suyanadigan dunyoviy harakterga egaligi bilan 
ajralib turadi. Masalan, yovuz dev Axrimon odamlarga dahshat urug'ini sochish uchun o n ming 
turdagi kasalliklami yuboradi. Unga qarshi ezgulik tangrisi Axura Mazda 9999 ta kasallikning 
davosini tabiatdagi narsa-hodisalar (jonsiz, tirik va o'simliklar) dunyosining xossalari, sifatlari 
ko'rinishda odamlar uchun yaratadi. Odamlar tabiatni chuqur o'rganishlari orqali mazkur shifobaxsh 
xossa va sifatlami ajratib olib, o'z dardlariga shifo topgan-lar. eng muhimi, tabiatni o'rganish orqali 
ortirilgan bilimlar qadriyat darajasiga ko'tarilgan. SHundan bo'Isa kerak, Otashparastlar qadimda, 
hatto o'rta asrlarda ham 3 ta narsa bilan mashhur bo'lganlar: 1) sehrgarlik; 2) tabobat ilmida; 3) 
vinochilik bilan shuhrat qozonganlar. Bu fazilat-larning uchalasi asosida ham tabiatni chuqur 
o'rganish yotganligini ko'ramiz. 
2. An'anaviy qadriyatlarni saralashning ikkinchi davri Islom dinining tarqalishi bilan bog'liq. 
Har qanday g'oyalar tizimi o'z davri jamiyatining ijtimoiy talablari asosida vujudga kelib ijtimoiy 


86 
taraq-qiyotning keyingi davr ijtimoiy muhit talablariga javob berolmay qolishi bu hech mubolag'asiz 
ijtimoiy qonuniyatdir. Insoniyatga va uning keyingi taraqqiyotini yangi-yangi mezonlar bilan 
ta'minlagan yozma yodgorligidagi zalvorli g'oyalar jamiyatning to'laqonli keyingi taraqqiyoti uchun 
yagona mezon bo'la olmay qoldi. 
Islom dini SHarq ma'naviyatining keyingi takomillashuvi uchun o'ta qat'iy belgilangan talablar 
va uning muvaffaqiyatli echimi uchun yangi-yangi mezonlari bilan dunyo sahnasiga ko'tarildi. Bu 
davrga kelib, mavjud ijtimoiy tizimning o'zgarishi bilan bog'liq holda o'tmish an'anaviy 
qadriyatlariga yangicha mezonlar orqali baho berish va saralash davri boshlandi. Masalan, 
Otashparastlikdagi o'lgan murdaning suyagini etidan tozalash jarayoni bilan bog'liq dahshatli 
manzaralar, nikoh, oila va mulkiy vorislik va boshqa ko'plagan jihatlar bilan bog'liq an'analarni qayta 
ко rib chiqish tarixiy ehtiyojga aylangan edi. Huddi ana shu va shunga o'xshash tarixiy ehtiyojlarni 
qoniqtira oladigan mafkura bo'lib Islom g'oyalari tarix sahnasiga ko'tarildi. 
SHarq xalqlari tafakkuri Islom g'oyalari tomonidan egallanishi dunyoni anglashning alohida 
jarayonini vujudga keltirdi. Islom ideallari va kategoriyalari hamda ularning mazmuni diniy 
xarakterga ega bo'lib, o'zidan oldingi diniy- mifologik qarashlarga nisbatan ham o'ta g'ayri tabiiyligi 
hamda bir tomonlamaligi bilan ajralib turadi. O'zida mintaqaviy va jahon dinlari tajribasini 
o'zlashtirib olgan bu din jamiyatning barcha tomonlari va musulmonlarning ichki dunyosini ham 
egallab olib, ularga o'z e'tiqod talablarini tiqishtirar edi. 
Musulmonlar uchun islom ideallari asosida yaratilgan obrazlar orqali dunyoni idrok etishdan 
boshqa har qanday o'zgacha qarashlarga yon bermasligi bilan ham bu din farqlanadi. Islom 
rivojlangan o'rta asr jamiyatlarining talablariga moslashgan va har qanday muammolaming echimini 
topa olgan g'oyalar tizimi bo'lib qaror topdi. Lekin Islom ideallari va mezonlari yangi davr 
jamiyatlarining talablariga javob berolmay qoldi. CHunki jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi 
harakatlan-tiruvchi kuchlar o'zgardi. 
YAngicha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi qaror topa bosh-ladi. Bunday sharoitlarda 
o'rta asrchilikka mos qoliplar, an'anaviy andozalami yangi sharoitga moslab o'zgartirishning 
uddasidan chiqishning o'zi bo'lmas edi. Bunday moslashish asrlar mobaynida haqiqatning yagona 
manbasi deb ishontirilib kelingan mezonlaming o'zgarishi islomiy tasawurlar tizimini tutib turgan 
asoslaming to'g'riligiga shubha uyg'otar edi. 
3. Huddi ana shu paytda yangi davr ruhini o'zida mujassam-lashtirgan, ijtimoiy taraqqiyot 
talablariga javob tariqasida qaror topgan dunyoviy tamoyillar, tushuncha va kategoriyalar yuzaga 
keldi. Bu g'oyaviy ta'limotga ko ra ular islom diniy mazmundagi javoblarni tayyorlab, go'yo hozirgi 
taraqqiyot islom uchun asli yangilik bo'lmasdan, balki unutilgan eskilikdan o'zga narsa emasdir deb 
chiqdi. 
Ular yangi davrga xos muammolar echimini islom tamoyillari va andozalaridan kelib chiqqan 
holda topishga harakat qildilar. SHuning uchun ham dunyoviy taraqqiyot keltirib chiqargan va 
dunyoviy mazmunga ega bo'lgan tushuncha va kategoriyalarga islomiy mazmun bera boshladi. 
«Islom demok- ratiyasi», «Islom sotsializmi», «Islom taraqqiyot yo'li» va shunga o'xshash boshqa 
ko'plagan tushunchalaming vujudga kelishi bu islom dunyoqarashining beqiyos imkoniyatlaridan 
emas, balki islom yangi dunyo talablariga moslasha olmayotganligidan darak beradi. Boshqacha qilib 
aytganda islom yangi dunyo muammolariga hozirgi zamon taraqqiyoti darajasiga mos keladigan 
javob topolmay ojiz qolganligini ko'rsatadi. 
To'g'ri, islomda dunyoviy ilmlami targ'ib qiluvchi, aqlni haqiqat mezoni deb hisoblovchi 
Mo'tazaliylar oqimi mavjud bo'lgan. Hatto bunday mafkura milodning 813-850 yillar orasida arab 
xalifaligining rasmiy davlat mafkurasi deb ham e'lon qilingan. 
Islom uchun yot hisoblangan falsafa va boshqa dunyoviy ilmlar islom dinining nazariy 
asoslarini mantiq talablari va qoidalariga muvofiq mustahkamlanishiga yordam berdi. Lekin mantiq 
qonunlari va qoidalari e'tiqod talablari hamda ehtiyojlarini qondirishgagina qaratilib cheklangan, bir 
tomonlama harakterga ega edi. Islomning dunyoviylik tomoni bo'lgan takomillashuvi shu bilan 
barham topdi. 
Dunyoviy mazmundagi «An'anaviy qadriyatlar» mezoni deb ataluvchi 3- saralash bosqichi 
XVIII asr Evropa (birinchi navbatda Frantsuz) ma'rifat-parvarlari tomonidan shakllantirildi. 
XVI-XVII asr frantsuzlar Renessans deb ataladigan uyg'onish davri aslida IX-XII asrlarda musulmon 
sharqida, xususan Xurosan, Movaraunnahr va Xorazmda birinchi navbatda Mo'tazaliylar ta'siri ostida 


87 
vujudga kelgan. Bizda SHarq renessans deb ataluvchi jamiyatni tashkil etuvchi barcha sohalardagi 
ijtimoiy-madaniy munosabat-larda yuz bergan keskin yuksalish davrining uzviy davomi deb ham 
baho berish mumkin. CHunki o'sha davrlarda YAqin va O rta SHarq musulmonlarining hayot tarzi, 
yashash madaniyatlari dunyoning boshqa mintaqalari, shu jumladan Evropa xristian madaniyatidan 
ham yuksak rivojlanganligi bilan mutlaqo ajralib turdi. 
XI asrning oxirlaridan boshlangan Saib yurishlari Evropaliklar uchun SHarq madaniyatiga 
taqlid qilish, uni qiziqib o'rganish davrining boshlanishi deb ham qarash mumkin. Evropaliklar 
SHarqona muammo madaniyati, qadimgi YUnon va Rim madaniyatlarining tarkibiy qismi bo'lgan, 
hozirda esa Evropada unutilgan yuvinish, tozalik gigiena madaniyati bilan turk hammomlari orqali 
tanisha boshladi. Farb dastlab ilk bor yal-yal yonib turgan gilamlar bilan, so'ngra shaxmat o'yini bilan 
bevosita SHarq madaniyati orqali yaqindan tanisha boshladi. 
Evropaliklar uchun har tomonlama ibrat namunasiga aylangan musulmon sharq madaniyati 
tarkibi bir vaqtlar YUnon va Rim madaniyatiga xos bo'lgan elementlarni g'arb yana qaytadan 
o'zlashtirib olishga kirishdi. Musulmon zadoganlari oilalaridagi o'ta nozik munosabatlar va islom 
dinidagi kibor oilalarda ayollarga berilgan huquq va erkinliklarni katolik cherkoviga qaram 
xristianlar hatto orzu ham qila olmaganlar. 
Biroq bir narsaga alohida urg'u berish lozim, u ham bo'Isa Evropa SHarq xalqlari madaniyati va 
ma'naviyatiga faqat havas qilish bilan cheklanib qolmadi. U endi SHarq ma'naviyati yutuqlarini 
o'zlashtirib olish bilan jiddiy shug'ullana boshladi. Evropaliklar musulmon sharq madaniyatidan 
ancha orqada qolib ketganligini ilk bora anglab etgan edilar. 
Suqrot, Aflatun va Arastulardan boshlangan dunyoni bilishda ratsional aqlning hal qiluvchi roli 
to'g'risidagi ratsionalizm Forobiy, Ibn Sino va Ibn Ro'sht ijodlari orqali Evropaga keng tarqalishi 
natijasi o'laroq evropaliklarda oldin an'ana tusiga kirgan dunyoni Injil dogmalari orqali idrok 
etishlariga barham berdi. endilikda tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarga mantiq talablari va qoidalari 
orqali qarashga bo'lgan intilishning kuchayishiga sabab bo'lgan edi. 
XVIII asr Frantsuz ma'rifatparvarlari esa tabiiy va ijtimoiy hodisalarni o'rganishda diniy 
dunyoqarashdan foydalanishni butunlay man qilish va hatto cherkovni davlat siyosatidan, umuman 
maorif va tarbiya masalalaridan ajratish zarur deb chiqdilar. Xuddi o'sha davrlarda jamiyat va davlat, 
umuman ijtimoiy hayotning dunyoviy taraqqiyot yo'li to'g'risidagi ta'limotlar etilib kela boshladi. 
O'sha davrning yirik ma'rifatparvar mutafakkirlaridan Volter, J.J.Russo, D.Didro va boshqalarni 
ko'rsatib o'tishimiz mumkin. 
Ular Evropa madaniyati asosida xristianlik dunyoqarashi, marosim va urf- odatlari, axloq 
normalari va h.k.lar yotishini bilar edilar. Lekin xristianlik dunyoqarashi jamiyatning keyingi 
taraqqiyotini ta'minlashga qodir bo'lmay qolgan, aksincha taraqqiyot to'siq kuchga aylanganligini 
fosh qilib xristianlik insoniyat (Evropa)ning keyingi taraqqiyoti oldida jahillikdan o'zga narsa emas, 
deb chiqdilar. 
Mazkur mutafakkirlar tomonidan gumanizm g'oyalarining ishlab chiqilishi «Butunjahon inson 
huquqlari dekloratsiyasi»ning moddalari uchun asos bo'lib xizmat qildi. J.J.Russo tomonidan 
«Ijtimoiy shartnomalar» kitobi (ta'limotijning yaratilishi Evropada xristian qadriyatlari orqali-gina 
ijtimoiy hodisalarga baho berib, odatlangan jamoatchilik uchun inqilobiy dunyoqarash bo'lib xizmat 
qildi. 
Dunyoviy taraqqiyot yo'li o'z ichiga asosan: 1) dunyoviy fan yutuqlari; 2) gumanizm 
tamoyillariga; 3) ijtimoiy talablar asosida shakllangan an'anaviy axloq normalariga rioya qilishni va 
hokazolarni qamrab oladi. 
An'anaviy madaniyat qadriyatlarining 3 ta shakli mavjud: 
Elitar madaniyat 
Xalq madaniyati 
Ommaviy madaniyat 
elitar madaniyat - (Frantsuz, eng sara) - har qanday ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv, madaniyat, 
fanni rivojlantirish funktsiyalarini amalga oshiruvchi oliy imtiyozli qatlam madaniyatidir. elita 
haqidagi nazariyalar dastavall Platon, Nitsshe g'oyaviy qarashlarida bay on qilingan bo'lib tizimli bir 
ko'rinishga XX asr boshlarida V.Peretto, G.Moska, Mixel’s ta'limoti tufayli yuzaga keldi. 


88 
Hozirgi Farb sotsiologiyasida elita turli xil ko'rinishlarga ko'ra olib qaraladi. Bunda elita 
hokimiyatga yo'nalgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska), jamiyatda eng ko'p obro', maqom, 
boylikka ega bo'lgan, ommaga nisbatan aqliy va axloqiy ustunlikka ega odamlar (X.Ortega-I.Gasset), 
jamiyatning noijodiy ko'pchiligidan farq qiluvchi qismi (Toinb), eng malakali mutaxassislar, 
menejerlar va boshqaruv tizimidagi oliy xizmatchilar (texnologik determinizm) kabi izohlanadi. 
Hozirgi zamon sotsiologiyasi elita nazariyasi Mills, Rismen, Bell qarashlarida o'z ifodasini topgan. 
Kiborlar (elita) madaniyati bilan bog'liq bo'Gan qadriyatlar esa - jamiyatning imtiyozli 
tabaqalari uchun shakllantiriladigan, «san'at san'at uchun» qoidasiga asoslangan madaniyat (masalan, 
nafis san'at, mumtoz musiqa, faqat kiborlargina mutolaa qiladigan badiiy adabiyot). Odatda kiborlar 
madaniyati namunalari oddiy odamlar uchun murakkab bo'ladi va ulami ko'proq maqomga ega 
bo'lgan toifa vakillari iste'mol qiladilar. 
Xalq madaniyati - maxsus tayyorgarligi bo'lmagan shaxslar tomoni-dan bunyod bo'lgan 
madaniyat qadriyatlaridir. Xalq ijodining mualliflari, odatda noma'lumdir. Jumladan, afsonalar, 
ertaklar, dostonlar («Go'ro'g'li», «Alpomish» va h.k.), xalq o'yinlari, kuy-qo'shiqlari (laparlar) va 
boshqa. Ijrosiga ko'ra xalq madaniyati elementlari yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (qo'shiq yoki 
o'yin ijrosi) yoki ommaviy (masalan, sayillar, xalq bayramlari) ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. 
Ommaviy madaniyat - XX asr o'rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat 
hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun etarli bo'lishi natijasida shakllangan 
va mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo' lgan madaniyat namunalari (ommaviy 
estrada musiqasi, tsirk va h.k.) qadriyatlaridir. 
Ommaviy madaniyat odatda kiborlar yoki xalq madaniyat qadriyatlariga nisbatan kamroq 
badiiy qadrga ega va u ommaviy iste'molga mo'ljallab madaniy qadriyatlami ishlab chiqishni 
ifodalaydi hamda u industrial jamiyatlarga xosdir. Ommaviy madaniyat barcha odamlarga qaratilgan 
bo'lib, muttasil ravishda kundalik hayot uchun ishlab chiqiladi va ommaviy muomala vositalari 
faoliyatida yorqin namoyon bo'ladi. 
Bundan tashqari madaniy qadriyatlarning 2 xili mavjud: 1. Submada-niyat. 2. Kontrmadaniyat. 
Submadaniyat - (lot. atrofida, ostida va madaniyat) - har bir ijtimoiy guruh va avlodga xos 
bo'lgan, jamiyatdagi hukmron madaniyatdan farqlanuvchi madaniyat olami (masalan, yoshlar 
submadaniyati, milliy guruhlar, qariyalar, jinoiy guruhlar submadaniyatlari va h.k.). Submadaniyat 
hukmron madaniyatdan tili, kiyinishi, odatlar va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. YOlg'iz odamlar, 
sport bilan shug'ullanuvchilar, tilanchilar, o'g'rilar, kar-soqovlar va boshqa o'z madaniyatiga 
egadirlar. Turli ijtimoiy tabaqa vakillari farzandlari ham o'zaro farqlanadilar - ular turli maktabga 
qatnaydilar, turli kitoblar o'qishadi va h.k. 
Kontrmadaniyat - qarama-qarshilik asosida rivojlanadigan va unga javob tariqasida yuzaga 
keladigan madaniyat qadriyatlaridir. 
Madaniyat dinamikasida a) makondagi madaniyat; b) zamondagi mada- niyatlar ham mavjud. 
Makoniy munosabatlar: a) mavjud voqealaming tartibini; b)moddiy ob'ektlaming ko'lamini 
ifodalaydi. 
Zamoniy munosabatlar: a) almashtiruvchi voqealarning tartibidan; b)ulaming uzunligidan 
iboratdir. 
Materialistlar: makon va zamonni ongdan tashqarida, ongga bog'liq-mass, olamda sodir 
bo'ladigan protsesslar makon va zamonda yuz beradi deb hisoblovchilar. 
Idealistlar: makoniy- zamoniy munosabatlar ongga, absoyut ideyaga, olamdan ustun turuvchi 
ongga bog'liq, deb tushuntiradi. 
XX asr tasawuriga ko ra makon: 3 o'lchovli kontinuumni tashkil qiladi: zamon: 1 o'lchovga ega. 
Ular birgalikda yagona 4 o'lchovli kontinuumni tashkil qiladi. 
SHu boisdan ham bugungi kunda an'anaviy madaniyat va milliy-ma'naviy qadriyatlarga faqat 
eskilik sarqiti deb qaramaslik lozim. Bularni to'g'ri anglamaslik, yoki milliy-ma'naviy qadriyatlarga 
eskicha yondashish birinchidan, milliy qadriyatlami to' g' ri anglashda xudbinlik (sinfiy egoizm) 
hodisasini keltirib chiqarishi mumkin. Ikkinchidan, Bertran Rassel tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy 
munosabatlarda eng awalo umuminsoniy manfaatlar ustuvorligini e'tirof etish ham milliy nigilizm 
(ya'ni, millat haq-huquqlarining poymol qilinishiga olib keluvchi siyosiy yo'nalish) hodisasini 
keltirib chiqarishi mumkin. 
Milliy qadriyatlami inkor etishning milliy g'oyaga zidligi. Milliy qadriyatlar ba'zilari o'tmish 


89 
mustabid tuzum sharoitida tazyiq va tahqirga uchragan, ularga «eskilik sarqiti», «o'tmishning 
qodig'i» degan tamg'alar bosilgan edi. Xatto, bolani beshikka belash, isiriq tutatish, maxsi-kavush 
kiyish, oyoqni sandalda issiq tutish kabi beg'ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan. 
Mustamlakachilik siyosati sohta qadriyatlar, begona taomillami zo'rlab kiritishga urindi. 
Xalqimizning ruhi va tabiatiga zid bo'lgan - ichkilikbozlik va giyohvandlik, behayolik va 
andishasizlik illatlari ildiz ota boshlagan edi. Milliy ma'naviy qadriyatlami himoya qilish 
millat-chilik deb baholandi. 
O'zbekiston mustaqilligi ma'naviy qadriyatlami yuksaltirish uchun mustahkam poydevor 
yaratdi. Milliy istiqlol g'oyasi bu qadriyatlami tiklashni yanada yuqori bosqichga ko'tarishga xizmat 
qiladi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Ota-bobolarimizdan qolgan ezgu udumga muvofiq, 
keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko'rsatishdek noyob insoniy qadriyatlami yangi mazmun va 
amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash zurur», deb ta'kidlagan edi. SHu boisdan ham 
«An'anaviy qadriyatlar»ni yo'q qilib taraqqiyotga erishish mumkin degan g' oya xavflidir. 
«Nur borki - soya bor» deganlaridek, o'z farzandlik yoki ota-onalik burchlarini unutayotgan, 
muqaddas milliy qadriyatlarimizni oyoq osti qilayotgan ayrim kimsalar ba'zan uchrab turibdi. 
O'zlarini dunyoga keltirgan otalari yo volidalarini «Qariyalar uyi»ga joylaydigan, farzandlarini «tirik 
etim» qilib, «Mehribonlik uyi»ga tashlab ketadigan kimsalar nafaqat milliy or-nomus, oddiy insof va 
vijdon, umuman, odamgarchilik yo'qligi milliy qadriyatlarimizga zid bo'lgan achinarli hoi. 
Milliy g'oya ruhiga yot bo'lgan salbiy xislatlardan biri - boqiman-dalik, loqaydlik illatlari 
kishilaming g'ayratini, tashabbusini bo'g'ib kelgan salbiy odatlar o'tmish tuzumdan meros bo'lib o'tdi 
va hozir ham ayrim kishilaming faoliyatiga salbiy ta'sirini o'tkazib kelmoqda. 
Mustabid tuzimda munofiqlikka asoslangan, yakka hukmronlikni da'vo qilgan rasmiy mafkura 
real hayotni, odamlaming his-tuyg'ulari va orzu-intilishlarini aks ettirmay qo'ygan edi. Ijtimoiy 
ongdagi bu tuzilish natijasida odamlarda ichki norozilik ortdi. Ayrimlar esa bu soxta g'oyaga ishonar 
edi. 
Milliy mafkuraning muhim vazifasi - kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid 
hissini tarbiyalashdir. Xalqimiz azaldan 
noumidlikni, ruhiy tushkunlikni qoralablikni, ruhiy tushkunlikni qoralabbo'lgani kabi, milliy 
marosimchilikni hozirgi zamon ruhiga mos ravishda tahlil va tahrir qilish zarurati, milliy g'oyaga 
muvofiq tarzda rivojlantirish mas'uliyati vujudga keldi. Masalan, to'у va marakalardagi ortiqcha 
isrofgarchilikka, kim o'zarlikka chek qo'yish, bu marosimlarni ma'naviyatga xizmat qiladigan 
darajada fayzli, farovon-likni ta'minlaydigan darajada kamxarj qilib o'tkazish, uning milliy 
qadriyatlarimizga mos bo'lishi lozimligi O'zbekiston Birinchi Prezidentimizining Farmonida (1998) 
ham alohida ta'kidlab o'tilgan edi. 
Umumbashariy qadriyatlar - mohiyat e'tibori bilan aksariyat xalqlar e'tiqod va hurmat 
qiladigan, ammo genezisi (kelib chiqishijga ko'ra bir yoki bir qancha millatlar hayotidan olingan, 
umume'tirof etilgan tamoyillar ekanligi, shubhasiz. 
Muayyan milliy muhitda amal qilganligi uchun ham umumbashariy qadriyatlarda ma lum 
darajada milliylik libosi saqlanib qoladi. Masalan, qonun ustuvorligi milliy istiqlol g'oyasining 
umuminsoniy tamoyili deb e'tirof etilgan. Huquqiy demokratik jamiyat barpo etayotgan O'zbekiston 
uchun bu tamoyilni ijtimoiy hayotning barcha sohalari va aholining barcha qatlamlari ongi va 
faoliyatiga ta'sirli mafkuraviy vositalar orqali singdirish hozirgi davming eng dolzarb vazifalaridan 
biridir. 
O'zbekistonda istiqomat qilayotgan ko'p millatli xalqqa xos bo'lgan milliy qadriyat - 
bag'rikenglik, o'zaro ahillik, madaniy-ma'rifiy yaqinlik-dir. Xalqimiz shovinizm va agressiv 
millatchilikning, mutaassiblik, jaholat va aqidaparastlikning har qanday ко'rinishlarini qat'iyan inkor 
etadi, bularning taraqqiyot va barqarorlik, ma'naviyat va ma'rifat uchun xavfini chuqur anglaydi. 
Ma'naviyatni yuksaltirishda milliy g'oyaning ahamiyati. Milliy g'oya xalqning ko'nglidagi 
orzu-umidlami, maqsad va intilishlarini nazariy tarzda ifoda etadi. Milliy g'oya mavzusi 
baland-parvoz mavhum orzular emas. U har bir inson, jamiyat oldida turgan maqsadlar ifodasidir. 
Millatning tub manfaatlari, uning o'z o'tmishiga bergan bahosi va kelajakka ishonchi milliy 
g'oyada o'z aksini topadi. YUksak ma'naviyatga, pokiza axloqqa, demokratiya tamoyillariga 
tayangan milliy g'oyalar jamiyatni rivojlanishga etaklaydi. Milliy g'oya mustaqillikni 


90 
mustahkamlash, qadriyatlarni yuksaltirish omili va mezonidir. 
Mehnatsevarlik - ham shaxsiy, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatga aylangan. Milliy 
istiqlol g'oyasi bu qadriyatga alohida baho beradi, uni buyuk kelajakning ishonchli garovi deb e'tirof 
etadi. Demak quyidagicha xulosa qilish mumkin. 
Mehnat - inson faoliyatining eng muhim turi. farovon hayot kechirishning asosiy shartidir. 
Ta'lim inson tarbiyasida muhim o'ringa ega. 
Sabr - o'zbek xalqiga xos azaliy qadriyatlardan biri. 
Savob, muruwat, sahovat, andisha kabi tushunchalarda insoniy mohiyat mujassamlashgan. 
2004 yil «Mehr va muruwat yili», 2005 yilning «Sihat- salomatlik» yili deb nomlanishi, bozor 
munosabatlari rivojlana-yotgan hozirgi davrda bu axloqiy qadriyatlarning ahamiyati oshib 
bormoqda. 
Halollik - insoniyat yaratgan eng olijanob axloqiy fazilatlardan biri. 
Odillik va haqiqatparvarlik, rostlik va to'g'riso'zlik, jamiyatda «butun hayotimiz va 
faoliyatimizning bosh g'oyasi» bo'lgan adolat va haqiqat-ning namoyon bo'lishidir. 
Demak, asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan milliy ma'naviy qadriyatlar milliy 
g'oyaga ma'naviy zamin, negiz bo'lib xizmat qilmoqda. Unga xalq, millat, jamiyat amal qilish uchun 
kuchli, qudratli, ta'sirli milliy mafkura kerak. 
Mavzuga doir tayanch so’z va iboralar: 
Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy tiklanishi, ajdodlariimizning boy merosi, sharq 
tsivilizatsiyasi, madaniy jonlanish va ma'naviy poklanish, oltin asr, Uyg’onish davri, taraqqiyot 
manbai, jahon fani va madaniyati, qomusiy bilimlar va mutafakkirlar. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin