Demokratiyani belgilovchi uch mezon:
Xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi.
Hukumat qarorlari xalq tomonidan nazorat qilinishi
Oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi.
SHuningdek demokratiya vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiyaga bo'linadi.
1.Vakillik demokratiyasi - demokratiyaning bir shakli bo'lib davlatni boshqarishda, davlat va jamoat
ishlarida fuqarolaming vakillari orqali ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasining yorqin ifodasi
xalq deputatlari bo'lib, ular saylovchilarning vakilidir. O'zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidentimizi ham xalq vakilidir. Vakillik demokratiyasi amal qilishi natijasida fuqarolaming
aksariyat ko'pchiligi davlat va jamiyatni boshqarishda, ularning faoliyatida keng ishtirok etish
imkoniyatiga ega bo'ladi.
2. Bevosita demokratiya - demokratiyaning bir shakli bo'lib, u har bir fuqarolaming davlatni
boshqarishda, davlat ishlarida bevosita - ya'ni shaxsan ishtirok etishidir. Bevosita demokratiyaning
ko'rinishlariga saylovda ovoz berish, saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etish, qonun loyixalari
va boshqa tadbirlaming muxokamasi, referendum (umumxalq ovozi), fuqarolar yig' ini ishlarida
hamda davlat organlariga takliflar kiritishda ishtirok etish va boshqalar kiradi.
Demokratiya - faqat nazariya yoki siyosiy jarayongina bo'lib qolmay, shu bilan birga xalqning
turmush tarzi va uning butun mhiyati, an'analari, madaniyati, psixologiyasining xususiyatlari hamdir.
Demokratiya g'oyalarini bayon qilish mumkin. Siyosatda demokratiyani yuqoridan «tushirish»
mumkin. Lekin bu bilan demokratiya sizu bizning amaliy hayotimizga singmaydi. Demokratiya
jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog'i kerak. Bu esa bir zumda bo'ladigan
demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi bo'la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko'rish va demokratiya
tamoyillarini o'zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir. Ba'zi davlatlarda bunga
erishguncha ko'plab avlodlar o'tgan. Demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro tamoyillari,
dunyo hamjamiyati e'tirof etgan qoidalari bor. Bular: 1) fuqaroning o x hoxish-irodasini erkin
ifodalash huquqiga egaligi, 2) ozchilikning ko'pchilikka bo'yosunishi, 3) barcha fuqarolaming millati,
elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar, teng huquqligi, 4) davlat va jamiyat
boshqamvida qonun ustivorligi, 5) saylov va saylanish huquqi va boshqalardir, Bular qaryib barcha
mamlakatlar Konstitutsiyalarida belgilab qo'yilgan tartib-qoidalardir. Biroq demokratiyani joriy
etishda bularning o'zi kifoya qilmaydi. Faqat shuning o'zi aholi barcha ehtiyojlarini,
93
ma'naviy-ruhiyolamini qamrab ololmaydi. CHunki har bir xalqning o'z turmush va tafakkur tarzi,
tarixiy an'analari, xayotga munosabati va boshqa jihatlari bor. Demak, demokratiyaga yondashish
usuli bor. Demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir.
Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni xurmat qilish, boshqalaming haq-huquqini
ximoya qilishdir. O'zbekiston respublika Konstitutsiyasi mamlakat demokratik taraqqiyotining
strategik yo'nalishlarini, insonning siyosiy huquqlarini xalqaro andozalar yo'nalishlarini, insonning
siyosiy huquqlarini miqyosida belgilab beradi, xalqaro huquq ustunligini, hokimiyatlar
taqsimlanishini, davlatning asosiy muassasalari va mahalliy o'zini o'zi boshqarish idoralarining
saylanishini, ko'ppartiyaviylikni, mafkuraviy plyuralizmni o'zida aks ettiradi.
Umuman, milliy g'oya, erkin fuqaro va demokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar
jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne'mat, ko'pchilikka ma'qul yashash tarzi. Ammo uning amalga
oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va
tamoyil-larini o'z milliy qadriyatlari zaminida, o'z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan
an'analari bilan qo'shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSH yoki Angliya, Frantsiya (boshqa
Evropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo'lsalar-da, lekin har biri o'z milliy ruhi,
an'analarini ham saqlagan. SHu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham
demokratik tuzum milliy va diniy e'tiqod udumlar negizida amal qilmoqda.
SHubhasiz, O'zbekistonda ham biz ana shunday bo'lishi uchun intil- moqdamiz. Birinchi
Prezidentimizning barcha asarlarida bunga alohida e'tibor qilinib, milliy qadriyatlami tikiash, milliy
axloq-odobni mustahkamlash uchun sa'y-xarakatlar qilinmoqda. Biz demokratiya yo'lini, dunyoviy
taraqqiyot yo'lini tanladik, hamda rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga etish uchun
bosqichma-bosqich qadam tashlamoqdamiz.
SHunday qilib, milliy g' oya hayotiy va istiqbolli g' oyadir. U taraqqiyotga va mamlakat
fuqarolarini chinakam hamjihatlikka, ma'rifatga olib boradigan insonparvar va taraqqiyotparvar g'
oyadir.
SHunga ko ra milliy g'oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panis-lomizm, panturkizm kabi)
zararli va umrini o'tab bo'lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga muhabbatli odamgina etuk
ma'naviyatli, ma'rifat-lidir. Ma'rifatli odam o'z erkini boshqalar erki bilan birga deb biladi,
o'zgalarning yashash tarzi, e'tiqodi huquqini hurmat qiladi. Bizning ulug' ajdodlarimiz Forobiy,
Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy ana shunday etuk, komil inson bo'lish uchun kurashganlar.
«Naqshband uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o'zi ham hech kimga qul emasligidan
faxrlanardi», deb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan g' oyalar bugun ham bizga ibrat
va saboq bo' lib kelmoqda.
Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o'zaro uyg'un va bir biri bilan bog'liq tushunchalar.
CHunki agar milliy mustaqillik bo'lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo'lmaydi. SHaxs
erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. SHu bois, O'zbekiston XX asr 90-yillarida
istiqlolni qo'lga kiritganda bir - biri bilan bog'liq bo'lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri -
mustaqillikni mustahkamlash bo'Isa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat
qurish.
Hozirgi paytda O'zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom etmoqda va
mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib bormoqda. Iqtisodiy taraqqiyot
ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi lozim. Boshqacha
aytganda, iqtisodiy taraqqiyotni O'zbekiston xalqining o'zi amalga oshiradi. YA'ni xalqimizning
ma'naviy-ma'rifiy saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik baland
bo'Isa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, «erkin, farovon hancha tezlashib, «erkin, farovon
hatiladi».
Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab etib, shunga qarab faoliyat olib
borishi lozim bo'ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko'p. Zero, demokratiya - erkin yashash va
erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o'z irodasini ifodalash, haq-huquqlaridan bemalol foydalanish
va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bunga to'la
kafolat beradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak
ma'naviyat egasi bo'lish, mas'uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq
imkoniyatlar bersa, axloq, burch, o'zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon
esa mas'uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog'liq
94
ekanini har soatda bizga bildirib turadi. SHu bois huquq va burch, erkinlik va mas'uliyat hamma vaqt
birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zero, yaxlit bir tizim markazida ma'naviyat,
axloq-odob, ma'rifat kabi o'lmas qadriyatlar turmog'i kerak. O'zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va
tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat o'zaniga tushadi, kishining kishi
tomonidan nohaq ezilishi, zo'ravonlik qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.
Barqarorlik tinchlik millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarini
tashkil etadi. Fuqarolar o'rtasidagi tinchlik millatlararo totuvlik va do'stlik ularni avaylab saqlash va
mustahkamlashga intilish azaldan halqimizning o'ziga xos fazilati bo'lib kelgan va hozirgi vaqtda
ham shunday bo'lib kelmoqda. Halqlar o'rtasida tinchlik totuvlik do'stlik va o'zaro hamkorlik
munosabatlarini o'matish millatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan.
(U zbekistan jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan har
tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish hamda tarakqiyotga erishishning o'ziga xos yo'lini
tanlagan. SHuning uchun ham uning jahon hamjamiyatidagi obro' va e'tibori tobora ortib bormoqda.
Davlatlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash va havfsizlikni ta'minlashda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti katta rol’ o'ynaydi. O'zbekiston 1992 yilning 2 martidan boshlab
BMTning teng hyqyqli a'zosidir. Mazkur xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda mintaqamizda tinchlik
barqarorlik millatlararo totuvlikni ta'minlashga qaratilgan ko'pgina savobli ishlar qilinmoqda.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimizi Islom Karimov 1993 yili BMT
Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so'zlagan nutqida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik
sohasida BMTniig doimiy seminari tashkil qilish to'g'risida taklif kiritgan edi. O'zbekiston Birinchi
Prezidentimizining bu tashabbusi xalqaro miqyosda katta kiziqish uyg'otdi. Amerika Qo'shma
SHtatlari seminar yig'ilishi o'tkazish g'oyasini qo'llab-quwatladi va ushbu anjumanda yuksak
diplomatik darajadagi vakili ishtirok etishi istagini bildirdi. Bunday organni tashkil qilish g'oyasi
davlatlararo o'tkazilgan seminar va konferentsiya hamda MDH hujjatlarida ham qayd qilingan.
Seminar yig'ilishning maqsadi o'zaro fikr almashish, ishonchli mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish
yo'llarini muxokama etish, tinchlik va barkarorlikni saqlash, nizolarning oldini olish, iqtisoddagi
o'zaro jipslashish jarayoniga, insonparvarlik va madaniy sohadagi hamjhatliklarga ko'maklashishdan
iborat. SHuningdek seminar yig'ilish mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik muammolarini qal etish,
tahlil qilish, BMT, alohida davlatlar bir guruh davlatlarga ta'sirchan bo'lgan bosqichma bosqich
diplomatiya uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish vazifasini o'z oldiga qo'ygandi.
1995 yil 15—16 sentyabrda mazkur seminar kengashning O'zbekiston poytaxti Toshkentda
Markaziy Osiyoda xavfsizlik na hamkorlik masalalariga bag'ishlangan majlisi bo'lib utdi. Seminar
kengashda BMT, EXHK, Islom Konferetsiyasi tashkiloti delegatsiyalari, BMT xavfsizlik kengashiga
a'zo mamlakatlar, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari,
shuningdek, mintaqaga tutash davlatlar delegatsiyalari —jami 31 davlat, 6 xalqaro tashkilot ishtirok
etdi.
O'zbekiston tashabbusi bilan o'tkazilayotgan ushbu anjuman 50 milliondan ortiq aholi
istiqomat qilayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va hamkorlikni ta'miniash yo'lida
muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlandi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov nutqida shunday dedi:
«Biz mazkur seminami mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik tizimini o'rnatish va uni amalga siljitish
yo'lida, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari va halqlari uchungina emas, balki bu mintaqaga
chegaradosh ulkan hudud uchun ham juda zarur bo'lgan hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam
asosni shakllantirishda turli fikr va yondashuvlami yuzaga chiqarish va ulami bir-biriga
yaqinlashtirishda manfaatdor bo'lgan anjuman deb baholaymiz».
Mintaqamizda barqarorlik tinchlikni ta'minlashga qaratilgan tadbirlar ichida 1995 yili sentyabr’
oyida BMT tomonidan Nukus shahrida o'tkazilgan Orol havzasi mintaqasining barqaror
rivojlanishiga bag'ishlangan konferentsiya va unda qabul qilingan deklaratsiya, ham muhim o'rin
tutishini aytib o'tish joizdir.
1995 yilning oktyabr’ oyida N’yu-Yorkda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining ellinginchi yubiley sessiyasida so'zlagan nutqida I.Karimov jahon davlatlari
rahbarlari va keng jamoatchilik e'tiborini yana bir bor Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan
muammolarga qaratib, yalpi xavfsizlikka mivtaqalarda xavfsizlikni ta'miniash orqaligina erishish
mumkin ekanligini uqtirib o'tdi. SHuningdek BMTning mintaqaviy xalqaro tashkilotlar
munosabatlarini faollashtirish, tangliklaming oldini olish yo' lida uning mintaqaviy tizimlarini
95
yanada rivojlantirish lozimligi to'g'risidagi takliflarni ilgari surdi.
O'zbekiston mintaqamizda, jumladan Tojikistonda tinchlik va barqarorlikni ta'miniash yo'lida
ham faol harakat qilmoqda. 1995 yil 3 aprelda O'zbekiston tomonidan muholif kuchlar rahbariyati
bilan uchrashuv chog'ida Tojikiston halqlari kongressini chaqirish xaqida taklif kiritildi. Bu taklif
qabul qilindi va Tojikistondagi muholif kuchlar o'zaro muzokaralarga kirishdilar.
O'zbekiston Afg'onistonda ham tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashing
tarafdoridir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov hozirgi kunda mintaqada tinchlik va barqarorlikni
saqlash muammolari xususida so'z yuritganda bugungi kunda Afg' onistonadagi vaziyatni
barqarorlashtirish va qayta tikiash borasida davom etayotgan ijobiy jarayonlar bilan bir qatorda,
mntaqadagi strategik mavxumlikni tugatish nihoyatda dolzarb masala ekanligini ta'kidladi.
Hayot shundan dalolat beradiki, bugungi kunda notinch va fojiali mintaqalarda joylashgan
davlatlaming bir-birini o'zaro anglash va birgalashib harakat qilishini ta'minlabgina butun dunyoda
tinchlik va barqarorlikka erishish yo'llarini belgilab olish mumkin. SHuning uchun ham biz uchun
barcha tinchliksevar mamlakatlar bilan o'zaro foydali teng huquqli munosabatlami yo'lga qo'yib,
jahon hamjamiyatiga qo'shilish o'ta dolzarb vazifadir.
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik bular davlatimizning yangi binosini barpo qiladigan poydevordir.
Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigai to'g'ri yo'ldir. «Tinchlik va barqarorlik,- deb
yozadi I.Karimov, - bular xalqaro hamjamiyat bilan birlashtiruvchi vositadir. Insonparvarlik
yaxshilik sofdillik singari umuminsoniy kadriyatlami qabul qilgan va birgalikda baham ko'rgan
mamlakatgina, xalqgina butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo'lishi, jahon hamjamiyatiga
qabul qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqi, o'zaro manfaatli munosabatlar o'matilishi
mumkin».
Ma'lumki, umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan, muayyan mintaqadagi
konkret davlatlarning hamjihatligi va birgalikdagi harakatidan boshlanadigan jarayondir. SHuni
e'tiborga olgan holda, O'zbekiston rahbariyati BMT ishlab chiqqan qarorlarga muvofiq
Afg'onistondagi mojarolami bartaraf etish uchun quyidagi. tadbirlarni muntazam ravishda amalga
oshirish zarurligini qayd etib kelmoqda. Bular: mojaroni bosqichma-bosqich bartaraf qilish,
muzokara jarayonida barcha manfaatdor tomonlaming ishtirok etishi; o'zaro yon berish va oqilona
o'zaro kelishuv asosida nuqtai nazarlami bir-biriga yaqinlashtirish; bu jarayonda BMT, Evropa
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Islom konferentsiyasi tashkiloti va boshqa halqaro
tashkilotlarning xomiyligi va faol ishtirok etishi; mamlakat hududiy yaxlitligining saqlanishi; qanday
shaklda bo'lmasin, tashqaridan tazyiq yoki aralashuvga yo'l qo'yib bo'lmasligi; Afg'onistonga
qurol-yarog' etkazib berishni qat'iy taqiqlab qo'yish zarurligi.
Bugun Afg'onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqish ortib borayotgani dunyo
hamjamiyatida katta havotir uyg'otmoqda. Birok, bu illatga qarshi faqat giyohvand moddalar ishlab
chiqarilayotgan xudud atrofida “xavfsizlik zonasi”ni tashkil etish, jazolash va ma'muriy
chora-talbirlarni kuchaytirish bilangina kurashishning kifoya qilmaydi. Ushbu muammoni xal qilish
uchun, birinchi navbatda, Afg'oniston iqtisodiyotini chuqur trkibiy o'zgartirish, aholini tinch va
bunyodkorlik mehnati bilan band etish orqlai hal qilish mumkin va lozim.
Hozirgi o'ta murakkab va ziddiyatli jarayonda hukumatimiz tomonidan uzoqni ko'zlab olib
borilayotgan insonparvarlik siyosati tufayli jamiyatimizda osoyishtalik tinchlik va totuvlik
fuqarolarning kundalik turmush tarziga aylanib ketgan. Buni biz millatlararo munosabatlarni
takkomillashtirish sohasida qilinayotgan harakatlardan yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Ma'lumki, nnsonning baxt-saodati, kelajak hayoti millatlararo munosabatlar bilan o'zviy
bog'liq. Bu ayniqsa, ko'p millatli davlatlar, jumladan, O'zbekiston Respublikasi uchun katta ahamiyat
kasb etadi. Hozir mamlakatimizda yuzdan ziyod millat va elat vakillari yashaydi.
Millat kishilaming tarixan tashkil topganligi bo'lib, u xo'jalik til, madaniyat, milliy ruhiyat
xususiyatlarining yagonaligi bilan ajralib turadi. Til, hudud, iqtisodiy turmush, madaniyatdagi
umumiylik, bular millatning eng muhim belgilaridir.
Millatning til, hudud, iqtisodiy turmush va madaniyat jihatidan birligi undan oldin vujudga
kelgan urug', qabila va elatlarning birligidan tubdan farq qiladi. Millatning iqtisodiy va siyosiy
jihatdan birlashishi elatlarning og'zaki ijodi va yozma adabiy tilning rivojlanishi asosida yagona
milliy tilning paydo bulishiga olib keladi. Millatning tarixiy taraqqiyot xususiyatlari, uning iqtisodiy
tuzumi, odat an’analari, yashash muhiti uning ma'naviy qiyofasi ta'sir etadi. U yoki bu millatga
96
mansub bo'lgan kishilarning o'ziga xos milliy xususiyati va psihologiyasi milliy tili va madaniyati
bo'ladi. Til millatning eng muhim belgilaridan biridir.
Dunyoning turli mamlakatlarida hozir o'zining turmush tarzi, tili, tarixi, madaniyati,
urf-odatlari, pivojlanish darajasiga ko ra bir-biridan farq qiladigan qariyb ikki ming turli halqlar va
millatlar yashamoqda. Ularning qariyb 1600 tasi Osiyo va Afrika mamlakatlarida, qariyb 100 tasi
rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, qariyb 250 tasi sobiq sotsialistik mamlakatlarda yashaydi,
Mustaqil davlatlar soni hozir qariyb 190 tani tashkil etadi. Er yuzida 101 milliondan ortiq kishidan
tashkil topgan millatlar ham shuningdek ming va xatto yuz kishidan iborat bo'lgan qabilalar va etnik
guruhlar ham borligini aytmasdan o'tib bo'lmaydi.
Hozirgi davrda sobiq Ittifoq hududida ijtimoiy, milliy va millatlararo munosabatlar masalasida
ilgari aslo kutilmagan salbiy hodisalar, juda ham o'tkir va qaltis muammolar, kuchli to'qnashuv va
mojarolar tez-tez ro'y berib turganligi ham hech kimga sir emas.
Milliy va millatlararo munosabatlar masalasida bo'lib turgan keskinliklar va ziddiyatlar oddiy
bir anglashilmovchilik natijasi emas. Uning muayyan sabablari bor, albatta. Milliy va millatlararo
munosabatlar masalasi sohasida mavjud bo'lgan muammolami xal qilish omili ularni keltirib
chiqargan, chuqurlashtirib yuborgan sabablarni aniqlash va bartaraf etish yo'llarini belgilashdan,
ularni yangicha siyosiy va falsafiy tafakkur asosida nazariy. jihatdan idrok etishdan iboratdir.
Milliy va millatlararo munosabatlarga oid shunday muammolar va vazifalar borki, ularni ilgari
qo'llanilgan eski vositalar, usullar bilan hal etib bo'lmaydi. Hayot milliy masalaga yangicha
yondashishni, siyqa usullardan qat’iyan voz kechishni kun tartibiga qo'ymoqda.
Milliy masalaning hozirgi davr talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan, ijodiy boyitilgan
eng muhim nazariy qoida va xulosalari hayotga qanday tatbiq etilayotganligini o'rganish, ularni ilmiy
tahlil etish katta amaliy siyosiy va ma'rifiy tarbiyaviy ahamiyatga molikdir.
Milliy qadriyatlarni tikiash va ulardan samarali foydalanish milliy manfaatlar va milliy
qiziqishlar bilan uzviy bog'liqdir. Milliy manfaaat iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy, ma'naviy hayotni har
tomonlama, teran qamrab oladi. Boshqacha aytganda, xaqqoniy milliy manfaatlar—bu muayyan
millat vakillarining talab va ehtiyojlari yig'indisidan iboratdir. Ammo milliy manfaatlar va ishlar
boshqa mintaqa vakillarining manfaatlariga zid bo'lmasligi kerak Asl manfaatlar bir guruh milliy
ekstremistlar, millatchilik shovinistik buyuk davlatchilik dardiga mubtalo bo'lgan kimsalar emas,
balki mehnatkashlar ommasi ifoda etadi.
Millatlar va milliy manfaatlar, milliy xis-tuyg'ular mavjud ekan, milliy munosabatlar ham kun
sayin e'tibor berishni talab qiladigan masaladir, u umumiylik munosabatlarini hisobga olgan holda o'z
vaqtida va ijobiy xal etib borishni talab etadi. Millatlarning manfaatlariga to'g'ri munosabatda bo'lish
va ana shu zaminda ixtiloflar chiqaradigan har qanday imkoniyatlarga chek qo'yuvchi sharoitlarni
yaratib beradi.
Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik o'z-о'zidan xosil bo'lmaydi, albatta. Bular
mustaqillikni qo'lga kiritgandan keyin jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda
amalga oshirilgan jiddiy o'zgarishlaming qonuniy natijalaridir.
Eng awalo shuni e'tirof etish kerakki, biz sobiq ijtimoiy siyosiy tuzumdan voz kechib, jahon
halqlarining ilg'or mamlakatlari tajribasini inobatga olib, millatimiz an'analariga, milliy
manfaatlarimizga muvofiq xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalariga mos keladigan,
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etdik. Mazkur davlatning asosiy mavqedi" fuqarolar,
tinchligi va milliy totuvligini, aholining munosib hayot kechirishini ta'minlashdir.
«Biz umume'tirof etilgan demokratik qoidalar tartiblarni xalqimizning tub axloqiy qoidalari
bilan uygun tarzda qovushtira oladigan davlatni bunyod etishga intilyapmiz» - deydi I. Karimov.
SHuningdek, rivojlangan demokratik davlatlarning tajribasini atroflicha o'rganib chiqish,
o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy saboqlariga tayanib, O'zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi (Asosiy qonunini qabul qildik.
YAngi demokratik ijtimoiy siyosiy tuzum va uning asosiy qonuni jamiyatimizda barqarorlik
tinchlik millatlararo totuvlikni ta'minlab berishnnng siyosiy negizlarini yaratdi. Ayni vaqtda,
jamiyatimizda demokratik jarayonlar tobora avj olib bormoqda. Bu asosiy qonun — Konstitutsiyada
mustaqkamlangan bo'lib, uning negizida ilk bor oliy xokimiyat organi — Oliy Majlisga saylovlar
bo'lib o'tdi. Davlatni boshqarish va jamoat ishlariga fuqarolami jalb qilish odatiy holga aylanib
borayotir.
97
Xalqimiz asrlar davomida maxalla yiginlari, oqsoqollar kengashlari orqali jamoatchilik fikrini
aniqlashning hamda birdamlik ko'rsatishning o'ziga xos usullarini shakllantirib kelgan. Maxalla axli
hamda ko'pni ko'rgan oksoqollar sog'lom jamoatchilik fikriga ega bo'lishda eng katta kuch
hisoblanadi. Fuqarolaming maxalliy o'zini o'zi boshqaruviga konun asosida berilgan huquq va
erkinliklardan foydalanish barqarorlikni mustaqkamlashga, davlat ishlarini aholining ehtiyojlari,
kayfiyatlari bilan muvofiq holda olib borishga samarali ta'sir ko'rsatmoqda.
Respublikamizda milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi asosida qurilgan huquqiy
demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini boshqarishda yuksak malakali mutaxassislarni taiyorlash
va ularning yordamida hayotga zamonaviy boshqarish usullarini joriy etishga ham katta ahamiyat
berilmoqda. Respublikamizda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ta'sis etilib, u o'z ishini
boshlab yubordi.
Karimov akademiyaning ochilish marosimnda so'zlagan nutqida, yuksak malakali
mutaxassislarni tayyorlashda boshqa mamlakatlar tajribasiga suyanish lozimligini alohida uqtirib
utdi. CHunki biz bu darajadagi mutaxassislarni uqitish uchun hozircha o'quv qo'llanmalarimizni, o'z
o'quv dasturlarimizni yaratib ulgurganimiz yuq. SHuning uchun, bu erda birinchi navbatda,
boshqaruv xodimlarini tayyorlaydigan yirik xorijiy markazlarning tajribasi, dasturlari ishga solinishi
darkor. Bu o'rinda anchadan buy on maxsus kurslar, markazlar, maxsus o'qitish modullarining keng
tarmog'iga ega bo'lgan Frantsiya, Germaniya, AQSH mamlakatlari, shuningdek, Halqaro valyuta
fondi, Jahon banki, Evropa Ittifoqi komissiyasi kabi xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlari
institutlarining tajribasidan foydalanishimiz zarur.
«Bugungi hayotimizni yangilash va isloh qilish borasidagi har qanday qimmatli g'oyalar va
fikrlar sohiblari bilan uchrashish, hech mubolag'asiz aytish mumkinki, nafaqat akademiya
tinglovchilari uchun, balki uning o'qituvchilari uchun ham butun bir maktab bo'lishi muqarrar...
Biz xorijiy mexmonlarga, Evropa va Amerika olimlari hamda amaliyotchilarga katta umid
bildiramiz. O' zbekistondagi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha sohalari bo'yicha o'zlarining
qiziqarli g'oyalari va tavsiyanomalarini akademiya bilan baham ko'rishni xoxlagan Germaniya,
AQSH, YAponiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan hozirdayoq kelishuvlar mavjudligi bizni
quvontiradi va bu takliflami minnatdorlik bilan qabul qilamiz».
Milliy qadriyatlarimizning mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yanada
yaqinlashuvida davlatlararo, parlamentlararo uchrashuvlar katta ahamiyat kasb etadi. SHuni e'tiborga
olgan holda, jumxuriyatimiz raxbariyati bu masalaga ham ijobiy yondashib kelmoqda.
Jamiyatimizda barqarorlik tinchlikni ta'miniash da jinoyatchilikka, qonunbuzarlikka qarshi olib
borilayotgan ishlar qo'l kelmokda. Keyingi yillarda respublikamizda uyushgan jinoyatchilikka,
iqtisodiy quporuvchilikka, davlat, jamoat va xususiy mulkni muhofaza qilishda, poraxo'rlikka qarshi
keskin kurashlar olib borilyapti. Natijada, jumxuriyatimizda huquqiy vaziyat ancha yaxshilanib
bormoqda. Buni boshqa mamlakatlar raxbarlari ham e'tirof etmoqda.
YUqorida yuritilgan mulohazalardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mustaqillik
sharofati bilan O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga qushilishi uchun zarur bo'lgan
ijtimoiy siyosiy zamin vujudga keldi va u o'z samarasini bermokda.
Barqarorlik tinchlik millatlararo totuvlikning moddiy asosini iqtisodiy islohotlar tufayli yuzaga
kelayotgan ijobiy jaraenlar tashkil qiladi. Davlat mulkini xususiylashtirish va ko'p ukladli iqtisodiy ot
asoslarini barpo etish, agrar munosabatlarning yangi turini shakllantirish va boshqaruvning ma'muriy
buyruqbozlik tizimini tamomila tugatish, narxlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini
shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish va jaxon iqtisodiy hamjamiyatiga qushilish —
fuqarolarni ijtimoiy muxofaza qilish ana shular jumlasiga kiradi.
To'g'ri, ayrim hollarda yuqorida ko'rsatilgan jarayonlar ma lum sabablarga ko ra fuqarolar
o'rtasida muayyan ziddiyatlarni ham tug'dirmadi. Lekin bular eski iqtisodiy to'zumdan yangisiga
utish jarayonida kelib chiqayotgan vaqtinchalik ziddiyatlardir. Umuman olganda, jumxuriyatimizda
muvaffakiyatli amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar fuqarolar o'rtasida osoyishtalik tinchlik va
totuvlikni ta'minlashga asos bo'lib kelmoqda.
Barqarorlik tinchlik milliy totuvlikning madaniy asosini milliy ma'naviy qadriyatlarimiz, milliy
urf-odat va an' analarning tiklanishi, milliy ongimizning o' sishi, fuqarolar ma'naviy kamolotining
yuksalib borishi kabilar tashkil etadi. Istiqlol tufayli mafkuraviy akidalardan xalos bo'lish natijasida
o'z mamlakatimiz, o'z xalqimiz tarixini chuqurroq bilishga, ko'plab asrlar mobaynida yaratib kelingan
98
ma'naviy qadriyatlardan tula baxramand bo'lishga, ona tilimiz go'zalligi va ulug'vorligini tushunishga
muyassar bo'ldik. Ma'naviy kamolotning yuksalib borishi hayotiy qadriyatlami, ijtimoiy
taraqkiyotning mazmuni va maqsadlarini isloh qilish va yangilashning barcha jarayonlarini
baholashga yangicha yondoshish imkonini berdi»
Halqimiz azaldan orzu qilib kelgan barqarorlik tinchlik totuvlik kabi kadriyatlarga erishgan
ekanmiz endilikda bizning oldimizda turgan dolzarb vazifa — ana shu oliy ijtymoiy siyosiy
qadriyatlami quldan bermay, avaylab asrab, ko'z qorachig'iday extiyot qilib saqlab qolish ustida
abadiy izchil ravishda bosh qo'shishimiz lozim. Bunga O'zbekistonda yashovchi har bir inson, -
yoshidan, millatidan kat'y nazar, o'z xissasini qushmog'i kerak. Buning uchun Birinchi Prezidentimiz
atrofida jipslashib, xalq bilan bamaslaxat, hamnafas, bir tan bir jon bo'lib, xalol mehnat qilib
mustaqillikni yanada mustahkamlashimiz darkor. SHundagina biz o'z maqsadimizga etamiz.
SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, agar har bir oilada, mehnat jamoalarida, mahalla, qishloq,
shahar, tuman, viloyatda osoyishtalik tinchlik bo'Isa, mamlakatimizda ham barqarorlik tinchlik
totuvlik bo'ladi. Mamlakatimzda tinchlik osoyishtalik bo'Isa, bu mintaqamizdagi barqarorlik
tinchlikka garov bo'ladi. Mintaqamizda tinchlik bo'Isa, jahon hamjamiyatida ham tinchlik
osoyishtalik barkarorlik yuzaga keladi.
YAna shuni eslatib o'tish joizki, jamiyatimizda tinchlik barqarorlik millatlararo totuvlikni
ta'minlashda mehnat jamoalarining, tuman, shahar, viloyat raxbarlari katta rol’ o'ynaydi.
Donishmand raxbar atrofidagi insonlarga doimo g'amho'rlik qilib, ish joylarida yaxshi muxit yaratib
beradi va shunday yo'l bilan yangi yutuklami qo'lga kiritishga muyassar bo'ladi. Mansabdor shahslar
shuni yaxshi bilishlari kerakki, ular egallab turgan lavozim, mansab xalqda xizmat qilish uchun,
ulaming kundalik ehtiyojlarini qondirib, hozirgi murakkab vaqtda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish
uchun berilgan,
«Bizning an'anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan
uyg'unlashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga
qushilishining garovidir»,- deydi I.A.Karimov.
Barqarorlik tinchlik totuvlik —mustaqillikning tufayli qo'lga kiritilgan eng katta yutug'imizdir.
SHunday ekan, bugungn kunda ulami qadrdash, avaylab asrash, ximoya qilish barchamizning eng
dolzarb, eng oliyjanob vazifamiz bo'lib qolmog'i kerak
Fuqarolik jamiyati - insonning yalpi xuquqlari kafolatlanadigan, mafkuraviy plyuralizm
ta'minlanadigan jamiyat tuzilishi bo'lib, davlat organlaridan tashqaridagi siyosiy partiya va jamoat
tashkilotlaridan tashkil topgan jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati - demak, haqiqiy fuqarolardan, ya'ni uzviy bog'liklikda bo'lgan hamda
axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.
O'zbekiston «Kuchli davlatdan -kuchli jamiyat sari» kontseptsiyasini ishlab chiqdi va uni izchilik
bilan amalga oshirmoqda
Dostları ilə paylaş: |